Normamatov Ilyos Sulaymonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning (G. hirsutum L.) sho‘rga chidamliligiga aloqador genetik lokuslarini xaritalash va nomzod genlarni aniqlash», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V907.
Ilmiy rahbar: Makamov Abdusalom Xasanboevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.05/2025.27.12.B.27.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori; Qurbonov Abror Yorqinovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za populyasiyasida tuz stressiga chidamlilikda muhim bo‘lgan morfo-xo‘jalik belgilarni baholash, QTL lokuslar va  nomzod genlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston g‘o‘za germoplazma kolleksiyasidan tanlab olingan RIL (Namangan-77 × KK 1795) populyasiyasini tuproq sho‘rlanishiga chidamlilik darajasi tabiiy dala muhitida va sun’iy laboratoriya sharoitida tuz stressi ostida baholanib, chidamlilikda muhim bo‘lgan fenotipik belgilar  aniqlangan;
RIL populyasiyasining genotipik ma’lumotlari STRUCTURE dasturida tahlil qilinganda, populyasiyaning genetik tuzilishi uchta asosiy guruhdan iborat ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
tuz stressiga chidamlilik belgilari bilan genetik bog‘langan mikrosatellit SSR markerlar ajratib olingan va ularning paneli tuzilgan;
ilk bor tadqiqot namunalarida DNK markerlari yordamida tuz stressiga chidamlilik bilan assotsiatsiyalangan genetik lokuslari molekulyar xaritalashtirilgan;
Unipro UGENE (In silico PZR) bioinformatik dasturi, AUGUSTUS veb-ilovasi va NCBI ma’lumotlar bazasidagi BLAST global qidiruv tizimidan foydalanib tuz stressiga chidamli belgilari bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimoliy 11 ta nomzod  gen identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning (G. hirsutum L.) sho‘rga chidamliligiga aloqador genetik lokuslarini xaritalash va nomzod genlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo va Navoiy viloyatlarining tuprog‘i sho‘rlangan dala maydonlarida F9Namangan-77 × KK-1795 populyasiyasidan 8 ta , F9Namangan-77 × Hapicala-19 populyasiyasidan 11 ta va F9Namangan-77 × Zangi Ota populyasiyasidan 8 ta tizmalar sinab ko‘rish va ularni urug‘larini kopaytirishga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 02/21-05/5322-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanlab olingan 27 tizma nazorat An-Boyovut-2 va Namangan-77 navlariga nisbatan tuz stressiga chidamliligi 25-30 %, hosildorligi 4-5 s/ga baland, ertapisharligi bo‘yicha 5-6 kun erta pishar tizmalar ajratib olish va ularni urug‘larini ko‘paytirish imkonini bergan;
G‘o‘za rekombinant inbred RIL liniyalari orasidan tuproq sho‘rlanishiga chidamliligi yuqori bo‘lgan RIL-05, RIL-11, RIL-17, RIL-45, RIL-47, RIL-48, RIL-53, RIL-54, RIL-55, RIL-56, RIL-57, RIL-58, RIL-60, RIL-63, RIL-64, RIL-65 RIL-75 va RIL-85 kabi liniyalar Genomika va bioinformatika Markazining “Noyob gʻo‘za va boshqa ekinlar genofondi” kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 5 avgustdagi  4/1255-1741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gʻo‘za kolleksiyasida tuz stressiga chidamli, yuqori hosildorlikka ega g‘o‘za genofondini  va genetik xilma - xillikni boyitish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish