Ibragimov Rustam Xolikulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Nurota g‘arbiy qismidagi kosmostrukturalar va oltin ma’danlashuvini prognozlash-qidiruv mezonlari”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/GM57.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Nurota tizmasining g‘arbiy qismida kosmostrukturalarni aniqlash va oltin-ma’danlashuvining prognoz-qidiruv mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shimoliy Nurotaning g‘arbiy hududi uchun lokal darajadagi chiziqli va halqasimon kosmostrukturalarning ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari bilan bevosita aloqadorligi aniqlangan;
magmatik jinslar shakllanishiga bog‘liq holda shakllangan halqasimon strukturalarning monogen xususiyati, morfologik turlari aniqlangan va oltin ma’danlashuvi ularning ularning chetki zonalari hamda tutashuv tugunlarida joylashishi asoslangan;
chiziqli kosmostrukturalarning yo‘nalishi va zichligi Shimoliy Nurotaning g‘arbiy qismidagi asosiy tektonik uzilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi ularning kesishish tugunlari oltin ma’danli namoyonlarning joylashuvini nazoratlashi aniqlangan;
kosmostrukturalar, geofizik ma’lumotlar va ma’danlashuv bilan bog‘liq spektral “oreol” belgilarning kompleks tahlili asosida oltin ma’danlashuvining qidiruv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Nurotaning g‘arbiy qismida kosmostrukturalarni ajratish va oltin ma’danlashuvining prognoz-qidiruv mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
prognoz-qidiruv mezonlari (kosmostrukturalar ajratish asosida) “Uranredmetgeologiya” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 03-28-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlashuvini bashoratlash ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
halqali va chiziqli strukturalar xaritasi “Uranredmetgeologiya” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi  03-28-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlashuvining halqali, chiziqli va er yoriqli strukturalariga bog‘liqligini aniqlashga, shuningdek ma’danlashuv jarayonida er yoriqli tektonikasning rolini baholashga xizmat qilgan;
kosmik tasvirlarning spektral signaturalari tahliliga asosida ajratilgan ma’danlashuv oreollari va ma’danli obektlari lokalizatsiya zonalari “Uranredmetgeologiya” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 03-28-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, prognoz-qidiruv mezonlari asosidagi qidiruv bosqichida oltin minerallashuv zonalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish