Qo‘chqarova Shakarjon Azimboy qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek tili) (Pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4138
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Mehriniso Kadirovna Abuzalova, filologoya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Mahbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash nutq va tafakkurning aloqadorligi nutqiy faoliyatda qo‘llashga doir trening, pinboard, pragmatik, ergonomik, praksiologik omillarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirish (aniqlik, izchillik, natijaviylik) mezonlari hamda (samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik) tamoyillari asosida pragmatik intuisiyani shakllantirish mazmunan takomillashtirilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash mazmuni, motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuvlar asosida natijaviylikni gorizontal va vertikal taqqoslash, sharhlash “Hozirjavoblik”, “Evrika”, “Total Physical Respond”, Role play” didaktik o‘yinlar vositasida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlashga yo‘naltirilgan nutqiy vaziyatlarda qo‘llash, anglash, tushunish va ijodiy baholashga doir xususiyatlar pedagogik hamkorlik, individuallik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash nutq va tafakkurning aloqadorligi nutqiy faoliyatda qo‘llashga doir trening, pinboard, pragmatik, ergonomik, praksiologik omillarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga doir xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining “A1-XT-O-92977-raqamli-Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihasini “O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida” qismini bajarishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2024-yil 26-dekabrdagi 545-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash metodikasini takomillashtirish (aniqlik, izchillik, natijaviylik) mezonlari hamda (samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik) tamoyillari asosida pragmatik intuisiyani shakllantirishga oid nazariyalardan ta’lim jarayonida foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 18-dekabrdagi 01/11-6-1085-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari shakllantirilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda matn ustida ishlash mazmuni, motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuvlar asosida natijaviylikni gorizontal va vertikal taqqoslash, sharhlash “Hozirjavoblik”, “Evrika”, “Total Physical Respond”, Role play” didaktik o‘yinlarga doir amaliy tavsiyalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438332 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari rivojlantirilgan.