Vaxobova Maftuna Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ortodontik davolanishdan keyin bemorlarda tishlarning okklyuzion munosabatlarini stomatologik ortopedik tuzatish usullarini optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4306.
Ilmiy rahbar: Xabilov Bexzod Nigmon ug’li, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Mirzoeva Mariya Stepanovna, tibbiyot fanlari nomzodi, (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov qozoq milliy universiteti (Kozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
ortodontik davolashdan so‘ng bemorlarda tish qatorlarining okklyuzion munosabatlarini ortopedik tiklashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keramik qoplamali ortopedik konstruksiyani tayyorlash postortodontik dezokklyuziyali bemorlarda nofiziologik kontaktlar ko‘rinishidagi asoratlar paydo bo‘lishini kamaytirishi isbotlangan;
keramik qoplamali ortopedik konstruksiyalarni tayyorlashda postdont dezaklyuziyali bemorlarda EMGdan foydalanish chaynash samaradorligi indeksini me’yor ko‘rsatkichlarigacha (90% gacha) oshirishga yordam berishi isbotlangan;
keramik qoplamali dioksid sirkoniy koronkalari tayyorlangan postortodontik dizokklyuziyali bemorlarda ChPJB harakatining tiklanish davri 1,8 martaga qisqarishi isbotlangan;
postortodontik dizokklyuziya bilan og‘rigan bemorlarda keramik qoplamali sirkoniy dioksidini qo‘llash tayyorlangan restavratsiyalar sifatini klinik baholashning ijobiy ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 6 maydagi 000104-sonli xulosasiga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha:
birinchi ilmiy yangilik: keramik qoplamali ortopedik konstruksiyani tayyorlash postortodontik dezokklyuziyali bemorlarda nofiziologik kontaktlar ko‘rinishidagi asoratlar paydo bo‘lishini kamaytirishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 10 iyuldagi 01-p/14-sonli "Postortodontik dezokklyuziyali bemorlarni ortopedik davolashni optimallashtirish" xulosasi bilan tasdiqlangan. Bu xulosa Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert kengashining 2024 yil 10 iyuldagi 01-p/13-sonli qarori asosida tasdiqlangan. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi o‘quv-ilmiy-tadqiqot markazining 24.03.25 yildagi 1-A/80-sonli buyrug‘i, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 29.12.24 yildagi 178-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot asosida ortopedik davolash samaradorligini oshirish va chaynash apparatining funksional asoratlarini oldini olish maqsadida bemorlarda tish-jag‘ tizimi buzilishlarini qo‘shimcha tashxislash usuli sifatida miografik tekshiruvni keng qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: II-guruh bemorlaridan olingan ma’lumotlarning statistik tahlili shuni ko‘rsatdiki, texnik laboratoriya sharoitida analog usulda tayyorlangan kompozit materialdan qilingan qistirmalarning o‘rtacha xizmat muddati 1,5 yil, o‘rtacha tannarxi 600000 so‘m, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan frezalangan dioksid-sirkoniy keramik qoplamali qistirmaning o‘rtacha xizmat muddati 3 yil, o‘rtacha tannarxi 800000 so‘m. Xulosa: Ortodontik davolanishdan so‘ng bemorlarda fissura-do‘mboqcha kontaktini tiklash maqsadida dioksioksidsirkon qoplamali tayyorlangan qistirmalarni qo‘llash kompozit qistirmalarga nisbatan 1,5 baravar samaraliroqdir. Bu esa 2 yillik kuzatuv davomida asoratlar xavfini kamaytirish, klinik holatni barqarorlashtirish va bemorlarning restavratsiyadan qoniqishini ta’minlash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: keramik qoplamali ortopedik konstruksiyalarni tayyorlashda postdont dezaklyuziyali bemorlarda EMGdan foydalanish chaynash samaradorligi indeksini me’yor ko‘rsatkichlarigacha (90% gacha) oshirishga yordam berishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 10 iyuldagi 01-p/14-sonli "Aksiografiya ortodontik davolashdan keyin bemorlarda ChPJB faoliyatini tashxislash usuli sifatida" uslubiy tavsiyanomasiga kiritildi. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi o‘quv-ilmiy-tadqiqot markazining 24.03.2025 yildagi 1-A/80-sonli buyrug‘i bilan, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 29.12.2024 yildagi 178-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: klinik va sotsiologik tadqiqotlar ma’lumotlari ortopedik davolash samaradorligini oshirish va chaynov apparatining funksional asoratlarini oldini olish maqsadida bemorlarda tish-jag‘ tizimi buzilishlarini qo‘shimcha tashxislash usuli sifatida miografik tadqiqotdan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Xulosa: II guruh bemorlarida tish qatorlari okklyuziyalararo munosabatlarining postortodontik buzilishlarini kompozit plombalar bilan tiklashning uzoq muddatli natijalari elektromiografik tekshiruvda fiziologik tinchlik holatida kompensator kuchlarning rivojlanishini va chaynov mushaklari guruhining elektromiografik faolligi ko‘rsatkichlarining funksiya davomida bemorlarning asosiy guruhiga nisbatan deyarli 50% ga pasayishini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: keramik qoplamali dioksid sirkoniy koronkalari tayyorlangan postortodontik dizokklyuziyali bemorlarda ChPJB harakatining tiklanish davri 1,8 martaga qisqarishi isbotlanganligi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi o‘quv-ilmiy-tadqiqot markaziga 24.03.25 yildagi 1-A/80-sonli buyruq hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga 29.12.24 yildagi 178-sonli buyruq bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: Tadqiqot asosida, ortopedik davolash samaradorligini oshirish va chaynash apparatining funksional asoratlarini oldini olish maqsadida, bemorlarda tish-jag‘ tizimi buzilishlarini qo‘shimcha tashxislash usuli sifatida miografik tekshiruvni keng qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: II-guruh bemorlaridan olingan ma’lumotlarning statistik tahlili shuni ko‘rsatdiki, texnik laboratoriya sharoitida analog usulda tayyorlangan kompozit materialdan qilingan qistirmalarning o‘rtacha xizmat muddati 1,5 yil bo‘lib, o‘rtacha tannarxi 600000 so‘m, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan frezalangan dioksid-sirkoniy keramik qoplamali qistirmaning o‘rtacha xizmat muddati esa 3 yil bo‘lib, o‘rtacha tannarxi 800000 so‘mni tashkil etdi. Shunday qilib, iqtisodiy nuqtai nazardan, postortodontik dizokklyuziyali bemorlarni ortopedik davolashda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish eng samarali hisoblanadi. Xulosa: Ortodontik davolashdan so‘ng yuzaga keladigan yuqori va pastki jag‘ tishlari yon guruhlarining okklyuzion yuzalaridagi fissur-do‘mboq kontaktlarining nomuvofiqligi, shuningdek, ularning kompozit materialdan tayyorlangan qo‘yilmalar bilan ko‘p marta tiklanishi uzoq muddatda pastki jag‘ bo‘g‘im boshchalarining markaziy okklyuziyada o‘rtacha holatini ta’minlaydigan tayanch zonalarining yo‘qolishiga va asosan distal siljishga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postortodontik dizokklyuziya bilan og‘rigan bemorlarda keramik qoplamali sirkoniy dioksidini qo‘llash tayyorlangan restavratsiyalar sifatini klinik baholashning ijobiy ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkonini berishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 10 iyuldagi 01-p/14-sonli "Aksiografiya ortodontik davolashdan keyin bemorlarda ChPJB ishini tashxislash usuli sifatida" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritildi va Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert kengashining 2024 yil 10 iyuldagi 01-p/13-sonli xulosasi bilan tasdiqlandi. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi o‘quv-ilmiy-tadqiqot markazining 24.03.25 yildagi 1-A/80-sonli buyrug‘i bilan, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 29.12.24 yildagi 178-sonli buyrug‘i bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: Klinik va sotsiologik tadqiqotlar natijalari, ortopedik davolash samaradorligini oshirish va chaynov apparatining funksional asoratlarini oldini olish maqsadida bemorlarda tish-jag‘ tizimi buzilishlarini qo‘shimcha tashxislash usuli sifatida miografik tadqiqotdan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Iqtisodiy maqsadga muvofiqligi: Kompozit qistirmani bilvosita, an’anaviy usullar bilan tayyorlashning umumiy tannarxi 600000 so‘mni tashkil etadi. Unda mehnatga haq to‘lash 60% (360000 so‘m), moddiy xarajatlar 15% (90000 so‘m), asosiy vositalar amortizatsiyasi 10% (60000 so‘m), klinik xona va tish texnikasi laboratoriyasini saqlash 5%ni tashkil etadi. Frezerlash qurilmasida raqamli usullardan foydalanib tayyorlangan keramik qoplamali dioksid-sirkoniyli qistirmaning narxi kompozit qistirmaning umumiy tannarxidan 1,5 baravar yuqori (800000 so‘m), biroq tannarx tarkibida mehnatga haq to‘lash 37,5%ni tashkil etadi. Bu an’anaviy usullar bilan kompozit qistirma tayyorlashga nisbatan 22,5% ga kamdir. Xulosa: Chaynov apparatining gnatologik o‘zgarishlari nuqtai nazaridan, ortodontik davolashdan so‘ng bemorlarda chaynov apparatining neyromushak buzilishlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, dioksid-sirkoniy materialidan tayyorlangan bilvosita restavratsiyalar okklyuzion munosabatlarni tiklash uchun samaraliroq va maqsadga muvofiqroqdir.