Ibodullaeva Dildora Choriqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislash usullarini takomillashtirish va davolash samaradorligini baholash mezonlarini yaratish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3325.
Ilmiy rahbar: Djamalova Shirin Abdumuratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Kojuxov Arseniy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: markaziy seroz xorioretinopatiyani zamonaviy diagnostika vizualizatsiya usullari asosida xastalikning surunkalashuv xavfini erta bashorat qilishga qaratilgan modelni ishlab chiqish shuningdek, turli to‘lqin uzunligidagi lazerlar yordamida davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislash va bashorat qilishda tekshiruv usullarini birgalikda qo‘llash asosida kompleks tahlil o‘tkazildi unga ko‘ra o‘tkir shaklda neyroepiteliyning cheklangan gumbazsimon ko‘chishi, fotoreseptorlar qatlamining saqlangan strukturasi aniqlangan bo‘lsa, surunkali shaklda gipo va giperautoflyuoressensiya zonalari, pigment epiteliy ostida cho‘kmalar, angio-OKTda flow-voids sohalari kuzatilib, bu ikki shakl o‘rtasidagi morfofunksional farqlar aniqlangan;
markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuv jarayonini erta bosqichda bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan morfologik belgilar, jumladan xoriokapillyarlarda flow voids, autofluoressensiyada giperautofluoressensiya va FAGda diffuz fil`tratsiya shakli aniqlangan;
o‘tkir bosqichda ushbu morfologik faollik belgilari bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ko‘rinishda mavjud bo‘lgan hollarda, markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuv xavfi 21 martagacha ortishi aniqlangan;
markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuvini morfologik jihatdan bashorat qilishga qaratilgan model ishlab chiqilib, statistik tahlilar asosida davolash taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy seroz xorioretinopatiyaning tashxislashda turli noinvaziv usullardan foydalanish va davolash samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/08-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislash va bashorat qilishda tekshiruv usullarini birgalikda qo‘llash asosida kompleks tahlil o‘tkazildi unga ko‘ra o‘tkir shaklda neyroepiteliyning cheklangan gumbazsimon ko‘chishi, fotoreseptorlar qatlamining saqlangan strukturasi aniqlangan bo‘lsa, surunkali shaklda gipo va giperautoflyuoressensiya zonalari, pigment epiteliy ostida cho‘kmalar, angio-OKTda flow-voids sohalari kuzatilib, bu ikki shakl o‘rtasidagi morfofunksional farqlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Markaziy seroz xorioretinopatiyani davolashda turli kam invaziv metodlar samaradorligini klinik baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) va «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislashda noinvaziv tekshiruv usullarining klinik ahamiyati» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №52-U, 29.04.2025 y.) hamda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (buyruq №122, 24.04.2025 y.) klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Markaziy seroz xorioretinopatiyani erta va aniq tashxislash hamda samarali davolash imkoniyati bemorlarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish orqali nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: Innovatsion tashxislash usullari va erta davolash taktikasi joriy etilishi orqali har bir bemorga to‘g‘ri keladigan davolash xarajatlari o‘rtacha 1,8 barobarga kamayishi hisobga olinganda, 90 nafar bemor bo‘yicha umumiy iqtisodiy samara 320–350 million so‘mni tashkil etgan. Xulosa: turli tadqiqotlar ma’lumotlari asosida har xil turdagi klinik va patogenetik shakllariga xos, kasallik shakllarini bir biridan aniq farqlashga yordam beradigan belgilar aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuv jarayonini erta bosqichda bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan morfologik belgilar, jumladan xoriokapillyarlarda flow voids, autoflyuoressensiyada giperautoflyuoressensiya va FAGda diffuz fil`tratsiya shakli aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Markaziy seroz xorioretinopatiyani davolashda turli kam invaziv metodlar samaradorligini klinik baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) va «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislashda noinvaziv tekshiruv usullarining klinik ahamiyati» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №52-U, 29.04.2025 y.) hamda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (buyruq №122, 24.04.2025 y.) klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Surunkalashuvni erta bashorat qilish imkonining yaratilishi, bemorlarda nogironlik holatlarini oldini olish va ularning hayot sifatini saqlab qolishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkalashuv xavfini bashorat qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlardan foydalanish orqali davolashning individuallashtirilishi natijasida ortiqcha va samarasiz tibbiy aralashuvlardan voz kechilib, har bir bemor uchun o‘rtacha 2,5–3 mln so‘m tejam qilingan holda, 90 bemor miqyosida jami 220–270 million so‘m atrofida iqtisodiy samaraga erishilishi isbotlangan. Xulosa: kasallikning surunkalashuv jarayonini erta bosqichda bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan morfologik belgilar aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir bosqichda ushbu morfologik faollik belgilari bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ko‘rinishda mavjud bo‘lgan hollarda, markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuv xavfi 21 martagacha ortishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Markaziy seroz xorioretinopatiyani davolashda turli kam invaziv metodlar samaradorligini klinik baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) va «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislashda noinvaziv tekshiruv usullarining klinik ahamiyati» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №52-U, 29.04.2025 y.) hamda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (buyruq №122, 24.04.2025 y.) klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkalashuv xavfini 21 martagacha oshiradigan morfologik belgilari aniqlangan bemorlarni erta ajratib olish orqali ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish, mehnatga layoqatli aholining faolligini uzoq muddat ta’minlash imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkalashuv xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga moslashtirilgan erta davolash taktikasi qo‘llanilishi orqali takroriy statsionar davolash ehtiyoji 40–50% ga kamayishi natijasida har bir shunday bemor uchun taxminan 3–3,5 mln so‘m tejam ta’minlanib, 90 bemor miqyosida jami 270–315 mln so‘m atrofida iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: kasallikning o‘tkir shaklida aniqlangan belgilar surunkali shakliga utish xavfini qanchalik yuqori darajada oshirishi aniqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuvini morfologik jihatdan bashorat qilishga qaratilgan model ishlab chiqilib, statistik tahlilar asosida davolash taktikasi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Markaziy seroz xorioretinopatiyani davolashda turli kam invaziv metodlar samaradorligini klinik baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) va «Markaziy seroz xorioretinopatiyani tashxislashda noinvaziv tekshiruv usullarining klinik ahamiyati» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, №2, 27.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №52-U, 29.04.2025 y.) hamda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (buyruq №122, 24.04.2025 y.) klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Surunkalashuv xavfini aniq bashorat qiluvchi model` asosida individual yondashuvni joriy etish, bemorlarda asoratlarning oldini olish va reabilitatsiyaga muhtojlikni kamaytirish orqali ijtimoiy yuklamani sezilarli darajada pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkalashuvni erta bashorat qilish modeli asosida yuqori xavfli bemorlarga maqsadli davolash taktikasi qo‘llanilishi orqali umumiy davolash xarajatlari 30–35% ga kamayib, har bir bemor uchun o‘rtacha 3,2 mln so‘m tejam ta’minlanib, 90 bemor miqyosida taxminan 290–300 million so‘m iqtisodiy samara kuzatildi. Xulosa: markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkalashuvini morfologik jihatdan bashorat qilishga qaratilgan model ishlab chiqilib chiqilgan, xamda individuallashtirilgan erta davolash taktikasi takomillashtirilgan.