Vosiqov Abduvahob Ravshan o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xususiy sherikligi investision faollikni oshirishning ustuvor yo‘nalishi”. 08.00.07 – “Moliya pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4PhD/Iqt2027
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasiqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat xususiy sherikligi asosida investision faollikni oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy qiymati 10 mln. AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan DXSh loyihalari bo‘yicha konsultantlar xizmatidan foydalanishi va O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish taklifi asoslangan;
umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan DXSh bitimlarining amal qilish muddatini xususiy sherik tomonidan qo‘shimcha investisiyalar kiritish sharti bilan soddalashtirilgan tartibda, vakolatli davlat organi ishtirokisiz avtomatik tarzda uzaytirish mexanizmini tatbiq etish taklifi asoslangan;
davlat byudjetida ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va jihozlashda kapital qo‘yilmalar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar doirasida belgilangan mezon shartlarga mos keladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini mamlakat ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda ta’lim tizimidagi investision loyihalarda sport infratuzilmasi ob’ektlarini davlat-xususiy sherikligi asosida moliyalashtirish mexanizmini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda davlat xususiy sherikligi orqali investision faollikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish asosida 2030-yilga qadar DXSh rivojlanishining muqobil prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Davlat xususiy sherikligi orqali investision faollikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
umumiy qiymati 10 mln. AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan DXSh loyihalari bo‘yicha konsultantlar xizmatidan foydalanishi va O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-307-son “O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 2.4- va 3.1-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5-dekabrdagi № 01-19-13781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etildi va jalb etilgan xorijiy investisiya ko‘lamini ko‘payishiga imkon yaratgan;
umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan DXSh bitimlarining amal qilish muddatini xususiy sherik tomonidan qo‘shimcha investisiyalar kiritish sharti bilan soddalashtirilgan tartibda, vakolatli davlat organi ishtirokisiz avtomatik tarzda uzaytirish mexanizmini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining II. “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” yo‘nalishining 45-maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5-dekabrdagi № 01-19-13781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda 2030-yilgacha jami jalb etiladigan investisiyalar hajmini keskin ko‘paytirish, jumladan xorijiy investisiyalar va davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investisiyalarni jalb qilishning istiqbolli dasturini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
davlat byudjetida ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va jihozlashda kapital qo‘yilmalar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar doirasida belgilangan mezon shartlarga mos keladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini mamlakat ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda ta’lim tizimidagi investision loyihalarda sport infratuzilmasi ob’ektlarini davlat-xususiy sherikligi asosida moliyalashtirish mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining I. “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish”ning 6-maqsad: davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5-dekabrdagi № 01-19-13781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim davlat funksiyalari sonini 3 barobarga kamaytirish orqali ushbu funksiyalarni xususiy sektorda amalga oshirilishini ta’minlash, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish imkonini bergan;
O‘zbekistonda davlat xususiy sherikligi orqali investision faollikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan DXSh rivojlanishining muqobil prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining “ijtimoiy infratuzilmalarni xususiy sektor vositasida rivojlantirish strategiyasi”ga muvofiq amaliyotga joriy etilgan (“Vosiq International School” MChJning 2025-yil 06-maydagi № 17-01/1129-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida “Vosiq International School” MChJ tomonidan Toshkent shahridagi zamonaviy sport majmuasini (futbol maydoni, yopiq sport zallari va boshqa ob’ektlar) DXSh asosida 30 yilga mo‘ljallangan qiymati 9949,5 mln. so‘m (to‘qqiz milliard to‘qqiz yuz qirq to‘qqiz million besh yuz ming so‘m) qiymatiga ega bitim loyihasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan.