Abdualimov Ravshan Matievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki moliyaviy nazorat tizimini tashkil etish va uni baholashni takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2011/1
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdieva Nargiza Shuhratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida ichki moliyaviy nazorat tizimini tashkil etish va uni baholashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlash, qonunchilikka mos ravishda amalga oshirish, resurslardan maqsadli foydalanish, ichki moliyaviy nazorat tizimining samaradorligini oshirishda ichki audit xizmatining zaruriyatini qonunchilikka asosan tartibga solishga doir taklif asoslangan;
asosiy vositalarning hisobi va ulardan samarali foydalanish, amortizatsiya hisoblashni aniq amalga oshirish, aktivlarni holati va maqsadli ishlatilishini ta’minlashda auditning xalqaro standartlari asosida ichki nazoratni takomillashtirishga qaratilgan takliflar asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanishda risklarni o‘z vaqtida aniqlash, hisobotning ishonchliligini oshirishda ichki moliyaviy nazoratni rejalashtirish va baholash tizimi uslubiyoti takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samaradorligini ta’minlash, shuningdek ichki nazorat jarayonlarini tizimli va bosqichma-bosqich tashkil etish maqsadida ichki moliyaviy nazoratni amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlash, qonunchilikka mos ravishda amalga oshirish, resurslardan maqsadli foydalanish, ichki moliyaviy nazorat tizimining samaradorligini oshirishda ichki audit xizmatining zaruriyatini qonunchilikka asosan tartibga solishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi (auditorlik faoliyati standartlari) dispozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024 yil 13 apreldagi № 02/4-44 - sonli dalolatnomasi) Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash tartib va tamoyillari asosida tashkil qilishga qonuniy asos yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 108-moddasiga (jamiyatning ichki audit xizmati) qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024 yil 13 apreldagi № 02/4-44 - sonli dalolatnomasi) Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatini tashkil qilishga qonuniy asos yaratilgan;
asosiy vositalarning hisobi va ulardan samarali foydalanish, amortizatsiya hisoblashni aniq amalga oshirish, aktivlarni holati va maqsadli ishlatilishini ta’minlashda auditning xalqaro standartlari asosida ichki nazoratni takomillashtirishga qaratilgan taklifi “Foton” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (“Foton” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 5 sentyabrdagi №153-sonli ma’lumotnomasi) Bu taklifni joriy qilish natijasida aksiyadorlik jamiyatining asosiy vositalarini audit qilishda xalqaro audit standartlariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar “Foton” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (“Foton” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 5 sentyabrdagi №153-sonli ma’lumotnomasi) Bu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida aksiyadorlik jamiyatida ichki moliyaviy nazorat bazasi tashkil etish hamda ichki moliyaviy nazorat dasturini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida ichki moliyaviy nazoratni rejalashtirish, ichki moliyaviy nazoratning xavf darajasini aniqlash hamda ichki moliyaviy nazorat tizimini baholash usullaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar “Foton” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (“Foton” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 5 sentyabrdagi №153-sonli ma’lumotnomasi) Bu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, nazorat vositalarining xavf omillarini baholash hamda ichki moliyaviy nazorat vositalarining xavf darajasini va ichki moliyaviy nazorat tizimining sifat darajasini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida ichki moliyaviy nazoratni amalga oshirish algoritmi “Foton” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (“Foton” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 5 sentyabrdagi №153-sonli ma’lumotnomasi) Bu algoritm amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida ichki moliyaviy nazoratni o‘tkazish tartibi takomillashtirilgan.