Berdalieva  Muxabbatxon Zayniddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”. 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3741
Ilmiy rahbar: Astanakulov Olim Tashtemirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Ibodullaev Shaxboz To‘lqin o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc), Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy xaridini moliyalashtirish manbalarini depozitlar orqali shakllantirish amaliyoti past foiz stavkali shartnomaviy depozitlarni joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
qurilish sohasida eskrou hisobidan foydalanishning shartnoma tuzish, eskrou hisobini ochib pulni joylash, hisobni bloklash, hujjatlar tekshiruvi va pulni sotuvchiga o‘tkazish bosqichlari eskrou bank tomonidan qurilishni raqamli vositalar asosida monitoring qilish va mablag‘larni tizimli ravishda chiqarish bosqichi orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
uy-joy bilan bog‘liq moliyaviy jarayonlar oldi-sotdi eskrou schyoti, ipoteka eskrou schyoti va shartli eskrou schyotlari orqali takomillashtirish taklif etilgan; 
uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyoti an’anaviy tizimga muqobil ravishda kamayib boruvchi sherikchilik tamoyiliga asoslangan yangi turdagi instrumentni qo‘llash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy yangilik va amaliy takliflar asosida:
uy-joy xaridini moliyalashtirish manbalarini depozitlar orqali shakllantirish amaliyotini past foiz stavkali shartnomaviy depozitlarni joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmonining 2-bandida o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 12-fevraldagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ipoteka kreditlarini berishda kreditlarni moliyalashtirish manbalarining muddatlarini muvofiqlashtirish va depozitga ega bo‘lgan mijozlarga past stavkali ipoteka kreditini ajratish imkoniyati vujudga keladi;
qurilish sohasida eskrou hisobidan foydalanishning shartnoma tuzish, eskrou hisobini ochib pulni joylash, hisobni bloklash, hujjatlar tekshiruvi va pulni sotuvchiga o‘tkazish bosqichlari eskrou bank tomonidan qurilishni raqamli vositalar asosida monitoring qilish va mablag‘larni tizimli ravishda chiqarish bosqichi orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidagi O‘zbekiston – 2030 Strategiyasining 60-maqsadi “Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish” maqsadi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan   “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni shakllantirish” islohotlariga mos keladi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 12-fevraldagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif investorlar va xaridorlarning xavfsizligini oshirish, mablag‘larni maqsadli sarflash va qurilish muddatlariga rioya qilish va moliyalashtirish samaradorligini oshirish imkonini berdi;
uy-joy bilan bog‘liq moliyaviy jarayonlarni oldi-sotdi eskrou schyoti, ipoteka eskrou schyoti va shartli eskrou schyotlari orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidagi O‘zbekiston – 2030 Strategiyasining 60-maqsadi “Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish” maqsadi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni shakllantirish” islohotlariga mos keladi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 12-fevraldagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uy-joy bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar yangi mexanizm orqali yanada shaffof va xavfsiz amalga oshirilishi, moliyaviy jarayonlarda barqarorlik va samaradorlik oshishi ta’minlandi;
uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyotini an’anaviy tizimga muqobil ravishda kamayib boruvchi sherikchilik tamoyiliga asoslangan yangi turdagi instrumentni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmon bilan tasdiqlangan O‘zbekiston – 2030 Strategiyasining 50-maqsadida o‘z aksini topgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2025-yil 12-fevraldagi 01-09/480-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif uy-joy xaridini moliyalashtirishda barqaror va islom moliyasi tamoyillariga mos moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali moliyaviy institutlar xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va risklarni diversifikatsiya qilish imkoniyatini yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish