Qodirov Abduvohid Abdumannof o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalar ekologik faoliyati boshqaruvini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5215.
Ilmiy rahbari: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismoilov Akmal Maksudovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktor, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublika iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik talablarga rioya etishga, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ekologik muammolarni hal qilishga tizimli yondashuv sifatida qarash orqali takomillashtirilgan hamda korxonalarning zamonaviy ekologik boshqaruvida (ZEB) monitoring va nazorat tizimi yaratilgan;
ekologik boshqaruvni takomillashtirishda ishlab chiqarish sanoati korxonalarining  iqtisodiy faolligi ko‘rsatkichlari bo‘lgan moliyaviy faollik, ishlab chiqarish faolligi, marketing faolligi, mehnat faolligi, boshqaruv faolligi va innovatsion faollik koeffisienti ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha “juda yuqori” (1,2≤IQf), “yuqori” (0,96≤IQf˂1,2), “o‘rtacha xavfli” (0,56≤IQf ˂0,96), “xavfli” (0,3≤IQf˂0,56) va “yuqori xavfli” (0≤IQf˂0,3) koeffisient chegaralari doirasida belgilash asoslanishidan ishlab chiqarish sanoati korxonalarida ekologik boshqaruvini pog‘onalashtirilgan soliq tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar samaradorligini 12-16 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqarish sanoati korxonalari faoliyatini atrof-muhitga ta’sir koeffisienti, ekologik samaradorlik koeffisienti hamda chiqindilardan foydalanish koeffisienti mezonlari bo‘yicha ekologik boshqaruv kompleks samaradorlik integral indekslari “yuqori xavfli” (0≤ Bek ˂0,20), “xavfli” 
(0,20≤ Bek˂0,50), “o‘rtacha xavfli” (0,50≤ Bek ˂0,70), “o‘rtacha yuqori” (0,70≤ Bek ˂0,86), “yuqori” (0,86≤ Bek˂1,0) va “juda yuqori” (1,0≤ Bek), chegaralari doirasida baholash asoslangan va ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini tashkil etishda iqtisodiy faollikni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 10-15 foizga oshishiga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning ekologik boshqaruvini oshirishning samarali vositalari asosida tuzilgan ko‘p omilli model asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish sanoati korxonalarida ekologik boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik talablarga rioya etishga, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda  ekologik muammolarni hal qilishga tizimli yondashuv sifatida qarash orqali takomillashtirishgan taklifi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “O‘zbekiston Respubliksi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 22-yanvardagi 02-01/22-709-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorlarini aniqlashni hisoblash uslublari ishlab chiqildi va korxonalarning zamonaviy ekologik boshqaruvida (ZEB) monitoring 
va nazorat tizimi yaratildi;
ekologik boshqaruvni takomillashtirishda ishlab chiqarish sanoati korxonalarining  iqtisodiy faolligi ko‘rsatkichlari bo‘lgan moliyaviy faollik, ishlab chiqarish faolligi, marketing  faolligi, mehnat faolligi, boshqaruv faolligi va innovatsion faollik koeffisienti ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha “juda yuqori” (1,2≤IQf), “yuqori” (0,96≤IQf˂1,2), “o‘rtacha xavfli” (0,56≤IQf ˂0,96), “xavfli” (0,3≤IQf˂0,56) va “yuqori xavfli” (0≤IQf˂0,3) koeffisient chegaralari doirasida belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 22-yanvardagi 02-01/22-709-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish sanoati korxonalarida ekologik boshqaruvini pog‘onalashtirilgan soliq tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar samaradorligini 
12-16 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqarish sanoati korxonalari faoliyatini atrof-muhitga ta’sir koeffisienti, ekologik samaradorlik koeffisienti hamda chiqindilardan foydalanish koeffisienti mezonlari bo‘yicha ekologik boshqaruv kompleks samaradorlik integral indekslari “yuqori xavfli” (0≤ Bek ˂0,20), “xavfli” 
(0,20≤ Bek˂0,50), “o‘rtacha xavfli” (0,50≤ Bek ˂0,70), “o‘rtacha yuqori” (0,70≤ Bek ˂0,86), “yuqori” (0,86≤ Bek˂1,0) va “juda yuqori” (1,0≤ Bek), chegaralari doirasida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 22-yanvardagi 
02-01/22-709-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini tashkil etishda iqtisodiy faollikni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 10-15 foizga oshishiga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning ekologik boshqaruvini oshirishning samarali vositalari asosida tuzilgan ko‘p omilli model asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “O‘zbekiston Respubliksi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 22-yanvardagi 
02-01/22-709-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini samarali tashkil etish ssenariylari ishlab chiqilgan va ular faoliyatini optimallashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish