Ibadullaev Ergash Bakturdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1063.
Ilmiy maslaxatchi: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Matyakubov Umidjon Raximovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Xudayor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirish metodologiyasiga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirish, qo‘shilgan qiymat yaratish, logistika, raqamli savdo platformalari, yashil iqtisodiyotni innovatsion infratuzilmasini takomillashtirishning metodologik yondoshuvlari taklif etilgan;
Xorazm viloyati eksport samaradorligini oshirishning PPML (Poisson Pseudo Maximum Likelihood) va GPML (Generalized Poisson Maximum Likelihood) usullari asosida E(T_ij )=exp(β_0+β_1 ln〖Y_i 〗+β_2 ln〖Y_j 〗-β_3 ln〖D_ij 〗+Z_ij γ) integratsiyalashgan modeli taklif qilingan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda tovarlar va xizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarni topish, eksport mahsulotlarining hayotiylik davrini uzaytirishga ta’sir qiluvchi omillarning ustuvorligini tartiblash sxemasi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga eksport samaradorligi (EP-0.2291) omilining Raqamli transformatsiya (DT→EP→RED-0.0597), Barqaror rivojlanish amaliyotlari (SDP→EP→RED-0.9857), Institusional qo‘llab-quvvatlash (IS→EP→RED-0.0200), Inson kapitali va innovatsiya (HCI→EP→RED-0.957) omillari asosida bevosita ijobiy ta’sirini ifodalovchi integratsiyalashgan SEM (Structural Equation Modeling) modeli taklif etilgan;
mintaqa eksport samaradorligini oshirishda Xorazm viloyati eksport ko‘rsatkichlarining ARIMA modeli asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirish, qo‘shilgan qiymat yaratish, logistika, raqamli savdo platformalari, yashil iqtisodiyotni innovatsion infratuzilmasini takomillashtirishning metodologik yondoshuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 05-dekabrdagi 7-5059-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu metodologik yondashuvlarning amaliyotga joriy etilishi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi nazariy konsepsiya va amaliy yondashuvlarni qo‘llash imkonini bergan;
Xorazm viloyati eksport samaradorligini oshirishning PPML (Poisson Pseudo Maximum Likelihood) va GPML (Generalized Poisson Maximum Likelihood) usullari asosida E(T_ij )=exp(β_0+β_1 ln〖Y_i 〗+β_2 ln〖Y_j 〗-β_3 ln〖D_ij 〗+Z_ij γ) integratsiyalashgan modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 05-dekabrdagi 7-5059-son ma’lumotnomasi). Natijada, model asosida shakllantirilgan tahliliy xulosalar mintaqaning eksport hamkorlari tarkibini diversifikatsiyalash, yangi bozorlarni topish, korxonalar faoliyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ta’sirini o‘lchash imkonini yaratgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda tovarlar va xizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarni topish, eksport mahsulotlarining hayotiylik davrini uzaytirishga ta’sir qiluvchi omillarning ustuvorligini tartiblash sxemasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 05-dekabrdagi 7-5059-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida viloyatda transport-logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar belgilangan va ushbu chora tadbirlar viloyat eksport mahsulotlarining hayotiylik davrini nisbatan uzaytirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga Eksport samaradorligi (EP-0.2291) omilining Raqamli transformatsiya (DT→EP→RED-0.0597), Barqaror rivojlanish amaliyotlari (SDP→EP→RED-0.9857), Institusional qo‘llab-quvvatlash (IS→EP→RED-0.0200), Inson kapitali va innovatsiya (HCI→EP→RED-0.957) omillari asosida bevosita ijobiy ta’sirini ifodalovchi integratsiyalashgan SEM (Structural Equation Modeling) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 05-dekabrdagi 7-5059-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat eksport samaradorligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar darajasi aniqlangan va eksport samaradorligi hamda mintaqa iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganish imkoni yaratilgan;
mintaqa eksport samaradorligini oshirishda Xorazm viloyati eksport ko‘rsatkichlarining ARIMA modeli asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 05-dekabrdagi 7-5059-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli ko‘rsatkichlarning amalga oshirilishi mintaqaning eksport salohiyatidan samarali foydalanish imkonini kengaytirib, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga hamda aholi daromadlari va iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishiga zamin yaratgan.