Jumanov Ruslonbek Babojonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5517.
Ilmiy rahbar: Masharipova  Manzura Alimbaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matkarimov Mansur Maqsudovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes subektlari faoliyat samaradorlgini belgilovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi statistika natijalarini umumlahtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda kichik biznes subektlari samardorligini oshiruvchi omillarni ustuvorlik darajasiga asoslangan integratsiyalashgan modeli taklif etilgan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash (0,46), bandlar soni (0,47) hamda jon boshiga real umumiy daromadlar(1,84) ni oshirishda kichik biznes subektlari samaradorligining  rolini belgilovchi elastiklik koeffisientlari taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda muhim bo‘lgan kichik biznesning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘jallangan prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada kichik biznes ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes subektlari faoliyat samaradorlgini belgilovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi statistika natijalarini umumlahtirish algoritmi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13855-son ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmdan viloyat tuman va shaharlarida kichik biznesning taraqqiyot darajasi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda dinamik baholanilib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda faoliyat samaradorligini oshirishda muhim jihatlari aniqlanilgan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda kichik biznes subektlari samardorligini oshiruvchi omillarni ustuvorlik darajasiga asoslangan integratsiyalashgan modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13855-son ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuvdan foydalnilib mintaqaning har bir hududida kichik biznes subektlarining yashovchanlik darajasini oshirishda muhim va istiqolli sohalar belgilanilgan;
mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash (0,46), bandlar soni (0,47) hamda jon boshiga real umumiy daromadlar (1,84)ni oshirishda kichik biznes subektlari samaradorligining rolini belgilovchi elastiklik koeffisientlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13855-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan viloyat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda kichik biznes faoliyat samaradorligini rolini baholashda foydalanilib, mavjud imkoniyatni hisobga olgan holda iqtisodiy o‘sish va bandlar sonini 1,8 barobarga, jon boshiga real umumiy daromadlar hajmini 7,2 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda muhim bo‘lgan kichik biznesning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘jallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13855-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari viloyatda kichik biznesning mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’milnlashdagi roli va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘rta va qisqa muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish