Xodjaniyazov Shohruh Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi turmush farovonligini oshirishning ekonometrik modellari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5367.
Ilmiy rahbar: Xolmurotov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Saidov Otabek Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi turmush farovonligini baholashning ekonometrik modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi farovonligi rivojlanishining W_ext - ekstensiv (migdoriy omillar, ishlab chiqarish, bandlik, infratuzilma)  va  W_int - intensiv  (sifat omillari, inson kapitali, innovatsiyalar, ta’lim, sog‘liq) komponentlari ajratilib, ularning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi gibrid model W_total=λW_int+(1-λ) W_exttaklif etilgan; 
mintaqaviy darajada aholi turmush farovonligini baholashda  min–max normalizatsiyasi va teskari munosabatga asoslangan universal kompozit farovonlik indeksini (〖KI〗_(0-100)) segmentda hisoblash  〖KI〗_(0-100)=100×(KT_tw-min(KT_tw))/(max(KT_tw)-min(KT_tw))  modeli taklif etilgan;
aholi turmush farovonligini oshirishning nisbiy ahamiyatini baholashda  Analitik Ierarxiya Jarayoni (AHP) metodologiyasi asosida asosiy omillarini ustuvorlik darajasini aniqlovchi (PCR) modeli taklif etilgan;
mintaqada aholi faravonlik indeksining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati aholi turmush farovonligini oshirish jarayonlarini ekonometrik modellarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
aholi farovonligi rivojlanishining W_ext - ekstensiv (miqdoriy omillar, ishlab chiqarish, bandlik, infratuzilma)  va W_int - intensiv (sifat omillari, inson kapitali, innovatsiyalar, ta’lim, sog‘liq)  komponentlari ajratilib, ularning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi gibrid model W_total=λW_int+(1-λ)W_ext bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-7-09/11777-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijada hududiy resurslardan samarali foydalanish va sifat omillarini uyg‘unlashtirish orqali Xorazm viloyatida aholi turmush farovonligi darajasini kompleks baholash hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar o‘rtasidagi muvozanatni tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
mintaqaviy darajada aholi turmush farovonligini baholashda  min–max normalizatsiyasi va teskari munosabatga asoslangan universal kompozit farovonlik indeksini (〖KI〗_(0-100)) segmentda hisoblash 〖KI〗_(0-100)=100×(KT_tw-min(KT_tw))/(max(KT_tw)-min(KT_tw))  modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-7-09/11777-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining turmush farovonligini baholashda yagona matematik model asosida integral ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilgan;
aholi turmush farovonligini oshirishning nisbiy ahamiyatini baholashda  Analitik Ierarxiya Jarayoni (AHP) metodologiyasi asosida asosiy omillarini ustuvorlik darajasini aniqlovchi (PCR) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-7-09/11777-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farovonlikka ta’sir etuvchi omillarning ustuvorlik darajasi aniqlanib, inson kapitali, bandlik, ta’lim va innovatsiyalar sohalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik takliflar ishlab chiqish uchun amaliy asos yaratilgan;
mintaqada aholi faravonlik indeksining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-7-09/11777-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatining farovonlik ko‘rsatkichlari dinamikasini oldindan baholash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va hokimlik hamda iqtisodiy tahlil markazlarida strategik qarorlarni qabul qilish jarayonini ilmiy asoslash imkoniyati ta’minlangan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish