Farmonov Dilshod Po‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitish muammolarini statistik tahlil qilish”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4693.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘rozov Azamat Otaboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitishning nazariy asoslarini umumlashtirib, ularning o‘quv natijalariga ta’sirini empirik baholash va metakognitiv o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metakognitiv o‘qitishni rejalashtirish, monitoring va refleksiya komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi tizimli yondashuv asosida tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning o‘quv natijalariga bevosita ta’siri matematik-statistik usullar yordamida metakognitiv o‘qitishning konseptual modeli taklif etilgan;
metakognitiv o‘qitishni deskriptiv va omilli tahlili asosida baholashga doir tadqiqotlar olib borilib, metakognitiv ko‘nikmalarni aniqlash va o‘lchash uchun integral metodika taklif etilgan;
o‘quvchilarning metakognitiv profillarini segmentlash hamda ularning yuqori natijaga erishish ehtimolini probabilistik baholash imkonini beruvchi logit/probit regressiya va klasterli modellashtirishga asoslangan empirik yondashuv taklif etilgan;
2025-2030-yillarda ta’lim jarayonidagi metakognitiv o‘zgarishlarning konservativ, bazaviy va tezlashtirilgan ssenariylari ishlab chiqilib, ta’lim siyosati uchun strategik qarorlar qabul qilishda tavsiyalar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitishning statistik tahlillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metakognitiv o‘qitishni rejalashtirish, monitoring va refleksiya komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi tizimli yondashuv asosida tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning o‘quv natijalariga bevosita ta’siri matematik-statistik usullar yordamida metakognitiv o‘qitishning konseptual modeli Qashqadaryo viloyati ta’lim muassalari faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11345-son ma’lumotnomasi) Ushbu yangilik natijasida o‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini prognoz qilish hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini samarali nazorat qilish imkoniyatlari kengayatirib, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
metakognitiv o‘qitishni deskriptiv va omilli tahlili asosida baholashga doir tadqiqotlar olib borilib, metakognitiv ko‘nikmalarni aniqlash va o‘lchash uchun integral metodika bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati ta’lim muassalari faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11345-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilgandan so‘ng ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitishni baholash va boshqarish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaygan;
o‘quvchilarning metakognitiv profillarini segmentlash hamda ularning yuqori natijaga erishish ehtimolini probabilistik baholash imkonini beruvchi logit/probit regressiya va klasterli modellashtirishga asoslangan empirik yondashuv bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati ta’lim muassalari faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11345-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida metakognitiv strategiyalar, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘quv motivatsiyasining oshishi o‘quvchilarning yuqori akademik natijalarga erishish ehtimolini sezilarli darajada oshirgan;
2025-2030-yillarda ta’lim jarayonidagi metakognitiv o‘zgarishlarning konservativ, bazaviy va tezlashtirilgan ssenariylari ishlab chiqilib, ta’lim siyosati uchun strategik qarorlar qabul qilishda tavsiyalar bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati ta’lim muassalari faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 02.12.2025-yildagi 10-10/11345-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda mavjud resurslarni maqbullashtirish, o‘qitish strategiyalarini differensiallashtirish va ta’lim samaradorligini prognozlash imkonini beruvchi ilmiy-amaliy mexanizm sifatida joriy etilib, strategik qarorlar qabul qilishda ishonchli asos bo‘lib xizmat qilgan.