Toshtemirov Doston Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda tibbiyot muassasalarining shakllanishi va faoliyati (Sirdaryo viloyati misolida, XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1197
Ilmiy rahbar: Muminova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari doktori, professor Shodmonova Sanobar Bazarbaevna.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asr boshlari Turkistonning Sirdaryo viloyatida tibbiyot muassasalarining shakillanishi va faoliyati bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasida olib borilgan siyosat, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahrida dastlabki zamonaviy ambulatoriyalar va shifoxonalarning tashkil etilishi hamda ularning faoliyat yo‘nalishlari, mazkur davolash muassasalari asosan rus harbiylari va imperiyadan kelgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy aholining ehtiyojlari ikkinchi darajali hisoblanganligi, shuningdek, tibbiyot boshqaruv tizimi harbiylashtirilganligi, o‘lkaga yuborilgan shifokorlarning aksariyati harbiy shifokorlar bo‘lgani, bu holat Rossiya imperiyasi Turkistonda tibbiyot sohasini mahalliy aholining sog‘lig‘ini yaxshilash emas, balki o‘zining strategik va harbiy manfaatlarini taʼminlash maqsadida rivojlantirishga harakat qilganligi tarixiy manbalar asosida dalillangan;
Turkistonga zamonaviy tibbiyot XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga hujumi natijasida kirib kelganligi, dastlab u asosan harbiy qism askarlari va bu hududga ko‘chib kelgan rus aholisi uchun tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida shakllanganligi, shu bilan birga, Rossiya imperiyasi vakillari tomonidan o‘lkada keng tarqalgan yuqumli va xavfli kasalliklarning tarqalishi, ularning yuqish xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralarini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar olib borilganligi, ushbu tadbirlar natijasida turli yo‘nalishlarda kasalliklarni davolash maskanlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, mavjud tibbiyot xodimlarining aksariyati Toshkent shahrida jamlangan qolganligi, bu esa viloyatning boshqa hududlarida tibbiy xizmatning cheklanishiga olib kelganligi aniqlangan;
Turkistonda sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni moliyalashtirish ishlari asta-sekinlik bilan yo‘lga qo‘yilganligi, davolash maskanlarini jihozlash, ularga binolar ajratish, tibbiyot xodimlariga beriladigan maoshlar turli yo‘nalishlarda moliyalashtirilganligi, tibbiyotga ajratilgan mablag‘lar asosan shahar byudjeti, zemstvolar va xususiy tarmoqlar orqali bo‘lib, ammo sohaga ajratilayotgan mablag‘lar mavjud ehtiyojlarni to‘liq qoplamasligi, shuningdek, Turkistonda aholi orasida kasalliklar shakli va dinamikasi yangi ko‘chib kelgan aholi hisobiga o‘zgarib, ko‘payib borganligi, o‘lka aholisi kasalliklari orasida ayniqsa yuqumli va ijtimoiy kasalliklar ortganligi, chechak, bezgak, difteriya, isitma kabi yuqumli kasalliklar doimiy epidemiyalar xarakterida bo‘lganligi, shaharlarning asosan ruslar yashaydigan qismida ambulatoriya va shifoxonalar joylashganligi tibbiy xizmatning tor doirada bo‘lishiga sabab bo‘lganligi, chechak, bezgak, difteriya kabi kasalliklarga chalingan kishilarning ko‘pchiligi, ayniqsa, bolalar tuzalmasdan vafot etganligi mavjud tarixiy hujjatlar asosida dalillangan;
1872 va 1892-yillarda Turkiston o‘lkasida tarqalgan vabo epidemiyasi jarayonida mahalliy aholining qanchalik aziyat chekkanligi, epidemiyaga qarshi kurash chog‘ida Rossiya imperiyasi maʼmurlari tomonidan mahalliy aholining urf-odatlari va qadriyatlariga hurmatsizlik bilan yondashilgani, ularning diniy va madaniy anʼanalarining toptalishi natijasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib, ayrim hollarda norozilik harakatlari yuzaga kelganligi, shu bilan birga, rus shifokorlarining vaboga qarshi kurashda ko‘rsatgan jonbozligi, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida XX asr boshlariga kelib vabo epidemiyasining tarqalish darajasi sezilarli darajada pasaygani va aholi salomatligini muhofaza qilishda muayyan yutuqlarga erishilgani mavjud tarixiy ma’lumotlar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonda Rossiya imperiyasi davrida tibbiyot va sog‘liqni saqlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Rossiya imperiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasida olib borilgan siyosat, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahrida dastlabki zamonaviy ambulatoriyalar va shifoxonalarning tashkil etilishi hamda ularning faoliyat yo‘nalishlari, mazkur davolash muassasalari asosan rus harbiylari va imperiyadan kelgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy aholining ehtiyojlari ikkinchi darajali hisoblanganligi, shuningdek, tibbiyot boshqaruv tizimi harbiylashtirilganligi, o‘lkaga yuborilgan shifokorlarning aksariyati harbiy shifokorlar bo‘lgani, bu holat Rossiya imperiyasi Turkistonda tibbiyot sohasini mahalliy aholining sog‘lig‘ini yaxshilash emas, balki o‘zining strategik va harbiy manfaatlarini taʼminlash maqsadida rivojlantirishga harakat qilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 2-oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02-28-1078-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning zamonaviy tibbiyotning Turkiston o‘lkasiga kirib kelishi va uning dastlabki faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Turkistonga zamonaviy tibbiyot XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga hujumi natijasida kirib kelganligi, dastlab u asosan harbiy qism askarlari va bu hududga ko‘chib kelgan rus aholisi uchun tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida shakllanganligi, shu bilan birga, Rossiya imperiyasi vakillari tomonidan o‘lkada keng tarqalgan yuqumli va xavfli kasalliklarning tarqalishi, ularning yuqish xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralarini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar olib borilganligi, ushbu tadbirlar natijasida turli yo‘nalishlarda kasalliklarni davolash maskanlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, mavjud tibbiyot xodimlarining aksariyati Toshkent shahrida jamlangan qolganligi, bu esa viloyatning boshqa hududlarida tibbiy xizmatning cheklanishiga olib kelganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 2-oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02-28-1078-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning zamonaviy tibbiyotning Turkiston o‘lkasiga kirib kelishi va uning dastlabki faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Turkistonda sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni moliyalashtirish ishlari asta-sekinlik bilan yo‘lga qo‘yilganligi, davolash maskanlarini jihozlash, ularga binolar ajratish, tibbiyot xodimlariga beriladigan maoshlar turli yo‘nalishlarda moliyalashtirilganligi, tibbiyotga ajratilgan mablag‘lar asosan shahar byudjeti, zemstvolar va xususiy tarmoqlar orqali bo‘lib, ammo sohaga ajratilayotgan mablag‘lar mavjud ehtiyojlarni to‘liq qoplamasligi, shuningdek, Turkistonda aholi orasida kasalliklar shakli va dinamikasi yangi ko‘chib kelgan aholi hisobiga o‘zgarib, ko‘payib borganligi, o‘lka aholisi kasalliklari orasida ayniqsa yuqumli va ijtimoiy kasalliklar ortganligi, chechak, bezgak, difteriya, isitma kabi yuqumli kasalliklar doimiy epidemiyalar xarakterida bo‘lganligi, shaharlarning asosan ruslar yashaydigan qismida ambulatoriya va shifoxonalar joylashganligi tibbiy xizmatning tor doirada bo‘lishiga sabab bo‘lganligi, chechak, bezgak, difteriya kabi kasalliklarga chalingan kishilarning ko‘pchiligi, ayniqsa, bolalar tuzalmasdan vafot etganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash va pediatriya ishi kafedrasining 2024/2025-o‘quv yili uchun Tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda, o‘quv-uslubiy dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi № 03/3673-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini shakllantirishdagi jarayonlar, aholiga xizmat ko‘rsatadigan shifokor kadrlar etishmovchiligi muammosi va ularni tayyorlash masalalarni tahlil qilishga xizmat qilgan.
1872 va 1892-yillarda Turkiston o‘lkasida tarqalgan vabo epidemiyasi jarayonida mahalliy aholining qanchalik aziyat chekkanligi, epidemiyaga qarshi kurash chog‘ida Rossiya imperiyasi maʼmurlari tomonidan mahalliy aholining urf-odatlari va qadriyatlariga hurmatsizlik bilan yondashilgani, ularning diniy va madaniy anʼanalarining toptalishi natijasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib, ayrim hollarda norozilik harakatlari yuzaga kelganligi, shu bilan birga, rus shifokorlarining vaboga qarshi kurashda ko‘rsatgan jonbozligi, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida XX asr boshlariga kelib vabo epidemiyasining tarqalish darajasi sezilarli darajada pasaygani va aholi salomatligini muhofaza qilishda muayyan yutuqlarga erishilganiga doir ilmiy ma’lumotlardan Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash va pediatriya ishi kafedrasining 2024/2025-o‘quv yili uchun Tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda, o‘quv-uslubiy dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi № 03/3673-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa Turkistonda aholi orasida tarqalgan turli epidemiyalar va ularga qarshi kurash muammolari, aholi ijtimoiy turmush sharoitining nochorligi o‘z o‘rnida turli ijtimoiy kasalliklarning keng tarqalishiga sabab bo‘lganligi tarixini o‘rganishga hamda chuqur tahlil qilishga xizmat qilgan.