Alimov Obidjon Sultanmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1289
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor Ermetov Avazbek Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzini tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Urush yillarida xalq xo‘jaligida asosan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga e’tibor qaratilganligi sababli, qishloqlarda yashovchi aholi ustunligi bilan ajralib turgan. O‘zbekiston aholisining urush davridagi og‘ir ijtimoiy-maishiy sharoitiga harbiy omillarning ta’sir etganligi bois, odamlarning ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan holda urush sharoitlariga moslashishlari aniqlangan. Mamlakat iqtisodiyotini mehnat resurslari bilan ta’minlash maqsadida frontga ketgan erkaklar o‘rniga xotin-qizlar, qariyalar va bolalar asosiy “ishchi kuchiga” aylantirilganligi isbotlangan;
Shaharlarda yashaydigan aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari eng zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirgan bo‘lsa, qishloqda yashaydigan aholining iqtisodiy tanazzulga uchraganligi, aholining kundalik hayoti partiya va davlatning tashviqot g‘oyalari ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolar, g‘arbdan ko‘chirib keltirilgan aholini va respublika aholisini turar-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlash muammolari, urush yillarida aholining maishiy turmush sharoitining og‘irlashuviga oid muammolar ochib berilgan;
birlamchi manbalar yordamida O‘zbekistonda “mehnat armiyasi” tuzilib, 155 000 nafar erkaklarning Ural va Sibir hududining sanoat korxonalaridagi og‘ir mehnat sharoitiga doir ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston SSR aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzi, urush yillarida respublika aholi ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi ya’ni nogironlar, qariyalar va etim bolalar, harbiy xizmatchilar, ziyolilar qatlamining yuzga kelishi hamda unga ta’sir etgan omillar, o‘zbek xalqining front ortidagi jasorati, nogironlar, bolalar, ayollar va qariyalarning sanoat korxonalariga, qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinishi hamda 155 ming vatandoshimizning “rabochiy batalyon”lardagi mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 6-dekabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023-yil 6-dekabrdagi 02-31-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada juda og‘ir davrlarda xalqimizning insonparvarligi, mehnatsevarligi va g‘alabadagi ulkan hissasini xolisona tarixiylik asosida o‘rganishda yordam beradi.
Urush yillarida O‘zbekiston SSRda g‘alla tanqisligi va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammolari tarixi, urush yillarida ta’lim sohasi tarixi, madaniy muassasalar faoliyatidagi o‘zgarishlar, frontorti ishlariga jalb qilinganlarning mehnat sharoitlari inobatga olinmaganligi va uning salbiy oqibatlari, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda bir qator qonunbuzarliklar oqibatida yuzaga kelganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023 yil 6 dekabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023-yil 6-dekabrdagi 02-31-1843-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzi to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz tarixini ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ilmiy tadqiq etish, obektiv baho berish va mavjud tajribalardan ilmiy-ijodiy samaralar olish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida o‘ta muhimdir. Urush davrida evakuatsiya qilingan aholini turar-joy, oziq-ovqat hamda ish bilan taminlanganligi, ikki yuz ming nafardan ko‘proq bo‘lgan bolalar va qariyalarning hayoti saqlab qolinganligi, iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar, maishiy muammolar, kasallik va ocharchilikka qaramasdan xalqimizning ko‘rsatgan buyuk jasorati haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024 yil 22-apreldagi №01-24/22-04-24-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizniing g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini aniqlashda xizmat qiladi.
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi yillarida aholining ijtimoiy tarkibi va undagi o‘zgarishlar hamda aholining front orti ishlariga jalb etilishi va ularning mehnat sharoitini arxiv materiallar, chet ellik olimlar va o‘zbekistonlik olimlarning asarlarni qiyosiy tahlillar asosida dalillash, urush yillari aholini xalq iste’moli mollari va oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi muammolari o‘rganish, aholi maishiy hayotidagi muammolar, urush sharoitida ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatidagi o‘zgarishlar o‘rganilgani kabi ilmiy natijalar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 22-apreldagi №01-24/22-04-24-son ma’lumotnomasi). Tahlil qilingan manbalar, xorijiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy asosga ega bo‘lgan xulosa va takliflar urush yillarida O‘zbekiston aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush tarzi tarixini o‘rganishga hamda chuqur tahlil qilishga xizmat qilgan.