Qodirov Bexzodbek Xushnud o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari xizmatlarining raqamli transformatsiyasi”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3756. 
Ilmiy rahbar: Raximov Akmal Matyaqubovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosayatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otamurodov Hakimjon Hamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari xizmatlarining raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilish jarayonida raqamli moliyaviy texnologiyalar rivojlanish darajasini baholashning umumlashgan ko‘rsatkichlardan iborat 10 ballik reyting baholash tizimini joriy etish orqali raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish taklif etilgan;
bank xizmatlarini ko‘rsatishning raqamli ekotizimini shakllantirish maqsadida banklar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda “Raqamli platforma” yondashuvini joriy etish orqali bank xarajatlarini 1,2 foizga kamaytirish asoslangan;
banklar tomonidan faktoring xizmatlarini ko'rsatishda raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish algoritmidan foydalanish orqali inson omilining tasirini                    30 foizgacha kamaytirish taklif etilgan;
banklar tomonidan mijozlariga xizmat ko‘rsatishda raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish algoritmidan foydalanish orqali bank mijozlarining sodiqligini oshirish hisobiga yirik mijozlar bazasini shaklantirish hamda raqamli xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirishning 2030-yilgacha prognozini ishlab chiqish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari xizmatlarining raqamli transformatsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilish jarayonida raqamli moliyaviy texnologiyalar rivojlanish darajasini baholashning umumlashgan ko‘rsatkichlardan iborat 10 ballik reyting baholash tizimini joriy etish orqali raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan bankning 2025 yilga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasi hamda “Bankni transformatsiyasi bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 dekabrdagi 22/12-son). Shuningdek, bank xizmatlarini strategik rivojlantirish, raqamli xizmatlar va mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallarining sifati va xavfsizligini 10 ballik reytingda baholashga xizmat qildi xizmat qilgan.
bank xizmatlarini ko‘rsatishning raqamli ekotizimini shakllantirish maqsadida banklar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tizimi arxitekturasida “Raqamli platforma” modelini ishlab chiqish orqali bank xarajatlarini 1,2 foizga kamaytirish taklifi (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 dekabrdagi 22/12-son). ATB “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirish orqali bank devonxona xarajatlari 12 mlrd. so‘mdan 5 mlrd. so‘mga tushishi, umumiy bank xarajatlarining esa 1,2 foizga kamayishiga xizmat qilgan;
banklar tomonidan faktoring xizmatlarini ko'rsatishda raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish algoritmidan foydalanish orqali inson omilining tasirini 30 foizgacha kamaytirish taklifi ATB “Mikrokreditbank”da yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan jozibador tranzaksion biznes xizmatlari va chakana mijozlarga ko‘rsatiladigan onlayn xizmat turlarini ko‘paytirishga xizmat qilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 dekabrdagi 22/12-son). Natijada qaror qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va tezligi oshadi, subektiv xatolar kamayadi hamda faktoring operatsiyalarining aniqligi va ishonchliligi mustahkamlanadi. Shu bilan birga, banklarning operatsion xarajatlari qisqaradi, xodimlarning ish yuklamasi optimallashtiriladi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi.
banklar tomonidan mijozlariga xizmat ko‘rsatishda raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish algoritmidan foydalanish orqali bank mijozlarining sodiqligini oshirish hisobiga yirik mijozlar bazasini shaklantirish hamda raqamli xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirishning 2030-yilgacha prognozini ishlab chiqish taklifi ATB “Mikrokreditbank”da yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan jozibador tranzaksion biznes xizmatlari va chakana mijozlarga ko‘rsatiladigan onlayn xizmat turlarini ko‘paytirishga xizmat qilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024 yil 16 dekabrdagi 22/12-son). Natijada, 2030-yilgacha banklar tomonidan raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish algoritmidan foydalanish natijasida mijozlar sodiqligi oshadi, bank mijozlari bazasi 1,5-1,8 baravarga kengayadi, raqamli xizmatlar ulushi 85-90 foizga etadi hamda banklarning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligi sezilarli darajada mustahkamlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish