Jalilov Jamshid G‘anijonovichning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.DSc/Iqt887.
Ilmiy maslahatchi: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.04.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketingda motivatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonani bozorda barqaror rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing faoliyatida iste'molchilar, marketolog-xodimlar va vositachilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, jamoaviy ishlash, tezkor qaror qabul qilish orqali mijozlar bilan doimiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatishga asoslangan usullar, vositalar va yondashuvlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
    korxonalar marketing faoliyatida marketolog-xodimlarga yo‘naltirilgan motivatsiya usullaridan foydalanganlik darajasi indeksini “past” (0<MUFI≤0,6), “o‘rta” (0,6<MUFI≤0,8), “yuqori” (0,8<MUFI≤1) darajadagi mezon va indikatorlari orqali baholash asosida strategik qarorlar qabul qilish asoslangan;
    iste'molchilarning tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahsulotning hayotiylik yo‘lining turli bosqichlarida motivatsiya usullaridan foydalanishda kirish bosqichida “axborot-ishonch motivi”, o‘sish bosqichida “ijtimoiy-emotsional motiv”, etuklik/pasayish bosqichida “iqtisodiy-sodiqlik motivi”ni qo‘llash taklifi asoslangan; 
    korxonalar marketing faoliyatida vositachilar bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish, xarid faolligini oshirish, xulq-atvorli va kommunikasion rivojlantirish, sifatli xizmat ko‘rsatish va moliyaviy motivatsiya usullari vositachilarni motivatsiyalash indeksi “kam darajada motivatsiyalash” (1<VMI≤3), “o‘rta darajada motivatsiyalash” (3<VMI≤4), “yuqori darajada motivatsiyalash” (4<VMI≤5) guruhga ajratish orqali takomillashtirilgan;
    tikuv-trikotaj korxonalarida marketing faoliyati jarayonlari dinamikasiga ta'sir etuvchi demografik, psixogafik va geografik omillarning motivatsiya usullari bilan bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida 2035-yilga qadar mahsulot ishlab chiqish va sotish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketingda motivatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonani bozorda barqaror rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing faoliyatida iste'molchilar, marketolog-xodimlar va vositachilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, jamoaviy ishlash, tezkor qaror qabul qilish orqali mijozlar bilan doimiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatishga asoslangan usullar, vositalar va yondashuvlar majmui sifatida takomillashtirilgan nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’lim talabalari uchun tavsiya etilgan “Brendni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 07.03.2025 yildagi 265 sonli buyrug‘I bilan berilgan  265-30 son nashr guvohnomasi). Mazkur tushunchaning yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarning marketing faoliyatida motivatsiya usullari borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan; 
korxonalar marketing faoliyatida marketolog-xodimlarga yo‘naltirilgan motivatsiya usullaridan foydalanganlik darajasi indeksini “past” (0<MUFI≤0,6), “o‘rta” (0,6<MUFI≤0,8), “yuqori” (0,8<MUFI≤1) darajadagi mezon va indikatorlari orqali baholash asosida strategik qarorlar qabul qilish asoslangan ilmiy yangiligi "Soft denim textiles" MChJ amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tomonidan 2025 yil 9 oktyabrda berilgan 03-05-33-11512-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona sotuv hajmi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 8,6 foizga oshishga erishilgan;  
iste'molchilarning tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahsulotning hayotiylik yo‘lining turli bosqichlarida motivatsiya usullaridan foydalanishda kirish bosqichida “axborot-ishonch motivi”, o‘sish bosqichida “ijtimoiy-emotsional motiv”, etuklik/pasayish bosqichida “iqtisodiy-sodiqlik motivi”ni qo‘llash taklifi “Shamshirgaron effekt” MJCh amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tomonidan 2025 yil 9 oktyabrda berilgan 03-05-33-11512-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona sotuv hajmi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 9,4 foizga oshishga erishilgan; 
korxonalar marketing faoliyatida vositachilar bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish, xarid faolligini oshirish, xulq-atvorli va kommunikasion rivojlantirish, sifatli xizmat ko‘rsatish va moliyaviy motivatsiya usullari vositachilarni motivatsiyalash indeksi “kam darajada motivatsiyalash” (1<VMI≤3), “o‘rta darajada motivatsiyalash” (3<VMI≤4), “yuqori darajada motivatsiyalash” (4<VMI≤5) guruhga ajratish orqali takomillashtirilgan ilmiy yangiligi “Kamalak Shabnam teks” MChJ faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tomonidan 2025 yil 9 oktyabrda berilgan 03-05-33-11512-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona sotuv hajmi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 9,2 foizga oshishga erishilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarida marketing faoliyati jarayonlari dinamikasiga ta'sir etuvchi demografik, psixogafik va geografik omillarning motivatsiya usullari bilan bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida 2035-yilga qadar mahsulot ishlab chiqish va sotish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan ilmiy yangiligi "Soft denim textiles" MChJ amaliyotida joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tomonidan 2025 yil 9 oktyabrda berilgan 03-05-33-11512-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning barqarorligiga erishish natijasida savdo aylanmasini oshirish imkoniyati aniqlanib sotuv hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish hamda muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish