Utkirov Anvar Utkirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishning samarali usullari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5355
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Rahimov Anvar Nurimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
 Ismatullaev Jasur Anvarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishda mintaqaviy turizm muammolar echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mijoz byudjetini asosiy iqtisodiy signal sifatida qabul qilishga asoslangan segmentlash orqali mahalliy turizm takliflarini ko‘p variantli (divergent) raqamli muhitini rivojlantirish amaliyotini joriy etish taklifi ilmiy asoslangan;
real vaqt rejimida va internesiz muhitda ham xizmat ko‘rsatuvchi yaqin tarixiy joylar, mahalliy taomlar hamda jonli tadbirlarni qamrab olgan raqamli platformalarni yaratishni rag‘batlantirish asosida mahalliy xizmatlar daromadlarini oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
turizm bozorida mahalliy jamoalarning ijtimoiy platformalarda autentik raqamli kontent yaratuvchi rolini ularning turistlarga iqtisodiy va ijtimoiy parametrlarga mos alternativ xizmatlar takliflarini rag‘batlantirish orqali oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
raqamli bronlash faolligi va sotuv hajmi ta’sirida shakllangan turizm korxonalari daromadlarining 2026-2030-yillar uchun mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishning samarali usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mijoz byudjetini asosiy iqtisodiy signal sifatida qabul qilishga asoslangan segmentlash orqali mahalliy turizm takliflarini ko‘p variantli (divergent) raqamli muhitini rivojlantirish amaliyotini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, hududiy turizm xizmatlari narx, qiymat va iste’molchi to‘lov qobiliyatiga mos holda differensiallashtirildi, raqamli platformalarda moslashuvchan turistik paketlarni shakllantirish imkoniyati yaratildi hamda Qashqadaryo viloyati turizm bozorida xizmatlar samaradorligi va raqobatbardoshligi oshirishga erishildi.
real vaqt rejimida va internesiz muhitda ham xizmat ko‘rsatuvchi yaqin tarixiy joylar, mahalliy taomlar hamda jonli tadbirlarni qamrab olgan raqamli platformalarni yaratishni rag‘batlantirish asosida mahalliy xizmatlar daromadlarini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha taklif O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mahalliy xizmatlar ko‘rinishining raqamli integratsiyasi ta’minlandi, turistlarning hudud ichida harakatlanish qulayligi oshdi, xizmatlardan foydalanish chastotasi kengaydi hamda Qashqadaryo viloyati turizm subektlarining daromadlarini oshirish imkoniyatlari kengaytirildi.
turizm bozorida mahalliy jamoalarning ijtimoiy platformalarda autentik raqamli kontent yaratuvchi rolini ularning turistlarga iqtisodiy va ijtimoiy parametrlarga mos alternativ xizmatlar takliflarini rag‘batlantirish orqali oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mahalliy aholi ishtirokiga asoslangan xizmatlar turlari kengaydi, turistik mahsulotlarning autentiklik darajasi oshdi, turistlar bilan hududiy hamjamiyat o‘rtasida ishonchli kommunikatsiya shakllandi hamda mahalliy turizm bozorida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik kuchaydi.
raqamli bronlash faolligi va sotuv hajmi ta’sirida shakllangan turizm korxonalari daromadlarining 2026-2030-yillar uchun mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognozlari ishlab  chiqilganligi bo‘yicha taklif O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, turizm korxonalarining kelgusi daromad dinamikasini oldindan baholash imkoniyati yaratildi, raqamli savdo kanallarining iqtisodiy samaradorligi aniqlandi hamda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini strategik boshqarish va investision qarorlar qabul qilishning asoslanganligi oshirildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish