Xayitov Akmal Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kungaboqarning tezpishar, urug‘ida moy miqdori ko‘p kalta poyali nav namunalarini tanlash”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx902
Ilmiy rahbar: Eshonkulov Babur Mamurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samamrqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Sherali Xolboevich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim; Normurodov Davlat Soibnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universititi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sug‘oriladigan erlarida ekish uchun mos, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, tezpishar, urug‘ida moy miqdori yuqori, kalta poyali kungaboqar navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati sug‘oriladigan erlarida ekish uchun moyli kungaboqarning tezpishar, kalta poyali (mexanizatsiyalashgan yig‘ib-terib olishga qulay), hosildor va urug‘ida moy miqdori yuqori bo‘lgan boshlang‘ich material yaratilgan shu asosida kungaboqarning yangi “Mashxur” navi yaratilgan.
 Moyli kungaboqar nav va namunalarning o‘suv davri davomiyligi, hosildorligi, urug‘idagi moy miqdori va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilarini baholash asosida duragaylash uchun ota-ona juftlari tanlab olingan;
Duragaylarning F1-F3 avlodlarida belgi va xususiyatlarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan; 
o‘rganilgan namunalar orasidan hosildor, 1000 ta don massasi, pistadan po‘choq chiqimi, urug‘idagi moy  miqdori va boshqa qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari yuqori namunalarni tanlab olish orqali ekin seleksiyasi uchun dastlabki manbalar yaratilgan. 
Yaratilgan dastlabki manbalar asosida xizmat qilgan namunalar orasidan ajratib olingan L-2016/23 namunasidan yakka tanlash usuli bilan tezpishar, kalta poyali urug‘ida moy miqdori va hosildorligi yuqori bo‘lgan moyli kungaboqarning yangi Mashxur navi yaratilib davlat nav sinoviga topshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kungaboqarning tezpishar, urug‘ida moy miqdori ko‘p kalta poyali nav namunalarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Seleksiya ucun tanlab olingan namunalar asosida moyli kungaboqarning tezpishar, urug‘ida moy miqdori ko‘p kalta poyali nav namunalarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar olib borilgan hamda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Baxtiyor Xayitov Bulung‘ur BXB” fermer xo‘jaligida 1,2 gektar, “Ibragimov Abdurashit dalasi” urug‘chilik fermer xo‘jaligida 1,4 gektar, “Xabiev Azamat dalasi” fermer xo‘jaligida 1,9 gektar, “Xabiev Shoxrux eri” fermer xo‘jaligida 1,7 gektar maydonga hamda Jomboy tumani “Shoxruxbek nurli dalasi” fermer xo‘jaligida 1,8 gektar, “Matluba bog‘i mevalari” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar, “Mardiev Dilshod Agrobiznes” fermer xo‘jaligida 1,4 gektar hamda “Ulug‘bek baraka erlari” fermer xo‘jaligida 1,4 gektar, jami 11,6 gertar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil, 11-noyabrdagi   05/05-04-756 sonli ma’lumotnomasi). Natijada moyli kungaboqar uchun xo‘jalik jihatdan ahamiyatli belgi hisoblangan urug‘dagi moy miqdori yuqori, kalta poyali vegitatsiya davri qisqa tezpishar, hosildor, urug‘ sifati yuqori bo‘lgan 6 dan ortiq boshlang‘ich manbalar aniqlangan va seleksiyada foydalanish maqsadida tanlab olingan. 
Moyli kungaboqar namunalari ustida ilmiy tadqiqotlar asosida moyli kungaboqarning “Mashxur” navi yaratilgan hamda Bulung‘ur tumanidagi “Ibragimov Abdurashit dalasi” (1,4 ga), “Baxtiyor Xayitov Bulung‘ur BXB” (1,2 ga), “Xabiev Azamat dalasi” (1,9 ga), “Xabiev Shoxrux eri” (1,7 ga) hamda Jomboy tumanidagi “Shoxruxbek nurli dalasi” (1,8 ga), “Matluba bog‘i mevalari” (0,8 ga), “Mardiev Dilshod Agrobiznes” (1,4 ga) va “Ulug‘bek baraka erlari” (1,2 ga) fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliy sinovlar o‘tkazilgan. Umumiy hisobda 11,4 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil, 11-noyabrdagi   05/05-04-756 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, yangi yaratilgan “Mashxur” navi andoza Jaxongir naviga nisbatan yuqori hosildorlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, Mazkur nav andoza sifatida olingan “Jaxongir” naviga nisbatan 4,4–5,4 s/ga yuqori hosil olingan.
Moyli kungaboqarning Samarqand viloyati sug‘oriladigan erlariga mos bo‘lgan “Mashxur” navi yaratilib Samarqand viloyati Bulung‘ur hamda Jomboy tumanida 11,4 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil, 11-noyabrdagi 05/05-04-756 sonli ma’lumotnomasi). Natijada moyli kungaboqarning “Mashxur” navida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha andoza naviga nisbatan 30,9 % yuqori rentabellikka ega bo‘lgani aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish