Matyakubova Gulnoza Arapbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.hirsutum L. turiga mansub nav va namunalar asosida suv tanqisligiga bardoshli seleksion ashyo yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1603
Ilmiy rahbar: Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar unversiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: O‘razov Baxriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Juraev Mamatqul Abduraxmanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi DNK-markerlar texnologiyasi hamda genetika, fiziologiyaning zamonaviy uslublarini amaliy seleksiya jarayonlarida qo‘llagan holda, tola sifati va chiqimi, hosildorligi yuqori, suv tanqisligiga bardoshli bo‘lgan G.hirsutum L. turiga mansub seleksion ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0:1:0 sug‘orish sxemasida G.hirsutum L. turiga mansub mahalliy va xorij seleksiyasiga mansub nav, namunalar va ularni duragaylash asosida olingan duragay o‘simliklarni morfo-biologik va xo‘jalikda qimmatli bo‘lgan belgilar bo‘yicha o‘zgaruvchanlik, irsiylanish, dominantlik kabi genetik qonuniyatlari aniqlangan;
mahalliy va xorij seleksiyasiga mansub g‘o‘za duragaylari dala sharoitida 0:1:0 suv rejimida sug‘orilib, suv tanqisligiga bardoshli bo‘lgan F4 Sulton x Saenr Pena-85, F4C-6580 x Acala-40 duragaylari tanlab olingan;
g‘o‘za namunalarida fiziologik-biokimyoviy jarayonlar ya’ni xlorofill, oqsil va yog‘ miqdorini aniqlash orqali yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan F4(Sulton x Acala-40; Sulton x Hapicala-19; C-6580 x Saenr Pena-85; C-6580 x Acala-40; C-6580x Hapicala-19; Nam-77 x Acala-40; Nam-77 x Catamarca 811) g‘o‘za namunalari ajratib olingan;
suv tanqisligiga bardoshlilik belgilariga birikkan DNK markerlar paneli tuzilgan va NAU, BNL, CGR, CIR, DPL, TMB kolleksiyasiga mansub eng ishonchli DNK markerlari tanlab olingan;
g‘o‘za genotiplari PZR tahlili asosida tolaning sifati bilan bog‘langan BNL-1604 va suv tanqisligiga bardoshlilikni belgilovchi NAU-8406 DNK markerlari yordamida genotiplangan va bordoshlilik allelari mavjud bo‘lgan F4Sulton x Saenr Pena-85, F4C-6580 x Acala-40, F4Sulton x Catamarca 811 duragay kombinatsiyalari tanlab olingan;
DNK markerlari asosida xo‘jalikda qimmatli bo‘lgan belgilarini nazorat qiluvchi allellari mavjud namunalarni tanlash natijasida suv tanqisligiga bardoshli bo‘lgan seleksion ashyo yaratilgan;
qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan O-12, O-24, O-29 (Sulton x Saenr Pena-85), O-45, O-52, O-58, O-64 (C-6580 x Acala-40) oilalari seleksion ashyolar sifatida amaliy seleksiyaga tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.hirsutum L. turiga mansub nav va namunalar asosida suv tanqisligiga bardoshli seleksion ashyo yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Juft duragaylash asosida, hosildor, tezpishar, tola uzunligi va chiqimi yuqori, suv tanqisligiga bardoshli bo‘lgan, DNK markerlar asosida tanlab olingan qimmatli xo‘jalik belgi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan O-12, O-24, O-29 (Sulton x Saenr Pena-85), O-45, O-52, O-58, O-64 (C-6580 x Acala-40) oilalari ajratib olingan va ushbu yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan seleksion ashyolar amaliy seleksiyada donor sifatida foydalanish uchun tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgust dagi 05/04-04-491-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezpisharligi 115-117 kun, tola uzunligi 33,5-35,0 mm, tola chiqimi 37,0-38,0%, solishtirma uzilish kuchi 27,5 g.kuch/teks, 1000 dona chigit vazni 112,0-114,0 gr, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,5-6,0 gr, hosildorligi 40,0 sentnerdan kam bo‘lmagan holda, tolasining sifati IV sanoat tipiga to‘liq javob beradigan suv tanqisligiga bardoshli donor yaratilgan.
Shuningdek, ushbu yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan oilalar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasida suv tanqisligi sharoitida 1,0 gektar maydonda ko‘paytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgust dagi 05/04-04-491-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishidagi fundamental va amaliy loyihalarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.
Tadqiqotlar natijasida (Sulton x Saenr Pena-85) duragay kombinatsiyasi asosida yaratilgan seleksion manba urug‘lik ashyolari (chigit) Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining G‘o‘za kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgust dagi 05/04-04-491-son ma’lumotnomasi). Natijada, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi G‘o‘za genofondi kolleksiyasi boyitilgan.