Mavlanov Javohir Sarvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlar uchun qattiq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli, ertapishar, don sifati yuqori navini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1253
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshieva Umida Shukurovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ziyodullaev Zohidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning lalmikor maydonlar uchun qattiq bug‘doyning qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamli, ertapishar, donning sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manba va yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor lalmikor maydonlar sharoitida qattiq bug‘doy 43-IDON ko‘chatzorining 96 ta nav namunalari qimmatli-xo‘jalik belgilari baholangan;
qattiq bug‘doyning 20 ta F1 va 13 ta F2 duragay avlodlarida qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini tahlil qilishi asosida ♀Leukurum-3 x ♂Omrabi5, ♀Yoqut-2014 x ♂Icajoudy1 duragay avlodlari tanlab olingan;
qattiq bug‘doy nav va tizmalarining o‘suv davri davomiyligini o‘rganish asosida ertapishar bo‘lgan GLDW-19-43, GLDW-19-24, GLDW-19-47 tizmalari tanlab olingan;
mahalliy va xalqaro markazlardan keltirilgan qattiq bug‘doy nav va tizmalarining qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamliligi laboratoriya va dala sharoitida baholanib, KRDW18-8, GLDW-19-24, GLDW-19-17, GLDW-19-36, GLDW-19-47, KRDW18-18 tizmalari tanlab olingan;
nav va tizmalarning biometrik, mahsuldorlik va texnologik don sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida GLDW-19-24 (Omrabi5) tizmasidan yakka tanlash usulida qattiq bug‘doyning yangi “Yonbosh-32”navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlar uchun qattiq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli, ertapishar, don sifati yuqori bo‘lgan navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
qattiq bug‘doyning qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamli, don sifati yuqori “Yonbosh-32” navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining T-6/02-09-173–son ma’lumotnomasi) hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligi maydonida 4,0 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 5-avgustdagi № 05/05-02-602-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq bug‘doyning “Yoqut-2014” naviga nisbatan gektaridan 2,6 sentnergacha yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash imkonini bergan;  
qattiq bug‘doyning “Yonbosh-32” navi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 6,0 gektar, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 10,0 gektar, maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 5-avgustdagi № 05/05-02-602-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq bug‘doyning “Yonbosh-32” navidan 13,9-14,2 s/ga don hosili olinib, andoza “Yoqut-2014” va “Mingchinor” navlariga nisbatan 2,6-3,4 s/ga yuqori bo‘lgan, rentabillik darajasi 32,3-34,9 foizni tashkil qilgan;
qattiq bug‘doyning “Yonbosh-32” navi O‘simliklar genetik rusurslari ilmiy-tadqiqot instituti kolleksiya genofondiga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 5-avgustdagi № 05/05-02-602-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyning kolleksiya genofondi mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, don sifati yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doyning yangi navi bilan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish