Karimov Nuriddin Payzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyni suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1243
Ilmiy rahbar: Quvvatov Dilshod Ashuralievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Suvanov Boymurod Uralovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Uzoqov G‘ulom Oqbo‘taevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy navlarini etishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish usulining maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning “Tanya”, “Asr”, “Yaksart” navlarini etishtirish uchun egatlab (nazorat) sug‘orish va yomg‘irlatib sug‘orish usulini qiyosiy o‘rganish asosida yomg‘irlatib sug‘orish usulida maqbul sug‘orish tartibi (sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65%) ishlab chiqilgan; 
kuzgi bug‘doy navlarini yomg‘irlatib sug‘orish usulida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘organda tuproqning 0-30, 0-40 va 0-40 sm hisobiy qatlamlarida amal davri oxirida hajm og‘irligi amal davri boshiga nisbatan 0,07, 0,06, 0,07 g/sm3 ga oshganligi, 6 soat davomidagi suv o‘tkazuvchanlik 198,1 m3/ga kamayganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy navlarining mavsumiy sug‘orish me’yori yomg‘irlatib sug‘orish usulida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% tartibda 1-3-2 tizimda sug‘orilganda 1774 m3/ga, egatlab (nazorat) sug‘orish usulida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% tartibda 1-2-1 tizimda sug‘orilganda 2390 m3/ga bo‘lganligi qayd etilib, yomg‘irlatib sug‘orish usulida egatlab (nazorat) sug‘orish usuliga nisbatan 616 m3/ga kam suv sarflanganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy navlari o‘sish-rivojlanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlaring sug‘orish usuli va tartibiga bog‘liq holda o‘zgarishi ilmiy asoslangan hamda yomg‘irlatib sug‘orish usulida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orilganda Yaksart navida eng yuqori hosildorlik (74,0 s/ga) va rentabellikka (60,5%) erishilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini etishtirishda suv tejamkor sug‘orish usuli va tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Kuzgi bug‘doyni suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi (Qashqadaryo viloyati misolida)” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilib, Qashqadaryo viloyatida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-02-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalar viloyatning g‘allachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jalik va klasterlarida qo‘llanma sifatida xizmat qilib, suv va mehnat resurslarini tejalishi, sarf-xarajatlar iqtisod qilinishi, mahsulot tannarxini pasayishi orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon bergan;
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni etishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish usulini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda qo‘llash texnologiyasi 2024 yilda viloyatning Mirishkor, Koson va Qamashi tumanlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-02-537-son ma’lumotnomasi). Mirishkor tumanidagi “Suyunbek ko‘zgusi” fermer xo‘jaligida 23 gektar, “SUN new eri” fermer xo‘jaligida 36 gektar, jami 59 gektar maydonda joriy etilgan. Natijada, an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan 6,3-8,8 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, gektaridan 16,9-17,5 mln. so‘m yalpi daromad va 5,9-6,5 mln so‘m shartli sof foyda olingan hamda 54,2-59,3% rentabellikka erishilgan;
kuzgi bug‘doyni sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda yomg‘irlatib sug‘orish usuli bilan etishtirish texnologiyasi 2024 yilda Koson tumanidagi “Zamin samo tongi” fermer xo‘jaligida 8 gektar, “Mangu guliston” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar, “Etti do‘st” fermer xo‘jaligida 6,5 gektar, jami 25,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-02-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan 6,5-8,3 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, gektaridan 16,9-17,4 mln. so‘m yalpi daromad va 5,8-6,2 mln so‘m shartli sof foyda olingan hamda rentabellik 52,4-55,4% gacha oshgan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish usulini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda qo‘llash texnologiyasi 2024 yilda Qamashi tumanidagi “Xurram momo nabirasi Botir” fermer xo‘jaligida 15,0 gektar, “Sohibjon ibn Fazliddin” fermer xo‘jaligida 19,0 gektar, “Yarmat Elmurodovich” fermer xo‘jaligida 20,0 gektar, “Turdimurod o‘g‘li Mirjalol” fermer xo‘jaligida 20,0 gektar, “Yigitali” fermer xo‘jaligida 23,0 gektar, jami 97,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-02-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan 7,8-11,2 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, gektaridan 17,3-18,1 mln. so‘m yalpi daromad va 5,9-7,1 mln so‘m shartli sof foyda olingan hamda 51,3-64,4% rentabellikka erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish