Amanjolova Zulfiya Mamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertagi ekinda qovunning (C.melo adans L.) nav va duragaylarini tanlash hamda etishtirishning texnologik elementlarini takomillashtirish (Nukus tumani misolida)”, 06.01.06 – sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1526
Ilmiy rahbar: Matiyakubov Xudoyar, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Dustmuratova Saodat Ismoilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amirov Xamidulla Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartishkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nukus tumanida ertagi ekinda qovun nav namunalarining agrobiologik xususiyatlarini o‘rganish, istiqbolli nav va duragaylarni tanlash hamda maqbul ko‘chat yoshi, ekish muddati va usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor ertagi ekinda qovunning 18 ta nav va duragaylaridan Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida etishtirishga mos, kichik meva vaznli (0,7-1,2 kg), eng erta tovarbop (18,8-24,4 t/ga) va yuqori hosildor (34,4-54,1 t/ga) “Roxat”, “Kolxoznisa”, “Kichkintoy” navlari va “Dakaro F1” duragayi tanlangan;
qovun nav va duragaylarini 25 kunlik ko‘chatidan ekilganda ularning o‘sib-rivojlanishi va hosildorligi yuqori (35,9 t/ga) bo‘lishi aniqlangan;
ertagi ekinda qovun nav va duragaylaridan eng erta tovarbop va yuqori hosildorlikni (41,1 t/ga) ta’minlovchi maqbul ekish muddati aprel oyining birinchi dekadasi ekanligi aniqlangan;
qovun nav va duragaylarini ertagi ekinda o‘sib-rivojlanishi va yuqori hosildorligiga (42,5 t/ga) ta’sir etgan ko‘chatlarni samarali ekish usuli (plyonka bilan mulchalash) ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nukus tumanida ertagi ekinda qovunning (C.melo adans L.) nav va duragaylarini tanlash hamda etishtirishning texnologik elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
“Ertagi ekinda qovunning (C.melo adans L.) nav va duragaylarini tanlash hamda etishtirishning texnologik elementlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 apreldagi 02/013-1283-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma qovun etishtiruvchi dehqon va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tanlab olingan qovunning serhosil “Kichkintoy”, “Roxat”, “Ertagi xandalak №24”, “Kolxoznisa” navlari va “Dakaro F1” duragayini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Dawlet shortanbayli” va “Iqlas orinbay” fermer xo‘jaligining 4,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 apreldagi 02/013-1283-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovunning “Gurbek mestniy” navidan – 28,3 t/ga, “Kichkintoy” navidan – 30,5 t/ga, “Roxat” navidan – 25,4 t/ga, “Ertagi xandalak №24” navidan – 14,3 t/ga, “Kolxoznisa” navidan – 29,5 t/ga hamda “Dakaro F1” duragayidan – 31,6 t/ga tovarbop hosil olingan, shuningdek, maydon birligidan mos ravishda – 56,5; 121,8; 126,8; 71,3; 118,0 hamda 157,8 mln. so‘m daromadga erishilgan;
ertagi ekinda qovun nav namunalarini 25 kunlik ko‘chatidan etishtirish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Nokis nurlı keleshek” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar, “Turan Fildes” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar hamda “Amiw jagisi” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar, jami 3 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 apreldagi 02/013-1283-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Gurbek mestniy” navidan – 32,2 t/ga, “Kichkintoy” navidan – 29,1 t/ga, “Roxat” navidan – 28,9 t/ga va “Dakaro F1” duragayidan – 38,5 t/ga tovarbop hosil hamda (mos ravishda) 64,4; 116,4; 144,5 hamda 192,5 mln. so‘m daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish