Zokirov Mirzraxim Abdualievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Ped2980
Ilmiy rahbar: Qambarova Dilorom Yusupovna  pedagogika fanlari  nomzodi, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.34.01 
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich psixologiya fanlari nomzodi, professor.
 Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini va pedagogik mexanizmlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimining shaxsiy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv komponentlarning rag‘batlantiruvchi, kommunikativ, translyasion, regulyativ funksiyalar bilan optimal identivligining korreksion-rivojlantiruvchi dinamikligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimining zamonaviy metodik imkoniyatlari diskursiv-stilistik, ritorik-pragmatik, etiket-nutqni verbal va noverbal vositalar va refleksiv komponentlar - subekt-subekt munosabatlar asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish modelinining amaliy komponenti “Perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi”, “Judge”, “Kelajakka nazar”, “Muammoli topshiriqlar”, “Karusel”ga modifikatsion tarzda loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasini perseptivlik asosida boyitish mantiqini belgilash asosida takomillashtirilgan;
perseptiv qobiliyatni rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minoti (reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni) o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshira olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan kvalimetrik parametrlarning prognostik (konstruktiv) xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimining shaxsiy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv komponentlarning rag‘batlantiruvchi, kommunikativ, translyasion, regulyativ funksiyalar bilan optimal identivligining korreksion-rivojlantiruvchi dinamikligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va mulohazalar “Umumiy pedagogika” (Pedagogik mahorat) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda tajriba sinov oybektlarida ommalashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning o‘quvchilarda ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimi uchun samarali metodik ta’minot yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy qilindi. 
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimining zamonaviy metodik imkoniyatlari diskursiv-stilistik, ritorik-pragmatik, etiket-nutqni verbal va noverbal vositalar va refleksiv komponentlar - subekt-subekt munosabatlar asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Umumiy psixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilaning perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimiga doir innnovatsion metodik ishlanmalar yaratishga xizmat qilgan.
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimi modelinining amaliy komponenti “Perseptiv qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi”, “Judge”, “Kelajakka nazar”, “Muammoli topshiriqlar”, “Karusel”ga modifikatsion tarzda loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasini perseptivlik asosida boyitish mantiqini belgilash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Umumiy psixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan perseptiv qobiliyatini rivojlantirish tizimining pedagogik imkoniyatlari keng miqyosida ommalashtirilgan.
perseptiv qobiliyatini rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minoti (reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni) o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshira olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan kvalimetrik parametrlarning prognostik (konstruktiv) xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida amalga oshirilgan “ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 2-iyundagi 213-son dalolatnomasi). Natijada, perseptiv qobiliyatini rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minoti keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish