Sharipova Lobar Olimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.Ped/9548
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Jamalovna, professor, pedagogika fanlari doktori; Ergashev Vahob Ergashevich p.f.f.d. (PhD), dotsent;.
Yetakchi  tashkilot:  Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish mazmuni hamda darajasi mavjud o‘quv-metodik ta’minotning tarkibiy-didaktik kamchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim traektoriyalari va adaptiv interfaol kontent imkoniyatlaridan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti raqamli didaktika tamoyillari transformatsiyasining mazmuniy-tarkibiy tuzilmasidagi eko-raqamli texnologiyalar integratsiyasini metodik algoritmlash orqali ilmiy asoslangan;
raqamli ta’lim muhitida “Atrof-muhit kimyosi” elektron darslik ta’minoti fanlararo sinergetik integratsiya va STEAM yondashuviga asoslangan talabalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi adaptiv raqamli topshiriqlarning didaktik ekotizimini yaratish hamda kimyoviy-ekologik jarayonlarni modellashtirish, virtual simulatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’lim olish traektoriyasini qo‘llab-quvvatlovchi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik arxitekturasi intellektual bilimlar bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan interaktiv raqamli topshiriqlar matrisasi, case-study va bulutli texnologiyalar asosida loyihalash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish mazmuni hamda darajasi mavjud o‘quv-metodik ta’minotning tarkibiy-didaktik kamchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim traektoriyalari va adaptiv interfaol kontent imkoniyatlaridan foydalanish asosida aniqlashtirilgan takliflar asosida “Ximiya okrujayushey sredi” nomli elektron darslik tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrugʻi, 429-423-raqamli nashr guvohnomasi) hamda “Ximicheskaya kinetika i kataliz” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrugʻi) Natijada, mazkur elektron darslik mazmuni muayyan darajada boyitilishiga hamda talabalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti raqamli didaktika tamoyillari transformatsiyasining mazmuniy-tarkibiy tuzilmasidagi eko-raqamli texnologiyalar integratsiyasini metodik algoritmlash orqali ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar asosida o‘quv jarayoni mazmuni rivojlantirilgan. Mazkur ta’minot asosida kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’lim olish faoliyatlarida maqsadli foydalanilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU 18840). Natijada, ta’lim jarayoni mazmuni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali virtual haqiqat qonunlari asosida talabalarda ekologik madaniyat, intellektual ko‘nikma va fikrlash uslubini rivojlantirishning metodik ta’minoti, o‘quv mashgʻulotlarini tashkil etish tajribasi ommalashtirilishiga erishilgan;
raqamli ta’lim muhitida “Atrof-muhit kimyosi” elektron darslik ta’minoti fanlararo sinergetik integratsiya va STEAM yondashuviga asoslangan talabalarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi adaptiv raqamli topshiriqlarning didaktik ekotizimini yaratish hamda kimyoviy-ekologik jarayonlarni modellashtirish, virtual simulatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan tavsiyalardan “Atrof-muhit kimyosi” innovatsion dasturiy ta’lim vositasi asosida ishlab chiqilgan raqamli topshiriqlar va amaliy mashgʻulotlar tizimi o‘quv jarayoniga joriy qilingan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02/01-01-96-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ekologik madaniyati va intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’lim olish traektoriyasini qo‘llab-quvvatlovchi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik arxitekturasi intellektual bilimlar bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan interaktiv raqamli topshiriqlar matrisasi, case-study va bulutli texnologiyalar asosida loyihalash orqali takomillashtirilgan tavsiyalar “Atrof-muhit kimyosi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02/01-01-96-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida kommunikativ, motivatsion, informatsion, kognitiv, o‘z-o‘zini rivojlantirish, taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillarini uygʻunlashtirgan holda amalga oshirish imkoniyati yaratilgan va “Atrof-muhit kimyosi” fanini o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish