Kurbonova Zilola Ismoil qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped 5352
Ilmiy rahbar: Jumaeva Mohigul Abduvohidovna, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Turdieva Mohira Jo‘raqulovna, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik – psixologik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarning jismoniy (harakat koordinatsiyasi, mustaqillik, fiziologik o‘sish), aqliy (tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur, san’atga qiziqish), ijtimoiy-emotsional (muloqot, emotsiyalar, odob-axloq), bilish qobiliyatlari (sanash va hisoblash, harflar va tovushlarni bilish, ranglarni va shakllarni farqlash) kabi xususiyatlari baholovchi shaxsiy rivojlanish traektoriyasini belgilash asosida aniqlashtirilgan.
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mexanizmi tarbiyachi va tengdoshlar bilan hamkorlik, muloqot va oʻrganishda bolaning “yaqin rivojlanish zonasini”ni aniqlashga yo‘naltirilgan (kognitiv, ijtimoiy-emotsional va jismoniy rivojlanishi, oʻqishga boʻlgan tayyorgarligini oshirishi va maktab muhitiga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berish) oʻquv-tarbiya jarayonining mazmuni pedagogik, psixologik va didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish orqali ilmiy asoslangan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir tarbiyalanuvchining rivojlanganlik darajasi fizik (bo‘y o‘sishi, jismoniy kuch va chidamlilik), kognitiv (aqliy qobiliyatlar, bilim olish, muammo echish, tafakkur qilish qobiliyati), ijtimoiy-emotsional (munosabatlarni qurish, muloqot qilish, emotsiyalarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash) kabi sohalarini diagnostik tahlil qilishga yo‘naltirilgan mezonlar asosida takomillashtirilgan.
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni har bir tarbiyalanuvchining (genetik omillar, muhit ta’siri, tarbiya, salomatlik) individual rivojlanish sur’ati va qobiliyatlarini hisobga olgan holda “Mening ehtiyojlarim, emotsiyalarim, niyatlarim” usulidan foydalanishga yo‘naltirilgan refleksiv yondashuvli platformadan foydalanishga oid metodik tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik – psixologik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarning jismoniy (harakat koordinatsiyasi, mustaqillik, fiziologik o‘sish), aqliy (tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur, san’atga qiziqish), ijtimoiy-emotsional (muloqot, emotsiyalar, odob-axloq), bilish qobiliyatlari (sanash va hisoblash, harflar va tovushlarni bilish, ranglarni va shakllarni farqlash) kabi xususiyatlari baholovchi shaxsiy rivojlanish traektoriyasini belgilash asosida aniqlashtirilgan xulosa va takliflardan “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” darsligi mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-335-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, 5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mazmunini muayyan darajada boyitilishiga erishilgan;
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mexanizmi tarbiyachi va tengdoshlar bilan hamkorlik, muloqot va oʻrganishda bolaning “yaqin rivojlanish zonasini”ni aniqlashga yo‘naltirilgan (kognitiv, ijtimoiy-emotsional va jismoniy rivojlanishi, oʻqishga boʻlgan tayyorgarligini oshirishi va maktab muhitiga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berish) oʻquv-tarbiya jarayonining mazmuni pedagogik, psixologik va didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish orqali ilmiy asoslangan takliflar dan PZ-2014-0906083753 – “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifat va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 18-iyundagi 01/09-09/307-son ma’lumotnomasi) Natijada, 5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiya etilgan loyihalar orqali tarbiyachilarning kasbiy mahoratini muayyan oshirishga erishilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir tarbiyalanuvchining rivojlanganlik darajasi fizik (bo‘y o‘sishi, jismoniy kuch va chidamlilik), kognitiv (aqliy qobiliyatlar, bilim olish, muammo echish, tafakkur qilish qobiliyati), ijtimoiy-emotsional (munosabatlarni qurish, muloqot qilish, emotsiyalarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash) kabi sohalarini diagnostik tahlil qilishga yo‘naltirilgan mezonlar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan 60110200-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” darsligi mazmunini nazariy va amaliy jihatdan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-335-son ma’lumotnomasiga muvofiq). ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-335-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, 5–7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash mexanizmlarini yanada samarali tashkil etish, ta’lim va tarbiya jarayonida innovatsion hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, tarbiyachilarning media va kasbiy kompetentligini oshirishga erishilgan;
5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni har bir tarbiyalanuvchining (genetik omillar, muhit ta’siri, tarbiya, salomatlik) individual rivojlanish sur’ati va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmuni va uslubini avtomatik moslashtirishga yo‘naltirilgan refleksiv yondashuvli platformadan foydalanishga oid ishlab chiqilgan takliflardan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda samarali foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 26-iyundagi 01-11-05/4075-son ma’lumotnomasi) Natijada, takomillashtirilgan mexanizmlarning samaradorligini empirik o‘lchash usullari (masalan, eksperimental va nazorat guruhlari natijalarini taqqoslash) tadqiqot metodologiyasini rivojlantirishda muayyan darajada xizmat qilishiga erishilgan.