Xaydarova Lobar Xalimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikning integrsiyalashgan tizimini takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.A.PhD/Ped.2820
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Taylanova Shohida  Zaynievna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda axloqiy va estetik kompetenlikning integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikning integratsiyalashgan tizimi “axloqiy-estetik bilim”, axloqiy-estetik his-tuyg‘u”,“axloqiy-estetik xulq-atvor” tushunchalarining pedagogik mohiyati shaxs ehtiyojlari ierarxiyasining tarixiylik, vorisiylik yondashuviga ko‘ra (shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy uyg‘unlik, madaniy boylik) “subekt-ehtiyoj”, “ehtiyoj-subekt” dualligiga muvofiq ilmiy asoslangan;
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni daxldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi determinantlari noprofessional, statistik, dinamik ko‘rinishga ega motivlashtirish jarayonlarining ichki va tashqi rag‘bat bilan reallashuv imkoniyatlarini o‘zini-o‘zi rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning axloqiy va estetik kompetentlik darajasi mezonlari yoshlarning axloqiy va estetik kompetentligini raqamli texnologiyalar orqali oshirishga qaratilgan “Oltin qoidalar sandig‘i" ijodiy loyihasini qo‘llash orqali  foydalanuvchilarga axloqiy dilemmalarni hal qilish darajasini (diniy axloq, dunyoviy axloq, professional axloq) baholashga oid normalar takomillashtirilgan;
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikni rivojlantirish modeli amaliy komponenti milliy axloqiy-madaniy qadriyatlar (etnik qadriyatlar, inson ideali va munosib hayot haqidagi g‘oyalar)ning axloqiy munosabatlarni rivojlantirishdagi roli hamda komponentlarini integratsiyalash asosida “Virtual va haqiqiy olamda axloqiy-estetik integratsiya” nomli maxsus o‘quv kursi dasturini ishlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda axloqiy va estetik kompetenlikning integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikning integratsiyalashgan tizimi “axloqiy-estetik bilim”, axloqiy-estetik his-tuyg‘u”,“axloqiy-estetik xulq-atvor” tushunchalarining pedagogik mohiyati shaxs ehtiyojlari ierarxiyasining tarixiylik, vorisiylik yondashuviga ko‘ra (shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy uyg‘unlik, madaniy boylik) “subekt – ehtiyoj”, “ehtiyoj – subekt” dualligiga muvofiq ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida FZ-2016-0909111822 "Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari" (2017-2020-yy) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 18-iyundagi 01/09/305-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihada Sharq mutafakkirlari merosi vositasida talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikni integratsiyalash imkoniyatlarining ilmiy nazariy asoslarini o‘rganish imkoniyatini oshirishga erishilgan.
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni daxldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi determinantlari noprofessional, statistik, dinamik ko‘rinishga ega motivlashtirish jarayonlarining ichki va tashqi rag‘bat bilan reallashuv imkoniyatlarini o‘zini-o‘zi rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan ilmiy tavsiyalardan “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida” nomli loyihasi doirasida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 12-iyul 2-13-21-3818-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5040-son Qarori ijrosini ta’minlashga muayyan darajada erishilgan;
talabalarning axloqiy va estetik kompetentlik darajasi mezonlari yoshlarning axloqiy va estetik kompetentligini raqamli texnologiyalar orqali oshirishga qaratilgan “Oltin qoidalar sandig‘i" ijodiy loyihasini qo‘llash orqali  foydalanuvchilarga axloqiy dilemmalarni hal qilish darajasini (diniy axloq, dunyoviy axloq, professional axloq) baholashga oid takomillashtirilgan normalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida  “Yangi kuch”  ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 17-apreldagi 10/203-sonli dalolatnomasi). Natijada,  dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikning integratsiyalashgan tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan. 
talabalarda axloqiy va estetik kompetentlikni rivojlantirish modeli amaliy komponenti milliy axloqiy-madaniy qadriyatlar (etnik qadriyatlar, inson ideali va munosib hayot haqidagi g‘oyalar)ning axloqiy munosabatlarni rivojlantirishdagi roli hamda komponentlarini integratsiyalash asosida “Virtual va haqiqiy olamda axloqiy-estetik integratsiya” nomli maxsus o‘quv kursi dasturini ishlash orqali takomillashtirilgan loyiha asosida “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf darslarida IT texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 18-iyundagi 01/09/305-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarning axloqiy va estetik kompetentligini integratsiyalar orqali ulardagi ma’naviy immunitetni mustahkamlash jarayonini samaradorligi oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish