Xalilov Fayoz Vaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’limda intellektual tizim vositalaridan foydalanib talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped7291.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Ulug‘bek Muradilloevich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Eshimov Raxmon Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’limda intellektual tizim vositalaridan foydalanish asosida talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’limda talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda intellektual tizim vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari AI-based learning systems kontentida talabalar akademik faoliyatini diagnostik tashkil etishni qulaylashtiruvchi avtomatik tavsiyalarni individual moslashtirish asosida aniqlashtirildi; 
mustaqil ta’limni intellektual tizim vositalari asosida tashkil etishning raqamli-funksional modeli talabalar raqamli faolligini oshiruvchi MSI (mustaqil ta’limda sun’iy intellekt) platformasini ChatGPT, Gemini, DeepSeek kabi sun’iy intellekt tizimlariga API (Application Programming Interface - Ilova dasturlash interfeysi) orqali integratsiya qilish asosida takomillashtirildi;
mustaqil ta’limni intellektual tizim vositalari asosida tashkil etish texnologiyalari talabalarining axborot kontenti bilan ishlash motivatsiyasini oshiruvchi adaptiv o‘qitish tizimlarini intellektual repetitor xizmatlari modifikatsiyalari orqali optimallashtirish orqali takomillashtirildi; 
talabalarning kasbiy kompetentligini raqamli baholashga qaratilgan monitoring indikatorlari tarmoq protokol qaydlariga konstruktorlik topshiriqlarini moslashuvchan dizaynda integratsiya qilish asosida takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’limda intellektual tizim vositalaridan foydalanish asosida talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mustaqil ta’limda talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda intellektual tizim vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari AI-based learning systems kontentida talabalar akademik faoliyatini diagnostik tashkil etishni qulaylashtiruvchi avtomatik tavsiyalarni individual moslashtirishga oid takliflar “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan 
(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 258987-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalar mustaqil ta’limini raqamli muhitda tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirildi;
mustaqil ta’limni intellektual tizim vositalari asosida tashkil etishning raqamli-funksional modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan, talabalar raqamli faolligini oshiruvchi MSI (mustaqil ta’limda sun’iy intellekt) platformasini ChatGPT, Gemini, DeepSeek sun’iy intellekt tizimlariga API orqali integratsiya qilishga tavsiyalar Erasmus+ dasturining “Big Data Intelligent Analysis in Central Asia” loyihasi (2020–2022 yy.)ning metodik qismi mazmunini shakllantirishda qo‘llanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2025 yil 31-oktyabrdagi 
02/01-89/994-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli-funksional model va MSI platformasining ChatGPT, Gemini, DeepSeek tizimlari bilan API integratsiyasi talabalarning raqamli faolligi va mustaqil ta’lim sifatini oshirdi;
mustaqil ta’limni intellektual tizim vositalari asosida tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan, talabalar axborot kontenti bilan ishlash motivatsiyasini oshiruvchi adaptiv o‘qitish tizimlarini intellektual repetitor xizmatlari modifikatsiyalari asosida optimallashtirgan MSI (mustaqil ta’limda sun’iy intellekt) platformasi Buxoro davlat texnika universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti o‘quv jarayoniga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 
2025 yil 19-martdagi 02/01-01-99-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar mustaqil ta’lim jarayonidagi faolligini tizimli va yaxlit nazorat qilish imkoniyatlari Oliy ta’lim amaliyotiga joriy etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish