Asadullaeva Mastura Abduvahobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash metodikasi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2063
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Teshaboeva Feruza Rahimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilar ehtiyoj va imkoniyatlariga moslashtirilgan integrativ musiqiy to‘plamni faol muloqotga motivatsiyalovchi ritmik intervalda differensial qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning klaster modeli ijodiy-do‘stona muhitni barqarorlashtiruvchi adaptiv didaktik vositalarni ohang, diksiya, harakat ustida ishlash komponentlariga ko‘ra darajalash hamda jamoaviylik ta’sir kombinatsiyasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim va malakaviy amaliyotda talabalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalari tolerantlik va insonparvarlik munosabatlariga tayyorlovchi individual kasbiy rivojlanish xaritasi mezonlariga fiziologik tahlilga ko‘ra qo‘llaniluvchi mashqlar algoritmini personallashtirish talablarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
musiqa vositasida o‘quvchilarning akademik-ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlashning didaktik ta’minoti bolalar adabiyoti va musiqa ta’limi integratsiyasiga asoslangan musiqali inklyuziv repertuarni emotsional idrok va intellektual mazmunga to‘g‘ri proporsional ekanligini ko‘rsatib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashni tadqiq qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilar ehtiyoj va imkoniyatlariga moslashtirilgan integrativ musiqiy to‘plamni faol muloqotga motivatsiyalovchi ritmik intervalda differensial qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar “Inklyuziv sinflarda musiqa o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 68-654–raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashga o‘rgatishning didaktik ta’minotiga erishilgan;
ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning klaster modeli ijodiy-do‘stona muhitni barqarorlashtiruvchi adaptiv didaktik vositalarni ohang, diksiya, harakat ustida ishlash komponentlariga ko‘ra darajalash hamda jamoaviylik ta’sir kombinatsiyasida qo‘llashga doir tavsiyalar “Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 537298–raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni inklyuziv ta’lim sharoitida amaliy ko‘nikma va kasbiy tayyorgarligini kuchaytirilgan;
mustaqil ta’lim va malakaviy amaliyotda talabalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalari tolerantlik va insonparvarlik munosabatlariga tayyorlovchi individual kasbiy rivojlanish xaritasi mezonlariga fiziologik tahlilga ko‘ra qo‘llaniluvchi mashqlar algoritmini personallashtirish talablarini kiritishga oid takliflar “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Agar” ko‘rsatuvi ssenariysi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-20/847–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning o‘quvchilarda o‘qish motivatsiyasini shakllantirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlardan foydalanishda musiqiy ta’sirdan foydalanish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan.