Nurmatova Shaxnozaxon Shavkatbek qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini baholash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10911
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qoraev Samaridin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Masharipova Umida Abduvohidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholash metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholashning nazariy jihatlari kompetensiyaviy yondashuv, nutqiy faoliyatning lingvodidaktik mezonlari hamda pedagogik diagnostika tamoyillarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchining tinglab tushunish, og‘zaki bayon qilish, o‘qib anglash va yozma ifoda qilish kabi kommunikativ kompetensiyalarini bosqichma-bosqich aniqlash, monitoring qilish va mezonli baholashga xizmat qiluvchi yaxlit baholash modeli asosida aniqlashtirilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholashning ilmiy-metodik modeli nutq faoliyati turlariga doir aniq ko‘rsatkichlar, darajalashtirilgan topshiriqlar, natijani qayd etishning reyting jadvali va refleksiv tahlil usullarini yagona tizimga keltirish hamda baholash natijalariga tayangan holda ta’lim mazmunini korrigirlash yo‘llarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ona tilidan nutqiy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan topshiriqlar spesifikatsiyasi nutq faoliyati turlari bo‘yicha o‘lchanadigan indikatorlar, topshiriqlarning kognitiv murakkablik darajalari, bajarilishni tavsiflovchi aniq deskriptorlar, ballarni taqsimlash tartibi va natijalarni talqin etish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, shuningdek ekspertiza hamda sinov natijalari asosida mazmunan takomillashtirish orqali tuzilgan;
ona tili ta’limida nutqiy kompetensiyalarni baholashda foydalaniladigan topshiriqlarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar amaliyotda olingan sinov natijalari, o‘qituvchilar faoliyatida qo‘llanilayotgan baholash tajribasining qiyosiy tahlili, topshiriqlarning mazmun va shakl jihatidan sifatini belgilaydigan ekspert xulosalari, shuningdek ishonchlilik va farqlovchanlik ko‘rsatkichlarini qamrab olgan statistik tahlil ma’lumotlarini umumlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
kompetensiyaviy yondashuv, nutqiy faoliyatning lingvodidaktik mezonlari hamda pedagogik diagnostika tamoyillarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchining tinglab tushunish, og‘zaki bayon qilish, o‘qib anglash va yozma ifoda qilish kabi kommunikativ kompetensiyalarini bosqichma-bosqich aniqlash, monitoring qilish va mezonli baholashga xizmat qiluvchi yaxlit baholash modeli asosida yoritilgan ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholashning nazariy jihatlari, nutq faoliyati turlariga doir aniq ko‘rsatkichlar, darajalashtirilgan topshiriqlar, natijani qayd etishning reyting jadvali va refleksiv tahlil usullarini yagona tizimga keltirish hamda baholash natijalariga tayangan holda ta’lim mazmunini korrigirlash yo‘llarini belgilash orqali takomillashtirilgan ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholashning ilmiy-metodik modeliga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 04/11-15582 sonli ma’lumotnoma). Natijada, berilgan metodik taklif va tavsiyalar ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, baholashning zamonaviy mezon va mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks metodikani qo‘llash imkonini yaratdi.
nutq faoliyati turlari bo‘yicha o‘lchanadigan indikatorlar, topshiriqlarning kognitiv murakkablik darajalari, bajarilishni tavsiflovchi aniq deskriptorlar, ballarni taqsimlash tartibi va natijalarni talqin etish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, shuningdek ekspertiza hamda sinov natijalari asosida mazmunan takomillashtirish orqali tuzilgan o‘quvchilarning ona tilidan nutqiy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan topshiriqlar spesifikatsiyasiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi „O‘zbekiston“ teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariysini tayyorlashda (2024-2025 yillar davomida) foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-apreldagi 05-09-496-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan metodika ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini baholash metodikasini shakllantirishga yordam beradi;
amaliyotda olingan sinov natijalari, o‘qituvchilar faoliyatida qo‘llanilayotgan baholash tajribasining qiyosiy tahlili, topshiriqlarning mazmun va shakl jihatidan sifatini belgilaydigan ekspert xulosalari, shuningdek ishonchlilik va farqlovchanlik ko‘rsatkichlarini qamrab olgan statistik tahlil ma’lumotlarini umumlashtirish asosida ishlab chiqilgan ona tili ta’limida nutqiy kompetensiyalarni baholashda foydalaniladigan topshiriqlarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resbuplikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida 391190-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ushbu mobil ilova maktab o‘quvchilarini ona tili fanidan nutqiy kompetensiyasini shakllantirishga va baholashga xizmat qilgan.