Rasulova Gulbaxor Kerimbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped763 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02
Rasmiy opponentlar: Matchanov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boboxonov Mavlon Raxmatillaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘raboeva Muqaddas Yoqubjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish, hamda ularning samaradorligini ta’minlovchi topshiriqlar darajasi va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarining nazariy-metodologik asoslarining didaktik mohiyati kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan hamda refleksiv-kreativ yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, badiiy matnni idrok etish, tahlil qilish, talqin etish va mustaqil fikrni asoslab ifodalashga xizmat qiladigan o‘quv-amaliy harakatlar tizimini bosqichli loyihalash orqali ochib berilgan;
o‘quv topshiriqlari tizimining konseptual asoslari didaktik maqsadlarning ierarxik tuzilishi, o‘quvchilarning yosh va individual-kognitiv xususiyatlari, o‘zlashtirishning reproduktiv–produktive–kreativ bosqichlari, fan mazmunini kompetensiyaviy integratsiyalash talablari hamda natijalarni mezonli baholash indikatorlarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda, topshiriqlarni tanlash, ketma-ketlikda joylashtirish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaxlit modelga keltirish asosida ishlab chiqilgan;
adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarini yaratish va qo‘llash metodikasi badiiy matn tahlilining bosqichli texnologiyasi, o‘quvchining interpretativ faoliyatini faollashtiruvchi interfaol usullar, differensial topshiriqlarni loyihalash mezonlari, refleksiv baholash mexanizmlari hamda amaliy tajriba-sinov natijalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
rragmatik yondashuv asosida o‘quv topshiriqlari tizimiga tayangan adabiy ta’lim modeli badiiy matnni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati, tahlil–talqin–munosabat bildirishning amaliy ketma-ketligi, natijadorlikni ifodalovchi aniq indikatorlar hamda tajriba-sinov jarayonida tasdiqlangan metodik echimlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
o‘quv topshiriqlari tizimining samaradorligini aniqlovchi baholash mezonlariga asoslangan taklif va tavsiyalar tizimi o‘quv natijalarining sifat ko‘rsatkichlarini kompleks diagnostika qilish, mezon va deskriptorlarni amaliy jarayonga moslashtirish, monitoring natijalarini qiyosiy-statistik tahlil etish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha korreksion metodik choralarni belgilash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Adabiyot” o‘quv fanidan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning ilmiy-metodik asosini takomillashtirish doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan hamda refleksiv-kreativ yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, badiiy matnni idrok etish, tahlil qilish, talqin etish va mustaqil fikrni asoslab ifodalashga xizmat qiladigan o‘quv-amaliy harakatlar tizimini bosqichli loyihalash orqali ochib berilgan adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarining nazariy-metodologik asoslarining didaktik mohiyatiga oid xulosalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–7–8-sinflari uchun “Adabiyot” darsliklariga ilova sifatida “Ish daftari” ishlab chiqida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 10-oktyabrdagi 01/11-1-801-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ish daftari”ning o‘quv topshiriqlar qismi pragmatik va kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilib, u o‘quvchilarda badiiy matnni chuqur anglash, refleksiv tahlil, mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali amaliy-metodik vosita sifatida adabiyot ta’limi jarayoniga tatbiq etilgan;
didaktik maqsadlarning ierarxik tuzilishi, o‘quvchilarning yosh va individual-kognitiv xususiyatlari, o‘zlashtirishning reproduktiv–produktive–kreativ bosqichlari, fan mazmunini kompetensiyaviy integratsiyalash talablari hamda natijalarni mezonli baholash indikatorlarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda, topshiriqlarni tanlash, ketma-ketlikda joylashtirish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaxlit modelga keltirish asosida ishlab chiqilgan o‘quv topshiriqlari tizimining konseptual asoslariga doir ilmiy tavsiflaridan “Adabiyot” darsliklari uchun “Ish daftari” qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-avgustdagi 04/1-2131-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165-sonli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida o‘quv topshiriqlari qismini ishlab chiqish jarayonida mazkur ilmiy-metodik yondashuv amaliyotga tatbiq etilib, u o‘quvchilarda badiiy matnni chuqur anglash, nutqiy faoliyatni rivojlantirish, refleksiv va ijodiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodik asos sifatida joriy etildi;
badiiy matn tahlilining bosqichli texnologiyasi, o‘quvchining interpretativ faoliyatini faollashtiruvchi interfaol usullar, differensial topshiriqlarni loyihalash mezonlari, refleksiv baholash mexanizmlari hamda amaliy tajriba-sinov natijalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarini yaratish va qo‘llash metodikasiga doir ilmiy xulosalardan “Adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligini yaratishda amaliy asos sifatida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2025-yil 18-avgustdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, PF–6084-sonli Prezident farmoni doirasida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtiruvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kompetensiyaviy yondashuvni mustahkamlovchi innovatsion metodik tizim ishlab chiqildi.
badiiy matnni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati, tahlil–talqin–munosabat bildirishning amaliy ketma-ketligi, natijadorlikni ifodalovchi aniq indikatorlar hamda tajriba-sinov jarayonida tasdiqlangan metodik echimlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan rragmatik yondashuv asosida o‘quv topshiriqlari tizimiga tayangan adabiy ta’lim modeliga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bagarilgan AM-FZ-201908172-sonli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasining o‘quv topshiriqlari qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-avgustdagi 04/1-2132-son ma’lumotnomasi). Natijada, pragmatik mazmundagi o‘quv topshiriqlari tizimiga tayangan adabiy ta’lim modeli ishlab chiqilib, matnni qayta tiklash, janrlararo tahlil, badiiy ifoda vositalarini aniqlash va ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirilgan didaktik bloklar tizimi yaratilgan;
tizimi o‘quv natijalarining sifat ko‘rsatkichlarini kompleks diagnostika qilish, mezon va deskriptorlarni amaliy jarayonga moslashtirish, monitoring natijalarini qiyosiy-statistik tahlil etish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha korreksion metodik choralarni belgilash asosida ishlab chiqilgan o‘quv topshiriqlari tizimining samaradorligini aniqlovchi baholash mezonlariga asoslangan taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli ““Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan. (2025-yil 12-dekabrdagi 04/1-6000 -son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda o‘qib tushunish, muammoli vaziyatga echim topish, esse yozish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish