Halimova Shahlo To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qush tili turkum dostonlarning qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10– Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3656.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Abdulxayrov Manzar Xusanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Nomazovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nuriddinov Shaxobiddin Babayarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:“Qush tili” turkumidagi dostonlarning qo‘lyozma va toshbosma manbalarini ilmiy-monografik jihatdan o‘rganish, genezisi va tadrijini tahlilga tortish, shuningdek, qiyosiy-matniy tadqiqini amalga oshirish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qush tili” turkum dostonlarining genezisi muqaddas diniy kitoblar va xalq og‘zaki ijodi negizida shakllanganligi, qushnomalarning qo‘lyozma va toshbosma manbalari monografik jihatdan tekshirilib, tayanch manbalari aniqlangan;
“Lison ut-tayr”ning so‘nggi 2013-yil nashridagi nuqsonlar qo‘lyozma va ilmiy-tanqidiy matn asosida ilk bora isbotlangan va Rizoiyning “Qush tili” dostonidagi qariyb 76 misra nashrda yo‘qligi aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgan;
“Qush tili” turkum dostonlarining qiyosiy-matniy tadqiqi amalga oshirilib, matnlardagi tafovutlar, matniy xato va nuqsonlar bartaraf etilgan va asliyatga muvofiq matnlari tiklangan;
qushnomalardagi tasavvufiy obrazlar poetikasini o‘rganishning metodologik asoslari sifatida islomiy va tasavvufiy manbalar muhim o‘rin tutishi asoslangan va “Qush tili” turkum dostonlari yaxlit tizim sifatida olinib, obrazlar tadriji va matn poetikasi ilmiy-nazariy aspektda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qush tili” turkumidagi dostonlarning qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Qush tili” turkum dostonlarining genezisi muqaddas diniy kitoblar va xalq og‘zaki ijodi negizida shakllanganligi, qushnomalarning qo‘lyozma va toshbosma manbalari monografik jihatdan tekshirilib, tayanch manbalari aniqlangani, o‘zbek mumtoz adabiyotini, jumladan, “Qush tili” turkumidagi dostonlarda uchraydigan irfoniy timsollarning asl ma’nosini ochish, tasavvufiy timsollar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 01/4-4765-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qush tili” turkum dostonlarining qiyosiy-matniy tahlili adabiyotda bo‘lib, tasavvufiy timsollarni badiiy mantiq asosida yoritish, timsollarni tahlilga olib kirish va asl mazmun-mohiyatini ishonchli manbalar yordamida yoritish kabi vazifalarni bajarishiga doir xulosalar elektron platforma materiallarining ilmiy-nazariy jihatdan xilma-xilligini ta’minlagan;
“Lison ut-tayr”ning so‘nggi 2013-yil nashridagi nuqsonlar qo‘lyozma va ilmiy-tanqidiy matn asosida ilk bora isbotlangan va Rizoiyning “Qush tili” dostonidagi qariyb 76 misra nashrda yo‘qligi aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgani, “Qush tili” turkumidagi dostonlarning qiyosiy-matniy va badiiy xususiyatlarini yoritishda ijodkor shaxs ichki dunyosi va falsafiy qarashlarini ochib berish, ijodiy izlanish jarayonini butun murakkabligi bilan tasvirlash, hayotiy va ijtimoiy jarayonlar aksini shaxs xarakteri orqali ko‘rsatish, ya’ni qahramon tabiatining o‘zgarishini ta’minlash singari estetik funksiyalarga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 04/4-5573-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qush tili” turkumidagi dostonlarda o‘ziga xos tarzda tarixiy shaxs va obrazlarning tasvirlanishiga doir ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.
“Qush tili” turkum dostonlarining qiyosiy-matniy tadqiqi amalga oshirilib, matnlardagi tafovutlar, matniy xato va nuqsonlar bartaraf etilgan va asliyatga muvofiq matnlari tiklanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 01/4-4765-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha dostonlarning mavjud nashrlaridagi matniy xato va nuqsonlar bartaraf etilgani va matnlarning asliyatga muvofiq matnlari tiklanganiga oid materiallar bilan boyitilgan;
qushnomalardagi tasavvufiy obrazlar poetikasini o‘rganishning metodologik asoslari sifatida islomiy va tasavvufiy manbalar muhim o‘rin tutishi asoslangan va “Qush tili” turkum dostonlari yaxlit tizim sifatida olinib, obrazlar tadriji va matn poetikasi ilmiy-nazariy aspektda dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 04/4-5573-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning qushnomalardagi tasavvufiy obrazlar poetikasini o‘rganishning metodologik asoslari sifatida islomiy va tasavvufiy manbalar muhim o‘rin tutishi tadqiqiga oid ilmiy-nazariy materiallar bilan ilmiy saviyasi oshgan.