Joldasbaev Paraxat Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped1526
Ilmiy rahbar: Pazilov Arzi Kenjebaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Tilegenov Asqarbay To‘legenovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiviy fikrlarini tadqiq etish, pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, tarbiya jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlari, hamda milliy tarbiya jarayoniga tadbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini yoritish orqali olimning kadrlar tayyorlash tizimiga qo‘shgan saxovatlilik, oriflik, halimlik, ma’rifatparvarlik, muruvvatlilik kabi fazilatlari olam va insoniyatni yaxlitlikda anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan ― pansofiylik (donolik, oqillik) g‘oyasi bilan uyg‘un tarzda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
Akademik Jumanazar Bazarbaevning ilmiy asarlarining yo‘nalishlarini talqin qilish orqali uning milliy pedagogikaning nazariy masalalari echimini rivojlantirishga doir ma’naviy, axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, ta’limiy, siyosiy, diniy, mehnat, ilmiy, etnopedagogik tarbiya turlari tarbiya qonuniyatlari va tamoiyllari asosida ifodalanib, tasavvurni boyitish, irodani chiniqtirish, aqlni charxlash, muloqotmandlikni tarbiyalash kabi usullar evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy didaktik, kognitiv texnologiyalari sifatida asoslangan;
Akademik Jumanazar Bazarbaev asarlaridagi didaktik qarashlari bilimdonlik va zakiylikning mohiyatini ochib berishga qaratilgani, olimning ilm-fan va bilimdonlikning axloqiy meyorlari, ilm-fan va odob dialektikasi, ilm egallash va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish konsepsiyasi hamda maorif tizimini (maktab, kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi maorif tizimi) takomillashtirishga oid qarashlari, sub’ektivlik, demokratiklik, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, yaxlitlik tamoyillari, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va ijtimoiy ongni rivojlantirishga doir tarbiya tamoyillari va mezonlari sifatida takomillashtirilgan;
Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik qarashlaridan fikrlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishga doir taklif va tavsiyalar asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy va bilish, axloqiy, fuqarolik, estetik, vatanparvarlik, kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeli asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy fikrlari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini yoritish orqali olimning kadrlar tayyorlash tizimiga qo‘shgan saxovatlilik, oriflik, halimlik, ma’rifatparvarlik, muruvvatlilik kabi fazilatlari, olam va insoniyatni yaxlitlikda anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan ― pansofiylik (donolik, oqillik) g‘oyasi haqidagi takliflari “Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik xizmati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari” nomli o‘quv qo‘llanmamizda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0813-raqamli guvohnomasi) foydalanilgan. Natijada, akademik Jumanazar Bazarbaevning tarbiyaviy va didaktik qarashlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Akademik Jumanazar Bazarbaevning ilmiy asarlarining yo‘nalishlarini talqin qilish orqali uning milliy pedagogikaning nazariy masalalari echimini rivojlantirishga doir ma’naviy, axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, ta’limiy, siyosiy, diniy, mehnat, ilmiy, etnopedagogik tarbiya turlari tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari asosida ifodalanib, tasavvurni boyitish, irodani chiniqtirish, aqlni charxlash, muloqotmandlikni tarbiyalash kabi usullar, evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy didaktik kognitiv texnologiyalariga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” (Pedagogikalıq izertlewlerdi modellesteriw)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2025 yil 9 iyuldagi 258-son buyrug‘i, 676402- raqamli guvohnomasi). Natijada, Jumanazar Bazarbaevning ta’lim-tarbiyaviy g‘oyalarini turkumlashtirishga xizmat qilgan.
Akademik Jumanazar Bazarbaev asarlaridagi didaktik qarashlari bilimdonlik va zakiylikning mohiyatini ochib berishga qaratilgani, olimning ilm-fan va bilimdonlikning axloqiy meyorlari, ilm-fan va odob dialektikasi, ilm egallash va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish konsepsiyasi hamda maorif tizimini (maktab, kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi maorif tizimi) takomillashtirishga oid qarashlari, sub’ektivlik, demokratiklik, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, yaxlitlik tamoyillari, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va ijtimoiy ongni rivojlantirishga doir tarbiya tamoyillari va mezonlari “Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik xizmati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0813- raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy, pedagogik kompetenligi tajribalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik qarashlaridan fikrlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishga doir taklif va tavsiyalar asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy va bilish kompetensiyalarni, axloqiy, fuqarolik, estetik, vatanparvarlik, kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeli asosida doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” (Pedagogikalıq izertlewlerdi modellesteriw)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2025 yil 9 iyuldagi 258-son buyrug‘i, 676402- raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy-axloqiy va bilish kompetensiyalarini rivojlanishiga xizmat qilgan.