Norova Nargiza Xalmamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (xususiy maktablar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8730
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilhom Begmatdo‘lobovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish darslarida so‘z boyligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xususiy maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy fanlarni integratsiyalab o‘tishni tashkillashtirishning metodik-didaktik xususiyatlarga asoslangan yaxlitlik tizimini barqarorlashtirish, bilimlarni jamlash asosida kengayishini ratsional fiklash, kognitiv mustahkamlik, tizimlashtirilgan kompetensiyalar, innovatsion bilimlarni paydo bo‘lishini qo‘llab quvvatlash singari determinantlari integrativ yondashuvning adoptatsiyasi empirick jihatdan aniqlashtirilib, nazariy izohlangan;
tabiiy fanlar komponentlarini birlashtirishning tizimlilik va izchilik tamoyilida innovatsion-metodik xususiyatlari integrativ yondashuv asosida olib borilgan darslarning xususiy maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning kognitiv va individual qobiliyatlari, ekologik savodxonligi, kompetensiyalari, intilishga bo‘lgan ehtiyojlari, mantiqiy o‘rganishi va baholashini pedagogik, psixik, diagnostik mexanizmi aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuvning effektivligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan modelni boshlang‘ich sinf tabiiy fanlarni boshqa o‘quv fanlari (o‘qish savodxonligi, tarbiya, ona tili, texnologiya, tasviriy san’at) bilan funksional integratsiyalashgan metodik tizim asosida o‘quv-tarbiya jarayonini produktogenligini amaliy tajribaga asoslangan holda takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tabiiy fanlarini o‘rganishda fanlararo integratsiyasining atributlariga muvofiq moslashuvchan o‘quv rejalar, ta’lim samaradorligini oshiruvchi innovatsion usullar va kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslangan mezonlar, muammoli vaziyatlarda ko‘maklashuvchi texnologik yondashuvlar, o‘quv qo‘llanmalar kabi bilim oluvchilarning intelektual qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan pedagogik va texnik imkoniyatlar majmuasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nodavlat umumta’lim matablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlar bilan o‘quv fanlar ortasida fanlararo aloqalarni optimallashtirish strukturasi, ta’limiy metodik xususiyatlari, o‘quvchilarning aqliy rivojlanish tendensiyalari va ijtmoiylashuv asosidagi innovatsion muvofiqlikni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan amaliyotda qo‘llashning samarali o‘quv dasturiva amaliy mshg‘ulot turlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huziridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 19-may 01/11-5-327-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari rivojlantirilgan;
nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning o‘ziga xos didaktik xususiyatlari, funksional strukturasi va komponentlari, ta’limiy-tarbiyaviy va psixologik jihatlari, o‘qitish shakli, metodasi va resurslari, integratsiyalashgan bilimlarning konseptual jihatlari o‘zaro muvofiqlashtirishga yo‘naltirilhan ta’lim faoliyatining modernizatsiyalashgan shakllari aniqlashtrilgan hamda amaliyotga qo‘llash mexanizmlarini rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar “Nodavlat umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish mexanizmi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i; 273-102-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fanlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lab o‘tish asosida yaxlit bilimlarni egallashlari va o‘zlashtirishlarini yaxshilashga erishilgan;
ta’limdagi innovatsion yondashuvlar, metodologiya va texnologiyalarni bilim oluvchilarning o‘quv faoliyati, yosh xususiyati, layoqati va qiziqishlarini identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan pedagogik nazariya, o‘quv fanlar integratsiyasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda ularning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi “Bastauish tәlіm pedagogikasi, innovatsiyasi jәne integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida keltirilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i; 884-357-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishda o‘quvchilarning bilimini oshirish samaradorligi, ekologik madaniyatning rivojlanganligi, texnologik va refleksiv baholash mezonlari asosida fanlararo integratsiyani yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi innovatsion loyhasini bajar ishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 27-iyun № 292 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishning modernizatsiyalashgan tizimi joriy etilgan.