Mamatova Feruza Maxammadovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlarida antropofenomenlarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil1066
Ilmiy maslahatchi: Agzamova Dildora Baxadirjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antropofenomenlarning ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlarida konseptual, kategoriyaviy, milliy-madaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma tahlil qilish hamda nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inson omili markaziy bo‘lgan “Labour/Mehnat” va “Responsibility/Mas’uliyat” antropofenomenlari kognitiv tilshunoslik tadqiqotlarida konsept va kategoriya sifatida tadqiq etilishi ilmiy va nazariy asoslangan;
“inson faoliyatlari” (Labour/Mehnat) va “axloqiy qadriyatlar” (Responsibility/ Mas’uliyat) antropofenomenlarining konseptuallashuvi, kategoriyalashuviga ko‘ra ularning statik yoki dinamik bo‘lishi, statik holatdan dinamik holatga va aksincha dinamik holatdan statik holatga o‘tishi hamda antopofenomenlar sun’iy lingvokognitiv kategoriyaning abstrakt kategoriyalar turiga tegishli ekanligi, tuzilishiga ko‘ra noaniq, ochiq, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik turiga ajratilishi, shuningdek, ingliz va o‘zbek olami manzaralarida antropofenomenlar kategoriyalarning prototipik nazariyasiga asosan bazaviy, superordinat, subordinat sarhadlarga bo‘linishi dalillangan;
antropofenomenlar til birliklari vositasida nafaqat olamning ilmiy, kasbiy va sodda manzaralarida balki olamning fenomenal manzarasida ham insonga xos hissiy va ruhiy tajribalarni o‘zida aks ettirishi asoslangan;
antropofenomenlar til vositasida bilimlarni qayta ishlash va fikrlash jarayonlarini o‘rganishiga ko‘ra lingvokognitiv hamda tilda aks etgan mentalitet, qadriyatlar va madaniy tasavvurlarni tadqiq etishiga ko‘ra lingvomental hodisa sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
inson his-tuyg‘ulari, kechinmalarini aks ettiruvchi til birliklari qatnashgan metaforalarning metafora-fenomen turi bo‘lishi, antropofenomenlarni lingvomadaniyatshunoslik nuqtai nazaridan konseptuallashuvi, kategoriyalashuvi metodologiyasi va uning tahlil bosqichlarini ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlarida antropofenomenlarni konseptualashtirish va kategoriyalashtirishning tadqiqiga doir ilmiy natijalar asosida:
antropofenomenlar fenomenlarning aynan inson omili markaziy hisobanlagan turi ekanligi va ular kognitiv tilshunoslik tadqiqotlarida kategoriya sifatida tadqiq etilishiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvida ma’lumot sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy Birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 24-sentyabrdagi 15-33/711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, antropofenomenlar insonning individual va kollektiv tajribasi, idrok jarayoni, hissiy holati, hamda madaniy ong bilan bog‘liq bo‘lgan konseptual tuzilmalar sifatida qaraladi. Bu tushunchalar til orqali ma’no yaratish, konseptual metafora, freym, ssenariy va boshqa kognitiv modellar yordamida tashkil etilishi haqidagi qarashlarni nazariy hamda amaliy tahlil qilishga yordam bergan;
antropofenomenlar olamning ilmiy, kasbiy hamda sodda manzarasi bilan birga olamning fenomenal manzarasi turlarida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy yangiliklar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan olingan va natijalaridan Samarqand davlat chet tillari institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasi loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 26-sentyabrdagi 2918/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi qiyosiy tahlillar asosida, antropofenomenlarning turli olam manzaralaridagi ifodalanish shakllari, ularning universal va milliy xususiyatlari, hamda lingvosemantik strukturasi aniqlanadi. Bu esa dissertatsiyada ilgari surilayotgan olamning fenomenal manzarasini alohida konseptual birlik sifatida asoslash imkonini bergan;
antropofenomenlar til birliklari ifodasida statik yoki dinamik bo‘lishi, statik holatdan dinamik holatga va dinamik holatdan statik holatga o‘tishi hamda antopofenomenlar sun’iy lingvokognitiv kategoriyaning abstrakt kategoriyalar turiga tegishli ekanligi, tuzilishiga ko‘ra noaniq, ochiq turiga hamda antropofenomenlar ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy madaniy kategoriyalarga ajratilishi hamda ingliz va o‘zbek olami manzaralarida antropofenomenlar kategoriyalarning prototipik nazariyasiga asosan bazaviy (asos), superordinat, subordinat sarhadlarga ajralishiga oid ilmiy natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 26-sentyabrdagi 2917/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy tilshunoslikda inson omiliga asoslangan yondashuvni chuqurlashtiradi va til–tafakkur–madaniyat integratsiyasini ilmiy asosda yoritish haqidagi qarashlarni nazariy hamda amaliy tahlil qilishga yordam bergan;
inson his-tuyg‘ulari, kechinmalarini aks ettiruvchi til birliklari qatnashgan metaforalarning metafora-fenomen turini ajratish mumkinligiga oid taqdim etilgan xulosalaridan Namangan davlat chet tillari institutida 2023/2024-yillarrda bajarilgan KA 107/2023-2024 raqamli Erasmus+mobility program loyihasi doirasida foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2025 yil 10-sentyabrdagi 2041-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metafora-fenomen bu konseptual metaforaning bir turi bo‘lib, unda mavhum hissiy va sezgi tajribalar, kechinmalar (g‘am-qayg‘u, shodlik, og‘riq, hayajon, uyat va hokazo) aniq jismoniy, sezgi yoki makoniy tasvirlar orqali ifodalanishi olib borilgan tadqiqotning natijalarida keltirilgan ma’lumotlar borasidagi bahs munozaralarga oydinlik kiritilgan;
antropofenomenlar til vositasida bilimlarni qayta ishlash va fikrlash jarayonlarini o‘rganishiga ko‘ra lingvokognitiv hamda tilda aks etgan mentalitet, qadriyatlar va madaniy tasavvurlarni tadqiq etishiga ko‘ra lingvomental bo‘lishiga doir xulosalaridan PRIM-01-6 – “Modernization of the Scientific Research Institute of Irrigation and Water Problems” xalqaro loyihasining 3.3 bandidagi “Performance indicators determining the effectiveness and impact of the Concept” qismini yaratishda foydalanilgan (Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institute 2025 yil 10-sentyabrdagi 01/470-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, LMAF bu his-tuyg‘u, tasvir va holat bo‘lsa, LKAF - sxema, konsept, strukturadir, ya’ni lingvomental - ko‘proq insonning tilda nimani qanday his etishi va boshidan o‘tkazishiga doir tushuncha, lingvokognitiv esa - insonning til yordamida o‘zini va boshqalarni qanday idrok etishi, ya’ni “tafakkur insonni qay tarzda ko‘rishi” haqidagi qarashlarni nazariy hamda amaliy tahlil qilishga yordam bergan.