Kim Aleksey Al`bertovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Keratokonusni kompleks davolashning samaradorligini klinik va funksional asoslash, 14.00.08 – Oftalmologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3532.
Ilmiy rahbar: Tuychibaeva Dilobar Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc. 06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abel`skiy Dmitriy Evgen`evich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kazan federal universiteti, Fundamental tibbiyot va biologiya instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: avj oluvchi keratokonusni bir vaqtning o‘zida shox parda kollagenining krosslinkingini va femtosekund lazer yordamida intrastromal shox parda segmentlari implantatsiyasini o‘tkazish orqali kompleks davolash usulining samaradorligini klinik-funksional ko‘rsatkichlar asosida baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z oldi segmentining optik kogerent tomografiyasi qo‘llanilishi keratotopografiya ma’lumotlari bilan qiyosiy tahlilda keratokonusning dastlabki bosqichini, shu jumladan shoh parda epiteliysi qalinligining lokal pasayishini erta aniqlash imkonini berishi asoslangan;
shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi I–II bosqichli keratokonusda kasallik avj olishini barqarorlashtirish va to‘xtatishning samarali patogenetik usuli ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan bulib, femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasi II–III bosqichlarda shoh pardaning optik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ko‘ruv funksiyasini oshirishga xizmat qilishi klinik-diagnostik natijalar asosida isbotlangan;
avj oluvchi keratokonusni davolashda taklif etilgan kompleks yondashuv — birinchi bosqichda femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasini amalga oshirish, so‘ngra shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi muolajasini o‘tkazish — yuqori klinik samaradorlikka egaligi ilmiy jihatdan asoslangan;
keratokonusni davolashda femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasi va shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi muolajasini bir vaqtning o‘zida qo‘llash refraksion va keratometrik ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada yaxshilanishiga, kasallik progressiyasi chastotasini kamayishiga hamda takroriy jarrohlik amaliyotlariga ehtiyojni bartaraf etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/44-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘z oldi segmentining optik kogerent tomografiyasi qo‘llanilishi keratotopografiya ma’lumotlari bilan qiyosiy tahlilda keratokonusning dastlabki bosqichini, shu jumladan shoh parda epiteliysi qalinligining lokal pasayishini erta aniqlash imkonini berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati operatsiyani rejalashtirish va nazorat qilishda shox parda epiteliysining qalinligi, ISShS implantatsiyasi chuqurligi va to‘g‘riligini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Milliy tibbiyot markaz (MTM) ning 2024 yil 22 oktyabrdagi №OI-03/54-sonli buyrug‘i va Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 1 noyabrdagi №153-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: usul KKning klinikagacha bo‘lgan belgilarini dastlabki bosqichda aniqlash, shuningdek, ISShS implantatsiyasi chuqurligini shaxsiy tarzda aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: OKT qo‘llanilishida samaradorlik 19% ga oshishi bilan bir bemor uchun bitta diagnostik tashrif xarajatlari 150000 so‘mga kamayishi qayd etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi I–II bosqichli keratokonusda kasallik avj olishini barqarorlashtirish va to‘xtatishning samarali patogenetik usuli ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan bulib, femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasi II–III bosqichlarda shoh pardaning optik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ko‘ruv funksiyasini oshirishga xizmat qilishi klinik-diagnostik natijalar asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati avj oluvchi KKni to‘xtatish uchun samarali monoterapiya usulini aniqlash hamda ko‘rish o‘tkirligi va shox pardaning optik parametrlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, MTMning 2024 yil 22 oktyabrdagi №OI-03/54-sonli buyrug‘i va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 1 noyabrdagi №153-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ShKK I va II bosqichlardagi KKning rivojlanishini barqarorlashtirish va to‘xtatishning samarali usuli ekanligi, FS yordamida ISShS implantatsiyasi esa II va III bosqichlarda shox pardaning ko‘rish funksiyalari va optik parametrlarini oshirishi aniqlandi, bu esa bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ShKK I va II bosqichlardagi KKning rivojlanishini barqarorlashtirish va to‘xtatishning samarali usuli ekanligi, FS yordamida ISShS implantatsiyasi esa II va III bosqichlarda shox pardaning ko‘rish funksiyalari va optik parametrlarini oshirishi aniqlandi, bu esa kuzatuvning yillik umumiy xarajatlarini ikki baravar kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: avj oluvchi keratokonusni davolashda taklif etilgan kompleks yondashuv — birinchi bosqichda femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasini amalga oshirish, so‘ngra shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi muolajasini o‘tkazish — yuqori klinik samaradorlikka egaligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati KKni davolashning samarali kompleks usuli ketma-ketligini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, MTMning 2024 yil 22 oktyabrdagi №OI-03/54-sonli buyrug‘i va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 1 noyabrdagi №153-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: avj oluvchi KKni davolashning kompleks usuli, ya’ni birinchi bosqichda FS yordamida ISShS implantatsiyasi, keyinchalik ShKK o‘tkazish, klinik-funksional ko‘rsatkichlarning eng yaxshi natijalarini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: avj oluvchi KKni davolashning kompleks usuli, ya’ni birinchi bosqichda FS yordamida ISShS implantatsiyasi, keyinchalik ShKK o‘tkazish klinik samaradorlikni 9,8% ga oshirishni ko‘rsatadi, bu esa har bir bemor uchun umumiy xarajatlarni 1,5 baravar kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keratokonusni davolashda femtosekund lazer yordamida intrastromal shoh parda segmentlari implantatsiyasi va shoh parda kollagenining o‘zaro bog‘lanishi muolajasini bir vaqtning o‘zida qo‘llash refraksion va keratometrik ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada yaxshilanishiga, kasallik progressiyasi chastotasini kamayishiga hamda takroriy jarrohlik amaliyotlariga ehtiyojni bartaraf etish asoslangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati kasallikning rivojlanish chastotasini kamaytirishda va takroriy operatsiyalarning oldini olishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, MTMning 2024 yil 22 oktyabrdagi №OI-03/54-sonli buyrug‘i va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 1 noyabrdagi №153-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bir vaqtning o‘zida FS yordamida ISShS implantatsiyasi va ShKK usuli avj oluvchi KKni davolashning xavfsiz usuli hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Bir vaqtning o‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lib, har bir bemor uchun 1 million 985 ming so‘mni tejaydi va kasalxonada davolanish muddatini 2,5 kunga qisqartiradi.