Toxtaev G‘ayratillo Shuxratillo o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati po‘rsildoq yara kasalligini erta tashxislash, oldini olish va kompleks davolashni takomillashtirish, 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1144.
Ilmiy maslaxatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imamov Otabek Sunnatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Akrom Baratovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyati ilmiy–tadqiqot klinik instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: oksidativ stress ko‘rsatkichlari, biokimyoviy parametrlar, og‘iz bo‘shlig‘ining klinik holati hamda vegetativ regulyasiya buzilishlarini kompleks baholash asosida akantolitik po‘rsildoq yara bilan og‘rigan bemorlarda zamonaviy tashxislash va patogenetik davolash usullarini ilmiy jihatdan asoslash hamda davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati akantolitik po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda endogen intoksikatsiya darajasi og‘iz bo‘shlig‘i stomatologik holatiga, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida kuzatiladigan eroziya va pufaklarning tarqalganlik darajasiga xamda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi akantolizis holati bilan patogenetik bog‘liqligi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi akantolitik po‘rsildoq yarasining qaytalanish davrida gumoral va hujayraviy immunitetning nomutanosibligi, immunoglobulinlar darajasining o‘zgarishi, aylanib yuruvchi immun komplekslar va immun hujayralarning miqdoriy o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan immunitet holatining yaqqol buzilishlari aniklangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining po‘rsildoq yara kasalligida qondagi sitokinlarning miqdoriy va sifat xususiyatlari aniqlangan, bu ularning kasallikda patogenetik rolini asoslash va ushbu ko‘rsatkichlardan kasallikning kechish og‘irligi va residiv xavfini bashorat qilish asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda qon zardobidagi immunoglobulinlar darajasining diagnostik va prognostik jihatdan muhim o‘zgarishlari aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati akantolitik po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroid terapiyani antioksidantlar bilan birgalikda qo‘llash xamda ogiz bushligida davolash-gigienik muolajarni o‘tkazish orqali davolash usullari takomilashtirilgan va stomatologik holatning yaxshilanishi xamda residivlar sonining kamayishi bilan davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati akantolitik po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda endogen intoksikatsiya darajasi og‘iz bo‘shlig‘i stomatologik holatiga, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida kuzatiladigan eroziya va pufaklarning tarqalganlik darajasiga xamda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi akantolizis holati bilan patogenetik bog‘liqligi aniqlanganligi Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 10.02.2025 yildagi 13-sonli buyrug‘i asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar hududiy filialining 13.02.2025 yildagi 57-sonli hamda Toshkent viloyati hududiy filialining 12.02.2025 yildagi 35-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Tadqiqot davomida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati po‘rsildoq yaraning tibbiy-ijtimoiy va klinik prediktorlari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash va xavf guruhlarini belgilash imkoniyati yaratilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikni klinik pridektorlarini erta aniqlash va erta tashxislash davolash ishlarini samaradorligini oshirishi asosida bemorlarni hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxislash va davolash yondashuvlarini joriy etish yotoq kunlari sonini kamaytirish, tizimli glyukokortikosteroidlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va kasallikning qaytalanish chastotasini qisqartirish hisobiga bir bemor uchun davolanish xarajatlarini yiliga o‘rtacha 5,08 dan 5,72 million so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi akantolitik po‘rsildoq yarasining qaytalanish davrida gumoral va hujayraviy immunitetning nomutanosibligi, immunoglobulinlar darajasining o‘zgarishi, aylanib yuruvchi immun komplekslar va immun hujayralarning miqdoriy o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan immunitet holatining yaqqol buzilishlari aniklanganligi Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 10.02.2025 yildagi 13-sonli buyrug‘i asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar hududiy filialining 13.02.2025 yildagi 57-sonli hamda Toshkent viloyati hududiy filialining 12.02.2025 yildagi 35-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Immunologik o‘zgarishlarni baholash asosida kasallikning qaytalanishini prognozlash imkoniyati yaratildi. Ijtimoiy samaradorligi: immun disbalansni buzilishini erta baholash kasallikni qaytalanish holatlarini oldini olishga yordam beradi, bu bemorlarni odatiy hayot tarzini saqlab qolishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi kasallikning qaytalanishi va qayta gospitalizatsiya darajasining pasayishi, shuningdek, immunologik ko‘rsatkichlar asosida medikamentoz terapiyani ratsionallashtirish bilan izohlanadi. Shaxsiylashtirilgan davolash sxemalarini joriy etish residivlar sonini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun davolanish xarajatlarini yiliga o‘rtacha 4,2 mln so‘mga qisqartirishni ta’minlaydi va kompleks yondashuvda yig‘ma yillik tejash bir bemor uchun 5,08 dan 5,72 mln so‘mgacha, shu jumladan statsionar davolanish muddatini qisqartirish va tizimli glyukokortikosteroid terapiyasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan izohlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining po‘rsildoq yara kasalligida qondagi sitokinlarning miqdoriy va sifat xususiyatlari aniqlangan, bu ularning kasallikda patogenetik rolini asoslash va ushbu ko‘rsatkichlardan kasallikning kechish og‘irligi va residiv xavfini bashorat qilish asoslanganligi Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 10.02.2025 yildagi 13-sonli buyrug‘i asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar hududiy filialining 13.02.2025 yildagi 57-sonli hamda Toshkent viloyati hududiy filialining 12.02.2025 yildagi 35-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Olingan natijalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati po‘rsildoq yara bo‘lgan bemorlarda sitokinlarining xususiyatlari o‘rganilib, ularning patogenetik roli va kasallik kechishini prognoz qilish muhim ekanini tasdiqlaydi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik og‘irlik darajasini prognoz qilish bemorlarning turmush va mehnat faoliyatida keskin o‘zgarishlar bo‘lishini oldini olish, bemorlarni salomatlik holatidagi o‘zgarishlarga ruhan tayyorlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilik kasallikning prognoz qilinayotgan og‘irlik darajasi va qaytalanish xavfini hisobga olgan holda davolash chora-tadbirlarini optimallashtirish bilan izohlanadi. Sitokin profiliga asoslangan shaxsiylashtirilgan terapiya sxemalarini qo‘llash dori vositalarini asossiz va ortiqcha buyurishning oldini olish, statsionar davolanish davomiyligini va qaytalanish chastotasini kamaytirish, bir bemor uchun yiliga kamida 4,2 million so‘m, kompleks yondashuv bilan esa yiliga 5,72 million so‘mgacha xarajatlarni tejashni ta’minlash, takroriy kasalxonaga yotqizishni kamaytirish va dori-darmon terapiyasidan oqilona foydalanish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda qon zardobidagi immunoglobulinlar darajasining diagnostik va prognostik jihatdan muhim o‘zgarishlari aniqlanganligi Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 10.02.2025 yildagi 13-sonli buyrug‘i asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar hududiy filialining 13.02.2025 yildagi 57-sonli hamda Toshkent viloyati hududiy filialining 12.02.2025 yildagi 35-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: remissiya davrini uzayishi va qaytalanishlarni qamayishi bemorlarni patsientlarni kundalik hayotini yaxshilash, kasallik sababli yuzaga keladigan ijtimoiy noqulayliklarni oldini olishga yordam berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikning mohiyati og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi akantolitik po‘rsildoqni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish, takroriy kasalxonaga yotqizish va medikamentoz terapiyani ratsionalizatsiya qilish orqali kasallikning qaytalanish chastotasini kamaytirish bilan izohlanadi. Immunoglobulin profiliga asoslangan shaxsiylashtirilgan davolash sxemalarini joriy etish bir bemor uchun yiliga kamida 4,2 million so‘m, ishlab chiqilgan diagnostika va davolash yondashuvlarini kompleks qo‘llash bilan esa yiliga 5,72 million so‘mgacha mablag‘ni tejashni ta’minlaydi, shu jumladan statsionar davolanish muddatini qisqartirish va tizimli glyukokortikosteroid terapiyasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan izohlanadi.
beshinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati akantolitik po‘rsildoq yarasi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroid terapiyani antioksidantlar bilan birgalikda qo‘llash xamda ogiz bushligida davolash-gigienik muolajarni o‘tkazish orqali davolash usullari takomilashtirilgan va stomatologik holatning yaxshilanishi xamda residivlar sonining kamayishi bilan davolash samaradorligi isbotlanganligi Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 10.02.2025 yildagi 13-sonli buyrug‘i asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar hududiy filialining 13.02.2025 yildagi 57-sonli hamda Toshkent viloyati hududiy filialining 12.02.2025 yildagi 35-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Glyukokortikosteroid preparatlar bilan birgalikda antioksidant preparatlar asosidagi kompleks terapiya residivlar sonini kamaytirib, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy samaradorligi: davolash sxemalari asoratlar xavfini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda ishlab chiqilgan klinik tavsiyalar va davolash algoritmlarini amaliyotga joriy etish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining resurslaridan oqilona foydalanish, davolash samaradorligini oshirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.