Suleymanov Iskandar Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kataraktani jarroxlik davolashdan keyin yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyani jadallashishini oldini olish, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib 3538.
Ilmiy rahbar: Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Krasil`nikova Viktoriya Leonidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: qarilik kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolashdan so‘ng yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasi jadallashishining oldini olishni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasi mavjud bemorlarda qarilik kataraktasini jarrohlik yo‘li bilan davolash makula sohasidagi distrofik o‘zgarishlarning jadallashishi hamda ko‘rish funksiyasining pasayishi uchun mustaqil xavf omili ekanligi klinik-instrumental tadqiqot natijalari asosida ilmiy jihatdan isbotlangan;
qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasining avj olish xavfi qon zardobidagi umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar darajasi bilan ijobiy, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar miqdori bilan esa salbiy korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin lipid spektri ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasining progressiyalanish xavfini bashoratlashning yangi usuli ishlab taklif kilinib, mazkur usul asosida xavf guruhlarini aniqlash, ularga nisbatan differensial terapevtik yondashuvni qo‘llash hamda makula sohasida patologik jarayon rivojlanishining oldini olish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasining progressiyalanish xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan holatlarda fenofibratni qo‘llashni nazarda tutuvchi kompleks davolash klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/28-sonli xulosasiga kura:
birinchi ilmiy yangilik: yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasi mavjud bemorlarda qarilik kataraktasini jarrohlik yo‘li bilan davolash makula sohasidagi distrofik o‘zgarishlarning jadallashishi hamda ko‘rish funksiyasining pasayishi uchun mustaqil xavf omili ekanligi klinik-instrumental tadqiqot natijalari asosida ilmiy jihatdan isbotlangan; Yangilikni ilmiy ahamiyati: QKni jarrohlik yo‘li bilan davolashning YoBMD yuzaga kelishi va jadallashishiga ta’sirini asoslashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 26 iyundagi №66-sonli buyrug‘i va Milliy tibbiyot markazining (MTM) 2025 yil 27 iyuldagi №01/38-sonli buyrug‘i bilan tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: QKni jarrohlik davolashdan so‘ng YoBMDni jadallashishini erta aniqlanishi oldini olishni o‘z vaqtida boshlash va shu bilan YoBMDni og‘ir bosqichlariga o‘tish foizini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: YoBMD yuzaga kelishi yoki jadallashishini erta aniqlash natijasida har bir bemor uchun yiliga 1507992 so‘m tejab qolinishiga olib keladi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasining avj olish xavfi qon zardobidagi umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar darajasi bilan ijobiy, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar miqdori bilan esa salbiy korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan; Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati: QKni jarrohlik davolashdan so‘ng YoBMD yuzaga kelishi va jadallashishida qondagi dislipidemiyaning patogenetik ahamiyatini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 26 iyundagi №66-sonli buyrug‘i va MTM 2025 yil 27 iyuldagi №01/38-sonli buyrug‘i bilan tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qonda lipid spektri buzilishini mos ravishdashi korreksiyasi YoBMD jadallashishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dislipidemiyaning korreksiyasi QKni jarrohlik davolashdan so‘ng YoBMDning og‘ir bosqichlarini rivojlanishini oldini olishga yordam beradi, kasallikni davolash uchun moliyaviy xarajatlarni kamayishiga olib keladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin lipid spektri ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasining progressiyalanish xavfini bashoratlashning yangi usuli ishlab taklif kilinib, mazkur usul asosida xavf guruhlarini aniqlash, ularga nisbatan differensial terapevtik yondashuvni qo‘llash hamda makula sohasida patologik jarayon rivojlanishining oldini olish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: QKsi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan so‘ng YoBMD jadallashish xavf guruhlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 26 iyundagi №66-sonli buyrug‘i va MTM 2025 yil 27 iyuldagi №01/38-sonli buyrug‘i bilan tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YoBMD jadallashishining o‘rta va yuqori xavf guruhlarini aniqlash oldini olish ishlarini o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhlarida YoBMDning jadallashishini oldini olish 1 bemor uchun yiliga 1507992 so‘m tejaydi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qarilik kataraktasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashdan keyin yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasining progressiyalanish xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan holatlarda fenofibratni qo‘llashni nazarda tutuvchi kompleks davolash klinik samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: YoBMDning jadallashish xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan bemorlarda QKni jarroxlik davolashdan so‘ng kompleks davolashda fenofibratning qo‘llanilishi YoBMDni og‘ir bosqichlari bo‘lgan bemorlarning sonini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, TTA ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 26 iyundagi №66-sonli buyrug‘i va MTM 2025 yil 27 iyuldagi №01/38-sonli buyrug‘i bilan tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etlgan oldini olish usuli YoBMDning og‘ir bosqichlari bo‘lgan ko‘zlar sonini kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: YoBMD sababli gospitalizatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni 1,4 barobar, anti-VGF terapiyani o‘tkazilishi 2,3 barobar kamayishi va oftalmologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish