Anvarov Xikmat Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pandemiya sharoitida shoshilinch tibbiy yordam muassasalari faoliyatini tashkil etishning innovatsion jihatlari”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib531.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Zamyatin Mixail Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Robert Kox Instituti (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi pandemiya sharoitida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish va uning faoliyatini takomillashtirish hamda bemorlarni adekvat marshrutizatsiya qilish hamda tashkiliy-funksional echimlarni joriy etish orqali COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordam samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pandemiya sharoitida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ilmiy asoslangan kompleks tashkiliy-funksional modeli ishlab chiqilgan va uning samaradorligi shoshilinch statsionarlarning qabul-diagnostika bo‘limlarini tuzilmaviy qayta tashkil etish, markazlashtirilgan boshqaruv hamda teletibbiyot orqali qo‘llab-quvvatlash hisobiga isbotlangan;
kadrlar va moddiy resurslar tanqisligi sharoitida og‘ir ahvoldagi bemorlarni boshqarishning samarali vositasi sifatida teletibbiyot texnologiyalarini shoshilinch tibbiy yordam tizimiga tizimli ravishda joriy etishning ilmiy jihatdan samaradorligi isbotlangan;
COVID-19 kasalligining og‘ir kechishini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy kliniko-laborator prognostik markerlarning bashoratlash qiymati aniqlanib, ulardan foydalanish bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish hamda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga xizmat qilishi asoslangan;
taklif etilgan shoshilinch tibbiy yordam modeli barcha infeksion pandemiyalar sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan universal tashkiliy-funksional echim ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pandemiya sharoitida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida «COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar holatining kechishini bashorat qilish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashi majlisining 18.09.2025 yildagi 4-sonli bayoni).
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi № 27/45-sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
birinchi ilmiy yangilik: pandemiya sharoitida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan kompleks modeli, qabul-diagnostika bo‘limlarini tuzilmaviy qayta tashkil etish, markazlashtirilgan boshqaruv va telemedisinalik qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan holda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm (23.05.2025 yildagi №110/1-«I» sonli buyruq) va Namangan filiallari (23.05.2025 yildagi №119/4 sonli buyruq) amaliyotiga tizimli ravishda joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning sog‘ayish va mehnat faoliyatiga qaytish muddatlari qisqardi, reanimatsiya va statsionarda yotish davri kamaydi, shifoxona ichida infeksiya tarqalishining oldi olindi va asosiy kasallik og‘irlashishining oldi olindi. Iqtisodiy samaradorligi: reanimatsiya bo‘limida har bir bemor uchun dori-darmon xarajatlari o‘rtacha 12750000 so‘mga kamaydi, ushbu guruhdagi 381 nafar bemor uchun jami 4857750000 so‘m tejamkorlikka erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kadrlar va moddiy resurslar tanqisligi sharoitida og‘ir ahvoldagi bemorlarni boshqarish vositasi sifatida telemedisinalik texnologiyalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro (23.05.2025 yildagi №184 sonli buyruq) va Toshkent viloyati filiallari (01.06.2025 yildagi №90 buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: teletibbiyot konsul`tatsiyalar orqali, ayniqsa kadrlar etishmasligi va izolyasiya sharoitida, og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ekspert xulosalarini taqdim etish imkoni yaratildi hamda inson omili ta’siri kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorlik: engil kechishli bemorlar guruhida har bir bemor uchun dori-darmon xarajatlari o‘rtacha 175500 so‘mga kamaydi, jami tejamkorlik 29 484000 so‘mni tashkil etdi (n=168). Xulosa: teletibbiyot texnologiyalarni joriy etish og‘ir ahvoldagi bemorlarda o‘lim bilan yakunlanuvchi asoratlar chastotasini 50 foizga kamaytirishga va terapiyani hayotiy funksiyalar holatiga mos ravishda to‘g‘rilashga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 kasalligining og‘ir kechishini kritik prognostik markerlarga asoslanib bashorat qilish algoritmi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro (23.05.2025 yildagi №184 buyruq) va Toshkent viloyati filiali (01.06.2025 yildagi №90 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik rivojlanish modelini oldindan bashorat qilish orqali o‘lim holatlari kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: engil kechishli bemorlar guruhida har bir bemor uchun dori-darmon xarajatlari o‘rtacha 175500 so‘mga kamaydi, jami tejamkorlik 29484000 so‘mni tashkil etdi (n=168). Xulosa: C-reaktiv oqsil, D-dimer va qon ivish ko‘rsatkichlariga asoslangan algoritm o‘lim ko‘rsatkichini 10,5 foizga kamaytirishga, gospitalizatsiya muddatini engil kechishda 1,5 kunga, o‘rta og‘ir kechishda 3 kunga va og‘ir kechishda 5 kunga qisqartirishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: boshqa infeksion pandemiyalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan universal shoshilinch tibbiy yordam modeli  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm (23.05.2025 yildagi №110/1-«I» buyruq) va Namangan filiallari (23.05.2025 yildagi №119/4 buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning tiklanish muddatlari qisqardi, statsionarda yotish davri kamaydi, shifoxona ichida infeksiya tarqalishi va asosiy kasallik og‘irlashishi oldi olindi. Iqtisodiy samaradorligi: reanimatsiya bo‘limida har bir bemor uchun dori-darmon xarajatlari o‘rtacha 12750000 so‘mga kamaydi, jami tejamkorlik 4857750 000 so‘mni tashkil etdi (381 bemor). Xulosa: pandemiya sharoitida qabul-diagnostika bo‘limlarini tuzilmaviy qayta tashkil etish, bemorlar oqimlarini ajratish, infeksiyalangan va infeksiyalanmagan bemorlar uchun to‘liq diagnostika-davolash siklini ta’minlash hamda o‘z vaqtida teletibbiyot maslahatlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan kompleks shoshilinch tibbiy yordam modeli shifoxona ichida infeksiya tarqalishining oldini olishga va asosiy kasallik og‘irlashishini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish