Abduxaliqov Sirojiddin Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali tarqalgan parodontitni og‘ir darajadasida fitopreparatlar qo‘llashni muqobillashtirish va davolashni takomillashtirish» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3869.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aldasheva Mayya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tyumen davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitni davolash samaradorligini maxalliy yangi gemostatik fitopreparat yordamida davolash samaradorligini muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi (PMA=66,8±4,6%; PI=0,88±0,28), tish-milk cho‘ntagi mikroblarining yuqori konsentratsiyasi (1580,5±248,41 KOE/ml) hamda kandidoz komponentining ustunligi (48,4±1,24%) kasallikning faol diffuz yallig‘lanish bosqichi bilan bevosita bog‘liqligi bir vaqtda uch turdagi statistik usullarda asoslangan;
o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda kombinatsiyalashgan davolash usulini qo‘llab mikroblar sonini 1580,5±248,41 KOE/ml dan 318,4±33,12 KOE/ml gacha kamaytirishi va milk qonashini 24,4±0,24% gacha qisqartirishi an’anaviy antiseptik terapiyaga nisbatan ustun ekani isbotlangan;
o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda tish-milk cho‘ntagi mikrobiotsenozi 94,32±27,42 KOE/ml gacha normallashishi, neytrofillar infil`tratsiyasi 10,3±1,75 kl.dan 4,23±0,33 kl.gacha kamayishi va to‘qima reparatsiyasi 1,6±0,01 mm gacha tezlashishi ANOVA, t-mezon va Sheffe kriteriylari asosida takomillashtirilgan;
o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda klinik, mikrobiologik va reparativ ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan baholash modeli asosida gemostatik suyuq ekstrakt va efir moyi preparatlari umumiy klinik samaradorlik bo‘yicha davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17-iyuldagi 22/57-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi (PMA=66,8±4,6%; PI=0,88±0,28), tish-milk cho‘ntagi mikroblarining yuqori konsentratsiyasi (1580,5±248,41 KOE/ml) hamda kandidoz komponentining ustunligi (48,4±1,24%) kasallikning faol diffuz yallig‘lanish bosqichi bilan bevosita bog‘liqligi bir vaqtda uch turdagi statistik usullarda asoslanganligi Toshkent shaxar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi (17.06.2025 yil № 01-1764 sonli buyruq) va Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Uchtepa tumani 24-sonli oilaviy poliklinikasi (17.06.2025 yil № 01/02-119 sonli buyruq) faoliyati amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontit kasalliklarini davolashda stomatolog mutaxassislarimiz fitopreparatlarni qo‘llashda samarali natijalar imkoniyatlariga asoslangan davo-profilaktika algoritmini amaliyotga keng qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Iqtisodiy samaradorligi: Davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Kasallikning qaytalanish xavfini aniqlash usullari yaratildi. Bemorlarning davolanish sifati yaxshilandi. Kasallikning qaytalanish chastotasi 35% ga kamaydi. Davolash xarajatlari 28% ga kamaygan;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda kombinatsiyalashgan davolash usulini qo‘llab mikroblar sonini 1580,5±248,41 KOE/ml dan 318,4±33,12 KOE/ml gacha kamaytirishi va milk qonashini 24,4±0,24% gacha qisqartirishi an’anaviy antiseptik terapiyaga nisbatan ustun ekani isbotlanganligi Toshkent shaxar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi (17.06.2025y. №01-1764 sonli buyruq) va Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Uchtepa tumani 24-sonli oilaviy poliklinikasi (17.06.2025y. №01/02-119 sonli buyruq) faoliyati amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitni davolashda yangi samarali usul ishlab chiqildi. An’anaviy davolash usullariga nisbatan yuqori klinik samaradorlik isbotlandi. Davolash muddatlarining qisqarishi aniqlandi. Diagnostik ahamiyati kasallik kechishini prognozlash mezonlari takomillashtirildi. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarni dispanser kuzatuvining optimal sxemasi yaratildi. Davolash xarajatlari 6 oyda 16% ga kamaydi. Statsionar davolanish muddati qisqardi. Bir bemor uchun o‘rtacha 4500000 so‘m iqtisod qilindi. Qayta murojaatlar soni kamayishi va davo profilaktik ishlarini samaradorligini inobatga olinsa, 6 oylik yillik iqtisodiy samara 75 nafar bemor 55-60% ni tashkil etgan;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda tish-milk cho‘ntagi mikrobiotsenozi 94,32±27,42 KOE/ml gacha normallashishi, neytrofillar infil`tratsiyasi 10,3±1,75 kl.dan 4,23±0,33 kl.gacha kamayishi va to‘qima reparatsiyasi 1,6±0,01 mm gacha tezlashishi ANOVA, t-mezon va Sheffe kriteriylari asosida takomillashtirilganligi Toshkent shaxar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi (17.06.2025y. №01-1764 sonli buyruq) va Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Uchtepa tumani 24-sonli oilaviy poliklinikasi (17.06.2025y. №01/02-119 sonli buyruq) faoliyati amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitni davolash uchun sanoatda ko‘zda tutilgan gemostatik preparat va efir moyi kabi fitopreparatlarning samaradorligi olingan natijalar bilan isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Davolash xarajatlari 28% ga kamaydi. Statsionar davolanish muddati qisqardi. Qayta murojaatlar soni kamaydi. Bir bemor uchun o‘rtacha 900000 so‘m iqtisod qilindi. Yillik iqtisodiy samara 75 nafar bemor uchun 67500000 so‘mni tashkil etgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘rta va o‘rta og‘ir darajadagi surunkali tarqalgan parodontitli bemorlarda klinik, mikrobiologik va reparativ ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan baholash modeli asosida gemostatik suyuq ekstrakt va efir moyi preparatlari umumiy klinik samaradorlik bo‘yicha davolash algoritmi ishlab chiqilganligi Toshkent shaxar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi (17.06.2025y. №01-1764 sonli buyruq) va Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Uchtepa tumani 24-sonli oilaviy poliklinikasi (17.06.2025y. №01/02-119 sonli buyruq) faoliyati amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Fitopreparatlarni qo‘llash asosida bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatining yaxshilanishi va davolash natijalaridan qoniqish darajasining oshishi ta’minlandi. Bu parodont kasalliklarining qaytalanishini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Fitopreparatlarga asoslangan davolash usullarini qo‘llash natijasida davolash xarajatlari o‘rtacha 25–30% ga kamaydi. Qayta murojaatlar soni 20–25% ga qisqardi, dispanser kuzatuv muddati optimallashtirildi hamda qimmat sintetik preparatlardan foydalanish hajmi 30% gacha kamaytirildi. Natijada umumiy iqtisodiy samara ta’minlandi.