Abduraxmonov Farxod Raxmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlari asoratlarini reabilitatsion va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. DSc/Tib960.
Ilmiy maslahatchilar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvakilov Joxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot univertsiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari qo‘shma jarohatlari asoratlarining profilaktik va reabilitatsion chora- tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlillar asosida yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlari hamda ularning asoratlari kechish xususiyatlari, uchrashish chastotasi va klinik namoyon bo‘lish jihatlari tizimli ravishda baxolangan, shuningdek, jarohatlarni davolashning turli bosqichlarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmi va sifati kompleks kurib chikilib, ularning klinik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
bemorlar kontingenti orasida o‘tkazilgan tahliliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida yiringli asoratlar kuzatilish chastotasi 47,3% ni, chandiqli-deformatsion asoratlar esa 39,8% ni tashkil etgani aniqlangan xamda mazkur ko‘rsatkichlar to‘qima va a’zolar nuqsonlari chastotasiga (12,9%) nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlarida shikastlanish og‘irligi, bosh miya jarohatlari mavjudligi va yondosh kasalliklar tahlili asosida mazkur toifadagi bemorlarda asoratlarni oldindan bashorat qilishga qaratilgan amaliy prognozlash tizimi ishlab chiqilgan;
klinik va morfologik tadqiqotlar natijasida yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlaridan so‘ng shakllanadigan chandiq to‘qimalarining etuklik darajasi, morfologik turlari va tarkibiy xususiyatlari aniqlangan, jumladan, osteoklastlar faolligi, yallig‘lanish jarayoni, neoangiogenez reaksiyalari hamda keloid chandiqlarda I, III va IV-tip kollagenlar nisbatining turlicha ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari jarohatlarining yiringli asoratlarida ozon terapiyasi va past intensivlikdagi lazer nurlanishi asosida olib borilgan reabilitatsiya samaradorligi klinik ko‘rsatkichlar jarohat bitish jarayonida shishning kamayishi, perifokal chandiq to‘qimalarining silliqlanishi, og‘riq sindromining sezilarli darajada pasayishi hamda yuz mushaklari harakatchanligining tiklanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26-son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv tahlillar asosida yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlari hamda ularning asoratlari kechish xususiyatlari, uchrashish chastotasi va klinik namoyon bo‘lish jihatlari tizimli ravishda baxolangan, shuningdek, jarohatlarni davolashning turli bosqichlarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmi va sifati kompleks kurib chikilib, ularning klinik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan; Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (2024 yil 20 noyabrdagi 52-son) va RITvaOIATM Samarqand filiali (2023 yil 28 noyabrdagi 193-U-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: YuJSYuTQJ va ularning asoratlarining davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirilganligi kutilajak yiringli yallig‘lanish va chandiqli deformatsion asoratlarni oldindan bashoratlash qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan stress va noqulayliklar bartaraf etilishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: jarohatlari asoratlari mavjud bemorlarni davolash samaradorgini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarilishi natijasida 1 nafar bemorga 1050 ming so‘mga tejash imkoniyatini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlar kontingenti orasida o‘tkazilgan tahliliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida yiringli asoratlar kuzatilish chastotasi 47,3% ni, chandiqli-deformatsion asoratlar esa 39,8% ni tashkil etgani aniqlangan xamda mazkur ko‘rsatkichlar to‘qima va a’zolar nuqsonlari chastotasiga (12,9%) nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan, Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RITvaOIATM Samarqand filiali (2023 yil 28 noyardagi 46-son), RShTYoIMSF (2024 yil 10 oktyabrdagi 193-U) va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (2023 yil 20 noyardagi 52-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: YuJSYuTQJlari hamda ularga bog‘liq holda diagnostik xato kamchiliklarni vaqtida aniqlash, samarador davolash usullaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarli davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartirish, nogironlikni oldini olishga asos bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: ozonoterapiya, lazeroterapiya va chandiqlarga qarshi dori vositalarini davolash mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning shifoxonada davolanish va mahnatga layoqatsizlik kunlari hisobiga 1 nafar bemor hisobiga 750 ming so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlarida shikastlanish og‘irligi, bosh miya jarohatlari mavjudligi va yondosh kasalliklar tahlili asosida mazkur toifadagi bemorlarda asoratlarni oldindan bashorat qilishga qaratilgan amaliy prognozlash tizimi ishlab chiqilgan; Natijada bemorlarning ushbu toifasida asoratlarini bashorat qilishning amaliy tizimi ishlab chiqildi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (20.11.2024 y.; № 52), RITvaOIATM Samarqand filiali (28.11.2023 y.; № 46) va RShTYoIMSF (10.10.2024 y.; № 193-U) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: YuJSYuTQJlari chandiqli deformatsion asoratlarini zararlangan terisi ko‘rinishi va teri osti to‘qimalari, harakat va mimika mushaklarining sezgi va harakatlanish funksiyalarini yangi usulga asoslangan kompleks davolash bilan bemorlarni erta reabilitatsiya qilishga ko‘maklashdi. Iqtisodiy samaradorligi: YuJSYuTQJAlarini erta aniqlash, tekshiruvni takomillashtirish, lazeroterapiya va ul`trafonoforez kabi samarali davolash usullarini o‘z vaqtida olib borish, kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. Bemorlarda chandiqli deformatsiyalarni oldini olishdagi profilaktika maqsadida qo‘llangan Selekon geli uchun 1 nafar bemor hisobiga 1350 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik va morfologik tadqiqotlar natijasida yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining qo‘shma jarohatlaridan so‘ng shakllanadigan chandiq to‘qimalarining etuklik darajasi, morfologik turlari va tarkibiy xususiyatlari aniqlangan, jumladan, osteoklastlar faolligi, yallig‘lanish jarayoni, neoangiogenez reaksiyalari hamda keloid chandiqlarda I, III va IV-tip kollagenlar nisbatining turlicha ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan; Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Natijalar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (20.11.2024 y.; № 52), RITvaOIATM Samarqand filiali (28.11.2023 y.; № 46) va RShTYoIMSF (10.10.2024 y.; № 193-U) buyruqlari bilan amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan prognostik, profilaktik va reabilitatsion chora tadbirlarni ishlab chiqish bemorlarning ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini 9,3 kundan 5,1 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 750 ming so‘mga kamaytirgan. Natijada profilaktika ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon berib, har bir bemor xisobiga 1050 ming so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalari jarohatlarining yiringli asoratlarida ozon terapiyasi va past intensivlikdagi lazer nurlanishi asosida olib borilgan reabilitatsiya samaradorligi klinik ko‘rsatkichlar jarohat bitish jarayonida shishning kamayishi, perifokal chandiq to‘qimalarining silliqlanishi, og‘riq sindromining sezilarli darajada pasayishi hamda yuz mushaklari harakatchanligining tiklanishi aniqlangan. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (20.11.2024 y.; № 52), RITvaOIATM Samarqand filiali (28.11.2023 y.; № 46) va RShTYoIMSF (10.10.2024 y.; № 193-U) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Natijada bemorlarning ruhiy va tibbiy reabilitatsiyasi holatini oshirib ularning oilasi, kasbi va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustaxkamlashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: YuJSYuTQJAlarini etilgan gipertrofik va keloid chandiqlarni kompleks davolash etilmagan chandiqli to‘qimalarni davolashga nisbatan iqtisodiy tejamkorlikka olib keldi.Natijada har bir bemorga 950 ming so‘m mablag‘ni tejash imkoniyat yaratiladi.