Raximov Shuxrat Shoxzam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati sharoitida ekilayotgan kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligiga ekologik omillarning ta’sirini baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1417.
Ilmiy rahbar: Satipov Gaipnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Absattarov Nietbay Allanbergenovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligiga ekologik omillarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining iqlim sharoitida kuzgi bug‘doyning “Zimnisa”, “Asr” “Gurt” navlarining o‘sish va rivojlanishiga iqlim omillarning ta’siri baholangan hamda optimal ekish muddatlari aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda barg yuzasining shakllanish dinamikasi turli ekish muddatlarida fenotipik plastiklikni ifodalovchi ekologik bioindikator sifatida kompleks baholangan hamda navlarni oktyabr oyining 1-dekadasiga nisbatan 2-3 dekadalarida ekilganda haroratning +1°C ga oshishi barg yuzasini 16 % gacha kamayishiga olib kelishi ilmiy asoslangan;
ekologik omillarning Zimnisa, Asr va Gurt navlarining hosil elementlarining shakllanishiga ta’siri qiyosiy taxlil qilinganda, 1000 dona don vazniga yuqori haroratning salbiy (-0,39 g; -0,46 g; -0,47) hamda FAR (0,0253 g; 0,0261 g; 0,0277 g) va yog'ingarchilik miqdorining (0,0037 g, 0,0008 g, 0,0083 g) ijobiy ta’siri differensial va kompleks baholangan;
ilk bor kuzgi bug‘doyning hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari bilan iqlim omillari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p omilli regressiya usulida statistik tahlil qilingan hamda Gurt navining harorat o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligi yuqoriroq, Zimnisa va Asr navlari nisbatan barqaror va iqlim o‘zgarishlariga chidamliroq ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sharoitida ekilayotgan kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligiga ekologik omillarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
iqlim o‘zgarishlari sharoitida hosildorlikdagi o‘zgarishlarni tahlil qilish, kuzgi bug‘doyning ekologik moslashuv mexanizmlarini ta’minlash, ekish muddatlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29 apreldagi 01/18-5-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik yondashuv asosida ekish muddatlarini belgilash orqali tashqi muhit omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish, kuzgi bug‘doy agrosenozlarining ekologik barqarorligini ta’minlash hamda mintaqa sharoitiga eng mos va stress omillariga chidamli navlarni tanlash imkonini bergan;
Xorazm viloyati iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 30 maydagi 05/05-04-297-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy agrosenozlarni monitoring qilish va hosildorligini prognozlashni takomillashtirish imkonini bergan.