Xadjixanov Boriyxon Abirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rezervuar energiyasining kamayishi sharoitida konlardan tabiiy gaz qazib olishni maqbullashtirish usullarini takomillashtirish (Gazli guruhi konlari)», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/T5866.
Ilmiy rahbar: Nazarov Azizbek Ulugbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.36/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Navruz Xushmurodovich, Texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Mirzaanvar Moxidjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorod konlarining integratsiyalashgan geologik va texnologik modellari asosida, tabiiy gazni qazib olish bo‘yicha optimallashtirilgan texnik va texnologik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlam energiyasi kamaygan sharoitlarda va yakuniy bosqichlarda ishlatilayotgan konlarda qatlam ko‘rsatkichlari hamda qazib olinayotgan gazni er usti yig‘ish va tashish tizimlarining parametrlarini integratsiyalashgan tarzda hisobga olishning zarurligi isbotlangan;
yakuniy bosqichda ishlatilayotgan konlarda, qazib olinayotgan gazning qatlamda filtratsiyasi va kondagi er usti yig‘ish va tashish tizimlarida harakatlanishini integratsiyalashgan raqamli modelini yaratish algoritmi ishlab chiqilgan;
Gazli guruhi konlarida gazni qazib olishni optimallashtirish bo‘yicha integratsiyalashgan geologik-gidrodinamik model yaratilgan;
yakuniy bosqichda ishlatilayotgan konlarda mahsuldor qatlam va er usti kon kommunikatsiya tizimlaridagi jarayonlarni integratsiyalashgan modellashtirish orqali tabiiy gaz qazib olishni optimallashtirish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konlarning integratsiyalashgan modellaridan foydalangan holda gaz qazib olish ko‘rsatkichlarini prognoz bashorat qilish orqali tizimli yondashuvni tatbiq qilish asosida qatlamdagi qoldiq tabiiy gaz zaxiralarini yanada ko‘proq chiqarib olishga samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot tizimlarida gaz kondensat konlarining integratsiyalashgan modelini yaratish metodikasi” Gazli guruhidagi uglevodorod konlarini ishlatishni loyihalash jarayonida joriy etilgan (“O‘ZBEKNEFTGAZ” AJning 2025 yil 25 noyabrdagi 02-25-1-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsuldor qatlam energiyasining kamayishi sharoitlarida yakuniy bosqichlarda ishlatilayotgan konlardan tabiiy gaz qazib olish optimallash imkonin bergan;
Gazli guruhi konlaridan gaz qazib olishni optimallashtirish bo‘yicha loyiha tavsiyalari gaz konlarida joriy etilgan (“O‘ZBEKNEFTGAZ” AJning 2025 yil 25 noyabrdagi 02-25-1-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, konlardan qo‘shimcha 1 820 mln m³ gaz qazib olish imkoniyati yaratilgan.