Uvayzov Saidjon Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Termolabil maxsulotlarini quritish apparatini takomillashtirish va jarayonni modellashtirish asosida boshqaruv tizimini ishlab chiqish”, 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari, 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4849.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrulla Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.16.05 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor; Botirov To‘lqin Vafoqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termolabil mahsulotlarni quritish apparatini takomillashtirish va jarayonni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental tadqiqotlar asosida har bir meva turi uchun quritish rejimlari nok va olxo‘ri uchun 55-60 °C haroratda 4,5-5 soat, behi uchun - 6 soat; dastlabki 2-3 soat 55-60 °C da, qolgan vaqt oralig‘ida haroratni bosqichma-bosqich 65 °C gacha oshirishi asoslangan;
quritish kamerasining tagliklaridagi mahsulot tarkibidan minutiga 0,06-0,068 kg/kg miqdordagi namlikni chiqarib yuborilishini ta’minlovchi, bo‘ylama yuzasi bo‘ylab 40÷45° burchak ostida tirqishlar tashkil etilgan nam havoni so‘rish trubasi bilan jihozlangan quritish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tizimli tahlil asosida termolabil mahsulotlarni quritish jarayonining ierarxik tuzilmasi ishlab chiqilib, quritish jarayonidagi issiqlik va massaalmashinuvni, mahsulot qatlamlari bo‘yicha temperatura va namlik o‘zgarishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
matlab/simulink platformasi asosida texnologik jarayonning kompyuter modeli ishlab chiqilib, hisoblangan natijalarning tajriba natijalari bilan adekvatligi asoslangan va quritish tezligining davrlari bo‘yicha mahsulotning muvozanat namlik chegaralari aniqlangan;
quritish tizimidagi asosiy texnologik parametrlarni barqarorlashtirish va tayyor mahsulotning sifatini ta’minlash maqsadida, boshqaruv ob’ektiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni inobatga olgan holda quritish jarayonini intellektual boshqarishning algoritmi va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
quritish jarayoni davomiyligining vaqt birliklarida nok, behi va olxo‘ri mevalari tarkibidagi namlikning bir me’yorda ajralib chiqishini jadallashtiruvchi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi bilan ta’minlangan, energiyatejamkor quritish qurilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termolabil mevalar (behi, nok, olxo‘ri) ni quritish jarayoni va qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik tashuvchining eneriyasidan samarali foydalanishga asoslangan quritish qurilmasi “Gala River” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 fevraldagi 202-14/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quritish qurilmasini qo‘llash orqali meva turlari bo‘yicha muvozanat namliklari 14-16% ni tashkil etgan quritilgan mahsulotlar olish imkonini bergan;
quritilayotgan mahsulot tarkibidan namlik chiqishini jadallashtiruvchi mexanizm bilan jihozlangan quritish qurilmasi “Buxoro Allians” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 fevraldagi 202-14/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quritish kamerasining har bir tagliklarida joylashtirilgan mahsulotning butun hajmidan namlik chiqishi 1,2-1,4 marta jadallashtirish imkonini bergan.