Usmonova Zoya Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarni farmakoiqtisodiy baholash», 15.00.03 – Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Far135.
Ilmiy rahbar: Umarova Shahnoz Ziyatovna, farmatsevtika fanlari  nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.25.01
Rasmiy opponentlar: Ismailova Mohinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Ganieva Hilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining farmatsevtika bozoridagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari asosida ularning klinik hamda iqtisodiy samaradorligini tizimli va meta-tahlil qilish yordamida farmakoiqtisodiy modelni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining klinik va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli  va meta-tahlili asosida aniqlangan;
farmakoiqtisodiy modellashtirish asosida glaukoma kasalligini davolashda qo‘llaniladigan mono-komponentli tafluprost dori vositasining iqtisodiy samaradorligi travoprost dori vositasining iqtisodiy samaradorligiga nisbatan ustun ekanligi aniqlangan va tafluprost dori vositasini asosiy dori vositalar ro‘yxatiga qo‘shish zarurati asoslangan;
farmakoiqtisodiy modellashtirish asosida travoprost/timolol dori vositalarining iqtisodiy samaradorligi latanaprost/timolol dori vositalarining iqtisodiy samaradorligiga nisbatan ustun ekanligi aniqlangan;
ilk bor glaukoma kasalligining davolash standartiga farmakoiqtisodiy tahlil (byudjetga ta’siri) asosida takomillashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
glaukoma kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni bashoratlash asosida mahalliy farmatsevtik korxonalarning assortimentni kengaytirish strategiyasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Glaukoma kasalligida qo‘llaniladigan davolash texnologiyalarini farmakoiqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Farmakoekonomicheskaya otsenka effektivnosti fiksirovannix kombinatsiy travoprost/timolol v sravnenii s latanoprost/timolol ispol`zuemix pri lechenii bol`nix s glaukomoy» nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga (25.06.2025 yil 32P –sonli buyruq asosida) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (07.07.2025 yil 24U –sonli buyruq asosida) tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 y. 17 noyabrdagi 29-sonli xulosasi). Natijada, glaukoma kasalligini davolashda qo‘llaniladigan standartlarni takomillashtirish imkonini bergan;
«Farmakoekonomicheskaya otsenka lecheniya tafluprostom v sravnenii s travoprostom u bol`nix s pervichnoy otkritougol`noy glaukomoy» nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga (04.08.2025 yil 33P –sonli buyruq asosida) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (07.07.2025 yil 25U –sonli buyruq asosida) tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 y. 17 noyabrdagi 29-sonli xulosasi). Natijada, glaukoma kasalligida qo‘llaniladigan mono komponentli dori vositalarining farmakoiqtisodiy tadqiqotini amalga oshirish va shu asosida iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
«Prognozirovanie protivoglaukomatoznix preparatov na osnove marketingovogo analiza» nomli uslubiy tavsiyanoma Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (24.09.2025 yil 101 –sonli buyruq asosida) hamda “Aseptika” MChJ ga (04.09.2025 yil 22/1-P –sonli buyruq asosida) tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 y. 17 noyabrdagi 29-sonli xulosasi). Natijada, tibbiyot markaziga glaukomaga qarshi dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va mahalliy ishlab chiqaruvchiga assortimentni yangilash hamda ishlab chiqarish strategiyasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish