Najimova Nursulu Bazarbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan sanoat chiqindilari asosida oqava suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash uchun sorbsion materiallar», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3572.
Ilmiy rahbarlar: Seytnazarova Oksana Muratbaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K/T.34.03.
Rasmiy opponentlar: Xandamov Davron Abdikodirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universieti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chiqindilarining modifikatsiyalangan shakllari asosida oqova suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash uchun sorbsion materiallar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kulli loyqa chiqindilarning ishqoriy-kislotli faollantirishining optimal sharoitlari belgilanib, xususan 10% li NaOH eritmasi bilan 90°S haroratda 2 soat davomida ishlov berish, shundan so‘ng 1 M HCl va 1 M H2SO4 eritmalarining 1:1 nisbatida 25°S da 2 soat davomida qo‘shimcha kislotali ishlov berish orqali KChning nisbiy yuzasi 33,54 m2/g dan 71,94 m2/g gacha, GChning esa 39,09 m2/g dan 64,94 m2/g gacha ortishi ta’minlanishi asoslangan;
faollashtirilgan kulli loyqa chiqindilarini 173,2 mmol`/l DDSN eritmasi (T/S = 1:10) bilan (600 ayl/min tezlikda 4 soat) modifikatsiya qilishning optimal sharoitlarida ishlov berish yuzaning gidrofobligini oshirishini ta’minlanishi aniqlangan;
KCh va GCh tipidagi kulli loyqa chiqindilarini modifikatsiya qilish ularning adsorbsion qobiliyatini mos ravishda 16 dan 101,2 mg/g gacha hamda 9,4 dan 105,2 mg/g gacha ortishiga olib kelishini, bu esa sorbentlar yuzasidagi gidrofob markazlar sonining ko‘payishi bilan belgilanishini aniqlangan;
modifikatsiya qilingan kulli loyqa chiqindilarida gazokondensatning adsorbsiyalanishi Lengmyur modeliga muvofiq kelishi, adsorbsiyaning 120 daqiqada muvozanatga etishi, bu ko‘rsatkichlar esa boshlang‘ich namuna parametrlaridan 6 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
gazokondensat ajratish separatorlarining oqova suvlarini tozalash uchun modifikatsiyalangan kulli loyqa chiqindilardan adsorbent sifatida foydalanishga asoslangan texnologik sxema ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda adsorbentning optimal sarfi 0,1–0,2 kg/m3 suv miqdorida belgilangan va neft mahsulotlari konsentratsiyasini 50 mg/l dan 1–3 mg/l gacha pasaytirish imkonini berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqlik elektr stansiyasida hosil bo‘ladigan kulli loyqa chiqindilardan adsorbentlar olish va ularni modifikatsiya qilish sohasida olingan ilmiy natijalar asosida: 
modifikatsiyalangan kul-shlamlar asosida oqova suvlarni neft mahsulotlari qoldiqlaridan tozalash uchun yaratilgan adsorbentlar «Shariyar Saniyar Nukus» MChJda oqova suvlarni tozalashda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 30 maydagi 01/18-2-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbent sarfi 1,5 kg/m³ bo‘lganda oqova suvlarni neft mahsulotlaridan 91-98% (2,8 g/l) darajada tozalash imkonini bergan;
oqova suvlarni neft mahsulotlaridan tozalash uchun Taxiatash IES zoloshlamlariga asoslangan adsorbentlarni olish texnologiyasi «Shariyar Saniyar Nukus» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 30 maydagi 01/18-2-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor adsorbent mahsulotning chiqish unumini boshlang‘ich kul-shlam massasining 90% miqdorida amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish