ABDUALIMOV Shuxrat Xamadullaevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «G‘o‘za va kuzgi bug‘doyda o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llashning samaradorligini baholash», 06.01.08 – «O‘simlikshunoslik» (qishloq xo‘jalik fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/b2014.5.Qx128.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahmonqulov Saidakbar Rahmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx/b.24.01.

Rasmiy opponentlar: T.E.Ostanaqulov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; X.N.Atabaeva, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; N.O‘razmatov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za va kuzgi bug‘doyning unib chiqishini tezlashtirish, sog‘lom nihol undirib olish, jadal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash, ertagi, yuqori va sifatli hosil etishtirish, o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikamizning turli tabiiy iqlim va tipik bo‘z, o‘tloqi soz, och tusli bo‘z, o‘tloqi-allyuvial, taqirsimon-o‘tloqi tuproqlarida T–86, Tj–85, XS–2, Nitrolin, Vitavaks 200FF, Unum, Oksigumat, Gumimaks, Piks, Ustiks, Sojean, Dalpiksi, Entojean, Kampozan, Etefon kabi o‘sishni sozlovchi moddalari g‘o‘zaning Buxoro–6, Oqdaryo–5, Oqdaryo–6, S–6524, Namangan–77, Xorazm–127, To‘raqo‘rg‘on–2, Andijon–37 va kuzgi bug‘doyning Ulug‘bek–600, Sanzar–8, Yonbosh, Kroshka, Moskvich navlarida maqbul qo‘llash me’yorlari va muddatlari ishlab chiqilgan.

O‘sishni sozlovchi moddalar fermentlar faolligini, oqsil va nuklein kislotalar biosintezini oshirishi hisobiga chigitlarni unib chiqishi tezlashgan, ildizi kuchli rivojlangan, Vitavaks 200FF bilan tukli chigit ekish me’yori kamaytirilgan, Unum stimulyatori g‘o‘zaning vilt kasalligiga bardoshligini oshirgan, urug‘larga fungisid va fizik usulda ishlov berishga nisbatan stimulyatorlarning afzalligi, turli xil ko‘chat sonida va plyonka ostida o‘stirilgan g‘o‘zalarda retardantlarni qo‘llash samaradorligi, kuzgi bug‘doyni ekish oldidan va naychalash davrida stimulyatorlarni qo‘llash texnologiyalari, poyalar yotib qolishini kamaytirishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan.

    IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi:

chigitga Vitavaks 200FF bilan 5 l/t me’yorda ishlov berish Surxondaryo viloyatida g‘o‘zani Namangan–77, Buxoro–6, Oqqurg‘on–2, Denov, Termiz–31 navlarida 122300 ga (2001–2005 yy.), Farg‘ona viloyatida S–6524, Andijon–35 navlarida 1513,7 ga, Unum stimulyatori bilan chigitga 2,0 ml/t me’yorda ishlov berish 410 ga (2007–2008 yy.), Piks, Ustiks va Dalpiksi 10 ming gektardan 100 ming gektargacha, Sojean va Entojean Qashqadaryo viloyatida 11672 ga (2012 y.), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 28700 ga, Jizzax viloyatida 36817 ga, Qashqadaryo viloyatida 13737 ga, Namangan viloyatida 35021 ga, Surxondaryo viloyatida 16878 ga, umuman Respublika bo‘yicha jami 131153 ga maydonga (2013 y) joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 4 iyundagi 02/20-498-sonli dalolatnomasi). Buning natijasida chigit ekish sarfi 25–30 foiz kamayib, unib chiqish 10–15 foiz tezlashgan, paxta va don hosili 10–15 foiz ortib, iqtisodiy samara gektariga 100–150 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish