Mirzabekov Ismoiljon Adxamjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gamma nurlanish ta’sirida so‘lak bezining ferment sekresiyasi va gomeostazi xolati», 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B931.
Ilmiy rahbarlar: Qodirov Shokirjon Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori professor; Najimov Akmaljon Usmonjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 1, 2, 4 va 6 Grey dozalardagi γ- (gamma) nurlanishning kalamush so‘lak bezlari fermentlari faolligi hamda gomeostaz tizimiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta kalamushlarda so‘lak bezlari ferment gomeostazini saqlashda faol ishtirok etishi, ya’ni fermentlarni qonga inkresiya qilish va qondan so‘lakka rekresiya qilish mexanizmlari orqali organizmda fermentlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi eksperimental dalillar bilan tavsiflangan;
kalamushlarda quloq oldi, jag‘ osti va til osti so‘lak bezlari hamda qon zardobi tarkibidagi amilaza, lipaza va pepsinogen faolligining organga xos taqsimlanishi aniqlanib, amilazani asosan quloq oldi bezi yuqori sintezlashi va qondagi faollik bilan sezilarli farq qilishi asoslangan;
gamma-nurlanishning past (1–2 Gy) va yuqori (4–6 Gy) dozalari so‘lak bezlari to‘qimasi hamda qon zardobidagi fermentlar faolligiga dozaga va vaqt dinamikasiga xos ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; 
nurlanishdan keyin turli muddatlarda “qon–so‘lak bezi” o‘rtasidagi fermentlar bog‘liqligi korrelyasion tahlil orqali baholandi va ayniqsa quloq oldi bezi–qon yo‘nalishida amilaza/lipaza/pepsinogen bo‘yicha musbat hamda yuqori bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
so‘lak bezlarida amilaza va lipaza faolligining davomiy keskin tushishi va umumiy oqsil kamayishi organizmning umumiy holatiga ta’sir qilishi (og‘ir funksional buzilish) bilan bog‘liq ekani aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kalamushlar so‘lak bezlarining sekretor va gomeostatik faoliyatiga  γ-nurlanishning ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eksperimental γ-nurlanish sharoitida so‘lak bezlari to‘qimasi qondagi amilolitik, lipolitik fermentlar faolligini va pepsinogen miqdorini  kompleks ravishda baholashning yangicha yondashuvi bo‘yicha ma’lumot va xulosalar asosida “5140100-biologiya”, “5112000-jismoniy madaniyat”, “5510200-pediatriya ishi”, “5510100-davolash ishi” bakalavriyat  ta’lim  yo‘nalishlari bo‘yicha “Ovqat hazm qilish fiziologiyasi”  nomli  o‘quv  qo‘llanma  ishlab  chiqilgan  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil  14-apreldagi  №811030  nashr  ruxsatnomasi).  Natijada,  bakalavriyat  ta’lim  yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi  talabalarining  Ovqat hazm qilish fiziologiyasi sohasidagi  bilimlarini  boyitish  va  mustahkamlash  imkonini  bergan;      
gamma nurlanish hazm bezlarida ishlab chiqariladigan gidrolitik fermentlar (amilaza, lipaza va pepsinogen) sintezi va retsirkulyasiyasiga dinamikasiga  bog‘liq holda susaytiruvchi ta’siri mexanimlaridan Xitoy xalqaro fan va texnologiya markazi, Markaziy Osiyo dori izlanishlari va rivojlantirish markazlarida 2022VBA0051 raqamli amaliy loyihada gamma-nurlanishning past va yuqori  dozalari so‘lak bezlari to‘qimasi hamda qon zardobidagi fermentlar faolligiga dozaga va vaqt dinamikasiga xos ta’sir ko‘rsatishini asoslashda foydalanilgan. (Xitoy fanlar akademiyasi Xanjiang texnologiyalar institutining 2025-yil  25-sentyabrdagi  ma’lumotnomasi). Natijada, γ-nurlanish ta’sirida amilolitik va lipolitik faolliklar pepsinogen miqdori bo‘yicha klinik tibbiyot amaliyotida inson organizmiga γ-nurlanishning salbiy ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini to‘g‘ri tashkil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish