Rasaxodjaeyv Baxramjan Sabirovicnning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtonom energetik komplekslarga ega quyosh   issiqxonalari  energiya  ta’minot  tizimlarining energiya  samaradorligini oshirish”, 05.05.04-“Sanoat issiqlik energetikasi” va 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosliklari tutashuvida.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T569
Ilmiy maslahatchilar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, professor, Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energia mabalari milly ilmiy-tadqiqot unstituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.17.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xayriddinov Batir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor; Kenjaev Idirisbek Gulamovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Materialshunoslik instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtonom energetik komplekslarga ega quyosh   issiqxonalari  energiya  ta’minoti  tizimlarining energiya  samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish, shuningdek ularning issiqlik-texnikaviy va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh issiqxonalarning issiqlik rejimlari, elektr va issiqlik enrgiyasi sarfini maqbullashtirish tadqiqotlari natijasida issiqlik energiyasi sarfini kamaytish imkonini beruvchi, hajmi o‘zgaruvchan quyosh issiqxonalarini yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan (FAP 01450);
quyosh issiqxonalarining kunlik harorat va namlik ko‘rsatgichlarining rejimlarini hisobiy tadqiqotlar natijasida hajmi o‘zgaruvchan quyosh issiqxonalarning statsionar bo‘lmagan hajmli muvozanat tenglamalariga asoslangan matematik modeli ishlab chiqilgan;  
ilk marotaba quyosh issiqxona ichidagi tuproqning o‘z nurlanishini va ko‘p qatlamligini hisobga olish bilan farqlanuvchi, chekli farq usuli asosida quyosh issiqxona ichidagi tuproqning sirt qatlamlarini isitish jarayonalarini hisoblash uchun  bir o‘lchovli statsionar bo‘lmagan matematik modeli va dasturi ishlab chiqilgan;
polimer plyonka va shisha yorug‘lik o‘tkazuvchan qoplamalar ko‘satgichlari quyosh issiqxonalarni ish rejimi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri havo harorati va namlik o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
ilk marotaba quyosh issiqxonalari ichida quyosh nurlanishi maksimal darajaga etganda havo qizib, namlikni oshirishi va kondensatsiyani keltirib chiqarish jarayonini quyosh issiqxonalar ichidagi yopiq havo maydoni tufayli havo haroratining o‘z-o‘zidan o‘zgarish qonuniyati aniqlangan (IAP №1615); 
quyosh fotoelektrik stansiyasi, biogaz qurilmasi va pellet yoqish qozonidan iborat avtonom energiya kompleksiga ega quyosh issiqxonalarining uzlyuksiz energiya ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan, quyosh issiqxonalarning energetik, issiqlik-texnikaviy, ekologik va iqtisodiy ko‘rsatgichlari aniqlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtonom energetik komplekslarga ega quyosh issiqxonalari energiya ta’minot tizimlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
    Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan past kuchlanishli quyosh stansiyalarni joriy etishda hamda markazlashgan elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan istemolchlarni, fermer xo‘jaliklarida avtonom elektr energiya ta’minoti, issiqxonalardan samarali foydalanish uchun, tabiiy manbalarni tejash elektr enegiya uzlyuksizligini ta’minlashda mazkur dissertatsiya ishining natijalari joriy etilgan (Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligining, 2023y. 23-fevraldagi 24-06/2023 son ma’lumotnomasi). Natijada, 200 m2 yuzaga ega  quyosh issiqxonasiga quyosh elektr stansiyasini integratsiya qilishdan qishgi mavsumda 750 kWt·soat elektr energiya miqdorini tejashga  erishilgan.  
    Dissertasiya ishining ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan quvvati 10 kW gacha bo‘lgan fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)ni qurilishida va loyihalashda joriy etilgan (Energetika vazirligining 01.07.2023 y. 03-13-3193-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markazlashgan elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan istemolchilar va fermer ho‘jaliklari tomonidan 100% avtonom elektr energiya ta’minoti tizimi sifatida qo‘llanilishiga erishilgan. 
    “Uzeltexsanoat” uyshmasi tomonidan dissertasiya ishining ilmiy natijalari quvvati 10 kW gacha bo‘lgan fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)ni qurilishida va loyihalashda joriy etilgan (“Uzeltexsanoat” uyushmasi 12.06.2022 yildagi 04-3/2533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Mir solar” MChJ tomonidan qurilayotgan 10 kWt gacha bo‘lgan stansiyalarni  loyihalashda qo‘llanilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish