Axmedova Moxinur Fayzullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Trikotaj matolarining ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasini aniqlash usulini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01 –“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Dilora Hamidovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Xalida Zikrullaevna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj matolarining ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiya usulini ishlab chiqish va  ularning sifatini baholashda foydalanish muddatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trikotaj matolarning ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiya jarayonini tavsiflovchi  kuch – deformatsiya – davrlar soni bog‘liqligini hisobga olish asosida yangi matematik model ishlab chiqilgan;
trikotaj matolarni ko‘p davrli cho‘zish deformatsiyasida dastlabki kuch berish, ko‘satkichlarni aniq va muntazam nazorat qilish hamda natijalarni avtomatik ravishda qayd etish imkonini beruvchi qurilma takomillashtirilgan; 
ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasini aniqlash uchun takomillashtirilgan qurilma orqali trikotaj matolarning shakl saqlash xususiyati va foydalanish muddatini baholash imkon beruvchi yangi usul ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan qurilma yordamida ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasini aniqlash uchun nisbiy cho‘zilishi va chidamlilik ko‘rsatkichlarining maqbul qiymatlari  regression matematik model tenglamalari orqali aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Trikotaj matolarining ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasini aniqlash usulini ishlab chiqish va  ularning sifatini baholashda foydalanish muddatini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
taklif etilayotgan trikotaj matolarining ko‘p davrli cho‘zilish deformasiyasini aniqlash usulini “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, Xorazim viloyatidagi ma’sulyati cheklangan “JULIETTA KIDS” va “JULIETTA”  korxonalarida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 28 noyabrdagi 02/06-2787-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sharoitida olingan ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasini aniqlash uchun takomillashtirilgan qurilmani hisobiga nuqson darajasi 8,5% dan 2,2% gacha, sinovlarini o‘tkazish vaqti 8 soatdan 2,5 soatgacha kamayganligi, xomashyo sarfi bo‘yicha 12,8% dan 1,2% gacha tejalganligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish